Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish usuli



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish usuli

Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. 
O`quvchi til hodisalarini tayyor holda o`zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy 
faoliyat ko`rsatsa, o`zlashtirish jarayoni ancha samarali bo`ladi. Muammoli 
ta’lim ana shunday izlanish va ijodiy faoliyat ko`rsatish uchun yaxshi imkoniyat 
yaratdi. Bu usul shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish 
vositasi sifatida xizmat qiladi. 
Ona tili darslarida o`quvchilarning mustaqil bilim olishini quyidagi 
usullarga ajratish mumkin: 
1) qayta xotiralashga asoslangan usullar; 
2) qisman izlanuvchanlik usullari; 
3) izlanishga asoslangan usullar. 
Bu usullarning har biri ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilarni faollashtirishga 
turlicha ta’sir ko`rsatadi. 
Qayta xotiralashga asoslangan usullar
. Mazkur usul o`quvchi oldida 
muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o`quv materiali bilan ish 
ko`radi. O`rganilgan til hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to`laligicha 
muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday 
topshiriqlar sirasiga kiradi. 
Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan bir qator turlari, jumladan
ko`chirib yozish, izohli yozuv, saylanma diktant, muayyan andazaga qarab 
bajariladigan fonetik, leksik, morfologik, sintaktik tahlillar, berilgan she’riy 
matn mazmunini nasriy yo`l bilan bayon qilish kabi topshiriqlar o`quvchilardan 
bilimlarni xotirada tiklashni talab etadi. 
Qisman izlanuvchanlik usuli.
Qisman izlanuvchanlik usuli tarkibida 
qayta xotiralash asosiy o`rinni egallaydi. Chunki o`quvchi ona tilidan egallangan 
bilimlarga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo`llay olmaydi. 
Ona tili mashg`ulotlarida bajariladigan qator musraqil ish turlari: 
a) nuqtalar o`rniga zarur harflar, kelishik qo`shimchalari, so`zlarni topib 
qo`yish; 


54 
b) ma’lum bir so`zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli 
so`z bilan almashtirish; 
c) berilgan gaplar yoki matnning mazmunini saqlagan holda shaklini 
o`zgartirish; 
d) berilgan tayanch so`zlar yoki so`z birikmalaridan foydalanib, gaplar 
yoki matnlar tuzish o`quvchilardan qisman izlanishni talab etadi. Chunki bu 
topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchi ma’lum darajada yordam oladi. 
Berilgan so`zlar, so`z birikmalari va gaplar o`quvchiga topshiriqni bajarishi 
uchun ko`maklashadi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish