1. Yuqoridan pastga qarab bog`lanish
. Bog`lanishning bu ko`rinishi
o`tilayotgan yangi o`quv materialini oldin o`rganilgan material bilan bog`lashni
talab etadi.
2. Pastdan yuqoriga qarab bog`lanish
. Bunda o`qituvchi o`rganilayotgan
materialni
o`rganilishi
ko`zda
tutilgan
material
bilan
bog`laydi.
Didaktikaning bu muhim prinsipini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun,
birinchidan, o`qitishning barcha bosqichlariga (boshlang`ich maktab, to`liqsiz
o`rta maktab) ona tili ta’limi oldiga yagona talablar qo`yishi lozim. Ayniqsa,
ona tili o`qitishning birinchi bosqichi (boshlang`ich maktab) va ikkinchi
42
bosqichi
(5-9-sinflar)
o`rtasida
uzviy
birgalikka
erishish
ta’lim
samaradorligining muhim omilidir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari ona tilining izchil kursidan o`quvchilar
nimalarni o`rganishlarini va, aksincha, ona tili o`qituvchilari boshlangich sinfda
nimalar o`rganilganligini yaxshi bilishlari lozim.
O`qituvchi ta’limning har bir bosqichida o`quvchining nutq taraqqiyotida
bo`ladigan o`zgarishlarni bilishi va unga tayanishi kerak. Boshlang`ich sinf
o`qituvchilari keyingi sinflarda o`quvchilar nutqida paydo bo`ladigan
yangiliklarni oldindan ko`ra olishlari va, aksincha, ona tili o`qituvchilari
boshlang`ich sinflarda o`quvchilar nutqida paydo bo`ladigan o`zgarishlarni
bilishi shart.
Ona tili o`qitishda bu o`quv fanining boshqa o`quv fanlari bilan aloqasini
ta’minlash ham muhim usulik talab sanaladi.
Ma’lumki, ona tili maktabda o`rganiladigan barcha fanlarni puxta
o`zlashtirish uchun muhim kalit sanaladi. Til vositasida o`quvchi boshqa
fanlarni o`rganadi. Barcha o`quv fanlari yuzasidan o`z fikrini yozma va og`zaki
ravishda bayon etish orqali u ona tilini ham puxtaroq egallab boradi. Deyarli
hamma
fanlar
o`quvchilarning
lug`at
boyligini
o`stirish,
orfografik
savodxonligini oshirish, nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak,
o`quvchilarda yuksak nutq madaniyatini tarbiyalash nafaqat ona tili darslari,
balki maktabda o`rganiladigan barcha fanlar orqali amalga oshiriladi.
Ona tili turli yo`nalishlar orqali boshqa o`quv fanlari bilan bog`lanadi.
So`zning genetik nuqtai nazaridan kelib chiqishini aniqlash uchun tarix faniga
murojaat qilinsa, til hodisalarini taqqoslash uchun o`quvchilar o`rganayotgan
boshqa o`quv fanlariga murojaat qilinadi. Nutq uslublarini aniqlash uchun esa
adabiyot, tarix, matematika, kimyo, fizika kabi fanlar o`qituvchiga yordam
beradi. Shunday qilib, ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasini uch katta
guruhga ajratish mumkin:
a) genetik bog`lanish;
b) qiyosiy bog`lanish;
v) funksional bog`lanish.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |