Mehmonxona industiryasi rivojlanishda raqamli texnalogiyalar. Mehmonxona industiryasi - Mehmonxona industriyasi kishilarning o‘z uylaridan boshqa yerlarga sayohatlarga chiqib tunash, ovqatlanish kabi zaruriy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan, tijoriy xususiyatga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatidir. Mehmonxonalarning dunyodagi ilk bor ko‘rinishlarda bo‘lishi, karvonsaroylar qurilishi miloddan keyingi I asrlarga to‘g‘ri keladi.
Bu vaqtlarga kelib sayyohlarning dam olish, ovqatlanish kabi ehtiyojlarini qondirish uchun karvonsaroylarda tunaganliklari aniqlangan. Asosan pulning iqtisodiy bir o‘zgarishi sifatida qo‘llanishi, ahamiyatining ortib borishi natijasida tijorat qilish maqsadida sayohatga chiqishning ko‘payishi hozirgi kundagi zamonaviy mehmonxonalarning namunalari bo‘lib hisoblangan
Nomerdagi internet buyumlar haqida - "Hozir hammaning xayolida texnologiyalar", - deydi Marriott'ning sakkiz hashamatli brendini boshqaruvchi Edmundson. Ayniqsa, "internet-buyumlar" (IoT) — Nest aqlli termostati yoki Alexa ovozli yordamchisi kabi ulanuvchi qurilmalarga yo‘naltirilgan sarmoyalar barchaning diqqatini tortmoqda.
- Marriott Samsung va Legrand SA bilan hamkorlikda ishlab chiqqan mehmonxona nomerida sizning sevimli suv haroratingizni eslab qoluvchi dush, oilaviy suratlarga almashtirish mumkin bo‘lgan devoriy suratlar va ovozli so‘rovga binoan video ko‘rsata oluvchi displey o‘rnatilgan ko‘zgularni topish mumkin. 2018 yildan sekin-asta yangi turdagi nomerlarni joriy qilish boshlanadi. Ularni, hoynahoy, birinchi bo‘lib W Hotels tarmog‘i taklif qilsa kerak.
Nomerdagi internet buyumlar haqida - Vanderslis, ehtimol, kelajakka yanada yaqinlashdi: Hilton yaqindagina "aqlli nomerlar"ni namoyish qildi. "Aqlli nomerlar"da mobil ilova yordamida televizor, yorug‘lik, havo harorati va raqamli ramkalardagi tasvirlarni boshqarish mumkin. Yaqin haftalar ichida bunday nomerlar yirik shaharlarda paydo bo‘ladi, 2018 va 2019 yillarda esa ular barcha Hilton mehmonxonalarida tatbiq etiladi.
- "2018 yil IoT-texnologiyalar uchun katta o‘yinning boshlanishi bo‘ladi, - deydi Gaddia. - Ularning "yetilishi" uchun vaqt kerak bo‘ldi, lekin endi ular real vaqt rejimida servisni personallashtirish imkonini beradi. Bu hamma uchun qulay".
Mehmonxonalar ko’proq xizmatlar taklif eta boshlaydi - Mehmonxona biznesi bundan keyin to‘rt devor bilan cheklana olmaydi. "Bugungi kunda biz o‘zimizni mehmonxona sektoridan ko‘ra sayyohlik sektoridagi faol o‘yinchi, deb hisoblaymiz", - deydi yaqin ikki yilda Ritz-Carlton kruiz mahsulotini yo‘lga qo‘yishga doir ishlarni boshqaruvchi Edmundson.
- "Har bir sektorda, jumladan, turizmda ham barchasi ekotizimlarga borib taqaladi, - deydi Gaddia. - O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, nima uchun Amazon Whole Foods'ni qo‘lga kiritdi? Hamma gap aralash sohalardan to‘g‘ri foydalana bilishda". Bu sayyohlar uchun nimani bildirishi mumkin? Xususan, mehmonxonalar tobora ko‘proq o‘z ekskursion dastur va tadbirlarni taklif qilishini.
Mehmonxonalar ko’proq xizmatlar taklif eta boshlaydi - "Turizm sohasi raqamli texnologiyalarning juda kuchli ta'siri ostida, - deydi Gasdiya, - va mehmonxonalar bundan pul ishlashga ulgurib olishmoqchi. Airbnb birinchilar qatorida ulgurdi".
- Boshqa bir misol — Waldorf Astoria tarmog‘ining yangi Live Unforgettable kompaniyasi. Vanderlisning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona mehmonlari taniqli kishilar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishadi.
- Xensonning ta'kidlashicha, bu sohadagi xizmatlar sotuvi hashamatli mehmonxonalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu ularga mijozlar tajribasini boshdan oxirgacha nazorat qilish va ma'lumotlar to‘plashda yordam beradi.
Mehmonxonalar rivojlanishida raqamli texnalogiyalar - "Hashamatli mehmonxonalar biz uchun ko‘proq xizmatlarni taqdim etishi kerak. Dazmol taxtasi va xalatni ko‘p joylarda berishlari mumkin, biznes-markazlar hammaga ham kerak emas, - deya izohlaydi u. - Mahalliy ekskursiyalar, teatr, ko‘rgazmalarga chiptalar taqdim etish doimiy mehmonlarni qabul qilishning o‘ziga xos usulidir - bu hashamatli mehmonxonalarni boshqalaridan ajratib turuvchi jihatlarga aylanadi". Shunday qilib raqamli texnalogiyalar mexmonxonalarni rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Nafaqat mehmonxonalar balki butun davlat rivojlanishida katta ahamiyatga ega, ayniqsa hozirgi axborot texnalogiyalar davrida juda katta ahamiyatga ega.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |