47
a) ta’lim usullari, maktabda o`quv fanlarining
barchasi uchun umumiy
bo`lgan usullar bo`lib, pedagogikaning bir sohasi hisoblanmish didaktikani
tarkibiy qismidir.
b) xususiy metodika, ayrim fanlarni o`qitish
bilan aloqador masalalarni
o`rganadi. Shuning uchun ham ta’lim usullari fan olimlarini ham, metodistlarni
ham bab-baravar qiziqtiradi.
Turli ta’lim usullari o`ziga xos xususiyatlariga, ayrim belgilariga ko`ra bir
tizimga birlashadilar:
a) bir fanga oid bilimlarni to`liq qamrab olganligi (jumladan, ona tili
bo`yicha: fonetika, leksika, grammatika va boshqalar);
b) o`quvchilarni o`qiyotgan ma’lumotlarni tushunish va bilish imkoniyatini
tashkil etuvchi usullar o`zaro aloqadorlikda va bir maqsadga qaratilganligi;
c) umumdidaktik prinsiplarni birligi barcha usullarni
asosini tashkil qilib
ana shu tizimning asosiy tarkibi hisoblanadi.
Metodlar shu belgilarni inobatga olgan holda tasniflanadi:
a) o`quvchilarga bilim berish manbayiga ko`ra;
b) o`quv jarayonida o`quvchilarni faolligiga ko`ra (faol, interfaol usullar,
mustaqil va hamkorlikda ishlash darajasi);
c) o`quvchilarning ishlash muhiti va xarakteriga ko`ra (topshiriqlarni
yozma yoki og`zaki bajarishi, sinf, uy yoki nazorat ishi bo`lishi).
Jahonda keyingi yillarda ta’lim usullari va ularning tasnifiga oid anchagina
salmoqli ilmiy izlanishlar olib borildi. Olimlar o`qitish usullarini turlicha tasnif
qilishadi.
Bir guruh olimlar (S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant) ta’lim usullarini bilim olish
manbaiga qarab,
og`zaki, ko`rsatmali va amaliy
usullarga bo`lsalar, ikkinchi
guruhdagi olimlar (M.A.Danilov, B.P.Esipov) ma’lum tipdagi darslarda
bajariladigan o`quv
vazifasidan kelib chiqib,
bilimlarni egallash, ko`nikma va
malakalarni shakllantirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, malaka va
ko`nikmalarni tekshirish va baholash
kabi usullarga bo`ladilar.
Yu.K.Babanskiy esa ta’lim usullarini uch katta guruhga ajratadi:
1.O`quvchilarning o`quv – biluv faoliyatini tashkil etish usullari.
2.O`quvchilarning o`quv – biluv faoliyatini rag`batlantirish usullari.
49
Tajriba
Illyustratsiya
Tushuntirish
O`qish
Ko`rish
Mashqlar
Namoyish
qilish
Anglatish
O`rganish
O`qitish
O`quv-
ishlab-
chiqarish
mehnati
O`quvchilarni
kuzatish
Hikoya
qilish
Referatlash
“Elektron
o`qituvchi”
nazoratida
mashq
ishlash
Suhbat
Bir onlik
Yo`l-yo`riq
berish
Ko`rish
Ma’ruza
Sitata
keltirish
Bahs-
munozara
Insho
Nazorat
Ochiq
munozara
Reja tuzish
Konspekt
qilish
To`rtinchi guruh olimlari ( M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner) bilish faoliyatining
o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim usullarini:
1) tushuntirish – namoyish etish usuli;
2) qayta xotiralash usuli;
3) muammoli bayon usuli;
4) qisman izlanuvchanlik usuli;
5) tadqiqot (izlanuvchanlik, ijodiylik) usuli kabilarga ajratadi.
Ta’lim usullarining I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan taklif etilgan
ushbu tasnifi o`quvchilarning fikrlash faoliyatida tadqiqotchilik va muammoli
vaziyat borligi bilan ajralib turadi. Mazkur tasnif til o`qitishning
tabiatiga ham
ancha mos tushadi. Shu bois, ona tili o`qitishda I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin
tasnifiga kengroq to`xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: