Ona tili o`qitishda nazariya bilan amaliyotni uzviy aloqadorligi
prinsipi
. Ona tili o`qitishda nazariyani amaliyotga bog`lash, - deganda,
o`quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy – nazariy bilimlarini amalda
qo`llashini ta’minlash,ularni mustaqil turmush uchum zarur bo`lgan amaliy
ko`nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog`lash
ona tili o`qitishni foydali maqsadlarga burish, o`rganilayotgan til hodisalarini
o`quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga bo`ysundirish, til ta’limini
32
hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan
bog`lash demakdir.
O`quvchi o`z ona tilini yaxshi o`rganib olsagina, uning zehni, aqli, ongi va
umumiy madaniy darajasi ortadi. O`z tilining keng imkoniyatlaridan og`zaki va
yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina xalq yaratgan madaniy-
tarixiy boyliklardan xabardor bo`ladi va u boshqa fanlar asosini chuqur
o`zlashtirishga dadil qadam tashlaydi. Og`zaki hamda yozma nutqdan
foydalanish malakasiga ega bo`lgan o`quvchi ertangi ishlab chiqarish va ijtimoiy
hayotda ijodiy faoliyat ko`rsata oladi. Mustaqil turmushga uning ona tilidan
bilganlari, to`g`ri yozish va o`qish malakalari, mazmunli va chiroyli so`zlash
san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda ifodalash
ko`nikmalari, ish qog`ozlari bilan muomala qilish o`quvi qo`l keladi. Shuning
uchun ham ona tili o`qitishda nazariyani amaliyotga bog`lash prinsipi juda
muhim qonuniyat sanaladi. Ayrim o`qituvchilar: “o`quvchi o`z ona tilining
qonun-qoidalarini bilsa, aytib bersa, u savodli yozadi”,- degan fikrni ilgari
suradilar. Bu fikrga qo`shilish qiyin. Chunki ona tilining qonun qoidalarini
bilish boshqa, undan amaliy ish jarayonida foydalanish ko`nikmalariga ega
bo`lish boshqa.
Ona tili o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lash maqsadida har bir
soatlik dars mashg`ulotida o`qituvchi o`quvchilarga mavzu yuzasidan nimalarni
bilishlari va nimalarni amalda qo`llay olishlari lozimligini aytishi muvofiqdir.
Ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilar tomonidan tuziladigan matnlar,
yoziladigan bayon va insholar nazariy bilimlarni amaliy ko`nikmaga
aylantirishga yordam beradi. Shunday qilib, til hodisalarini tahlil qilish va tahlil
qilingan hodisalarga tayanib xulosalar chiqarish, o`rganilgan qoidalarni dalillar
vositasida isbotlash, matn ustida ishlash, ijodiy topshiriqlardan foydalanish
nazariyani bevosita amaliy faoliyatga olib o`tadi.
Ona tili ta’limini turmush bilan bog`lashning asosiy omillaridan biri
o`quvchilarga ish qog`ozlaridan foydalana olish malakalarini singdirishdir.
O`qituvchi har bir bo`lim va mavzuning talabi hamda imkoniyatidan kelib
chiqib, bu ishni amalga oshirish choralarini ko`rishi lozim. Chunonchi, “Atoqli
otlar va ularning imlosi” mavzusi o`rganilar ekan, manzilgoh yozish ustida ish
33
olib borilsa, “Shart maylidagi fe’llar” mavzusini o`rganishda qaror matni ustida
to`xtalish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili o`qitishda nazariyani amaliyotga bog`lash prinsipi vaqtli matbuot,
ommaviy axborot vositalari, badiiy adabiyotdan unumli foydalanishni talab
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |