Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Maktabda hamma fanlar uchun umumiy bo`lgan didaktik prinsiplar



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Maktabda hamma fanlar uchun umumiy bo`lgan didaktik prinsiplar: 
o`qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi; sistemaviylik va izchillik; 
nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqdorlik; onglilik, faollik va mustaqillik; 
ko`rsatmalilik; o`quvchilarga individual munosabatda bo`lish va ularning o`quv 
imkoniyatlarini hisobga olish; o`qitishning bolaga ma’lumot berish, tarbiyalash 
va rivojlantirishga qaratilgani kabi prinsiplari garchand umumdidaktik prinsiplar 
sanalsa ham, ammo ona tili o`qitish nazariyasi va usuliyatida ularning har biri 
o`ziga xos mazmun kashf etadi. 
Ona tili o`qitishda ilmiylik va tushunarlilik prinsipi
. Ta’limning 
ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo`lishi prinsiplari o`zaro bog`langan, bir-
birini to`ldiradigan didaktik kategoriyalardir. 
Ta’limning ilmiyligi prinsipi o`quv materialini hozirgi zamon o`zbek 
tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqazo etsa, ta’limning bolalar 
uchun tushunarli bo`lishi prinsipi o`quv materiallarini bolalarning yosh va 
psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyoti hamda bilish 
imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantiqi bu 
prinsiplarni o`zaro aloqadorlikda qarashni zarurat qilib qo`yadi. Mazkur 
prinsipga ko`ra ona tilidan har bir sinfda o`rganiladigan material hajm hamda 
mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Maktabda ona tili fani o`zbek tilshunosligida qo`lga kiritilgan yutuqlarga 
tayanadi. Bu prinsip o`quvchilarni hozirgi o`zbek tilshunosligida qat’iy hal 
etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Shubhasiz
o`zbek tilshunosligida mavjud bo`lgan barcha bilimlarni bolaga berishning iloji 
yo`q. Biz bolaga, asosan, o`zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan og`zaki va 
yozma nutqda bemalol foydalanish, to`g`ri yozish, to`g`ri o`qish, to`g`ri fikrlash 
va to`g`ri so`zlash uchun unga zarur bo`lgan bilimlarnigina berish imkoniyatiga 


30 
egamiz, xolos. Demak, maktab ona tili kursi o`quvchilarni yuqorida tilga 
olingan malakalar bo`yicha o`ta zaruriy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. 
Ilmiylik prinsipini tushunarlilikdan ajratib bo`lmaydi. Bu ikki prinsip bir-
birini to`ldiradigan va dars samaradorligini ta’minlaydigan yagona prinsip 
sanaladi. Sababi, ilmiy bilimlar tushunarli bo`lmasa, o`quvchi uni o`zlashtira 
olmaydi. 
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta’minlash uchun 
quyidagilarni hisobga olish lozim: 
-
fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy jihatdan 
asoslangan maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning 
ma’nosini atroflicha ochish; ularni bolalarning puxta o`zlashtirishlarini 
ta’minlash uchun etarli miqdorda asosli materiallar bilan tahlil qilish; 
-
o`rganilayotgan o`quv materialining oldin o`rganilgan mavzular bilan 
bog`liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni o`zlashtirishga 
tayyorlash; til asoslari, tushunchalarni o`zaro chog`ishtirib o`rganish; 
-
ona tili ta’limi mazmunida grammatizmga yo`l qo`ymaslik, o`quv 
materialini bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlashga, ijodiy fikr mahsulini nutq 
sharoitiga mos ravishda og`zaki hamda yozma shakllarda to`g`ri, ravon 
ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga bo`ysundirish; 
-
o`quv topshiriqlarini o`quvchilarning ruhiy (psixologik) xususiyatlari va 
imkoniyatlariga mo`ljallab tanlash. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish