O`quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv
imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilarning
36
yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv imkoniyatlarini hisobga olish
didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri bo`lib, u ona tili o`qitish
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal
qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o`zlashtirishga erishib bo`lmaydi.
Ma’lumki, ona tilining izchil kursini o`rganish, asosan, o`rta maktab
yoshi-o`smirlik davriga to`g`ri keladi. Bu yoshda o`quvchilarda topshiriqni o`z
vaqtida aniq va yaxshi bajarishga harakat rivojlanadi. O`smirlik davrida qayta
xotiralashga oid topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga
ishtiyoq kuchayadi. Agar boshlang`ich sinfda o`quvchilar ko`proq ko`rgan yoki
kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda shaxsan
kuzatmagan, ko`rsatmagan, ammo boshqalardan eshitgan voqea – hodisalarni
qo`shib uni bayon qilishga urinadilar. O`quvchilar bu yoshda rasmda aks
ettirilgan voqealar haqida fikr yuritish bilan cheklanmay, rasmda ko`zga
tashlanmayotgan, ammo mavzuga bevosita aloqador bo`lgan fikrlarni ham
qo`shib, uni bayon eta oladilar. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ijodiy fikr
ko`proq aniq voqea-hodisalar natijasida hosil bo`lsa, o`smirlik davriga o`tgan
sari bu xususiyat o`z ko`lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan narsalarni
tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni tahlil qiladi; o`zaro
taqqoslaydi, ularning muhim o`xshash va farqli belgilarini izlaydi hamda hukm
chiqaradi.
Ona tili darslarida o`smirlarning real o`quv imkoniyati hisobga olingan
taqdirdagina ta’lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali o`quvchi layoqatiga
muvofiq kelgan taqdirda u faollik ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun o`qituvchi
har bir o`quvchining shaxsiy qobiliyatini aniqlanishi va ta’lim jarayonida uni
hisobga olishi zarur.
Ma’lumki, o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, qiziqish
va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. O`zlashtirish darajasi
yuqori bo`lgan, ijodiy fikrlay oladigan o`quvchi rasm asosida insho yozish kerak
bo`lganda nafaqat rasmda ko`rayotgan narsalarini, balki o`zining hayotiy
taassurotlarini qo`shib insho yoza oladi. O`zlashtirish darajasi va fikrlash
qobiliyati bo`sh bo`lgan, til sezgirligi talab darajasida bo`lmagan o`quvchi xuddi
shu inshoda hatto rasmda ko`rayotganlarini ham to`laligicha bayon qilib bera
37
olmaydi. Demak, o`quvchilarda o`quv imkoniyati har xil bo`lib, bu ularning
bilish faoliyatiga ta’sir etmay iloji yo`q.
O`quvchilarning o`quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi asoslarga ega.
O`quv imkoniyatining ichki asoslariga o`quvchilarda nutq malakalarining
shakllanganlik darajasi, fikrlash va esda saqlab qolish qobiliyati, tafakkur
usullarini bilishi va uni zarur o`rinlarda to`g`ri ishga sola olishi, tez o`qish va
yozish malakalarining mavjudligi, til materiallarini o`rganishga munosabati
kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga ona tili ta’limining mazmuni, o`quvchilarning til muhiti
(uyda ham, maktabda ham o`zbek tilida so`zlashadigan o`quvchilarning o`quv
imkoniyati turli tilda so`zlahsadigan o`quvchilarning o`quv imkoniyatidan farq
qiladi),ularga qo`yilgan yagona imloviy va nutqiy talab, o`qituvchining nutqi,
maktabning moddiy texnikaviy ta’minoti kabilar kiradi.
Ona tili darslarida o`quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda
real o`quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipiga qat’iy amal qilish quyidagi
afzalliklarga ega:
1. O`qituvchi tomonidan tanlanadigan o`quv topshiriqlarini
o`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga
keladi. O`qituvchi o`quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda darslik va
qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanadi.
2. O`quv imkoniyatini aniqlash ona tili o`qitishning shakl, usul va
usullarini to`g`ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga
imkon beradi.
3. O`quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta’limdan foydalanish
imkoniyatini beradi. Chunki har bir o`quvchining o`quv imkoniyatini bilmasdan
turib, o`quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o`quv
imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo`lgan qiziqishini
kuchaytiradi;
bilishga
bo`lgan
ishonchni
orttiradi;
sinfdagi
barcha
o`quvchilarning deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit
yaratadi.
4. O`quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani tarbiyalash va
rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq keladigan topshiriq
38
shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni
tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o`quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil
etish ularning o`z kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |