Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


O`zbek tili fanini o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurini o`sishiga



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

O`zbek tili fanini o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurini o`sishiga 
erishish prinsipi. 
Ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish mustaqil fikrlash orqali 
rivojlanadi.
Natijada: - o´quvchidagi noma’lum bo´lgan til hodisalarini bilish jarayoni 
faollashadi; 
- egallangan bilimlarning puxtaligi va qiziqarliligi ta’minlanadi; 
- til materiallarini tahlil qilishga qiziqish ortadi.
Demak, tafakkurni o´stirish til mashg`ulotlarida til hodisalarini kuzatish, 
taqqoslash, tasnif qilish, umumlashtirish, o´xshash vositalardan eng qulayini 
to´g`ri tanlay olish ko´nikmalarini shakllantirish asosida yuzaga keladi.
 “Til-me’yor-nutq 
mutanosibligi” prinsipi
. Ma’lumki, ona tili 
mashg`ulotlarida o`quvchilar ko`p hollarda tilga oid nazariy bilimlarni egallash 
bilan o`ralashib qolib, til me’yorlaridan unumli foydalanish, nutqni 
takomillashtirish ustida kam ishlaydilar. Bu hol, shubhasiz, ona tili darslarida 
o`quvchilarning zerikishiga, zo`rma-zo`raki “o`rganilgan” til hodisalarning 
tezda unutilishiga sabab bo`lmoqda.
Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini 
tarbiyalash, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, “til-me’yor-nutq 
mutanosibligi’’ prinsipiga qat’iy amal qilmay turib, unga erishib bo`lmaydi. Til 
nima? “Til deganda-deb ta’rif beradi H.Ne’matov,-jamiyatning barcha a’zolari 
uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holda keltirib qo`yilgan, 
hamma uchun umumiy, ya’ni qabul qilinishi va qo`llanilishi majburiy, fikrni 
shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar 
hamda bu birliklarning o`zaro birikishi va bog`lanishi belgilovchi qonun-
qoidalar yigindisi tushuniladi”. Demak, til fikrni shakllantirish va uni yuzaga 
chiqarish, birovga etkazish uchun imkoniyat sifatida o`quvchining ongida 
mavjud.
Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari, 
qo`shimchalar, so`zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini o`quvchi 
jamiyatdan tayyor holda oladi. Hali ona tilini maxsus o`quv fani sifatida 
o`rganmagan shaxs ham so`zlarni o`zaro biriktirib, gap qura oladi. U o`z fikrini 
boshqalarga bayon qiladi va o`zgalar fikrini tushunadi. Maktabda ona tilidan 


40 
beriladigan bilim, malakalar va ko`nikmalar o`quvchining o`zida mavjud 
bo`lgan ana shu imkoniyatlarini kengaytiradi; ya’ni uni o`zbek adabiy tilining 
boy xazinasiga olib kirish orqali fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`gri, ravon 
ifodalashga erishtiradi.
Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar 
yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad ko`p va xilma-
xildir. Me’yor nima? Me’yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini o`quvchi 
ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, me’yor nutqni ro`yobga 
chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan foydalanish uchun ko`rsatkichlar 
majmuasi sanaladi. Me’yorning oliy ko`rinishi milliy, adabiy til uslublari, 
mezonlaridir. Milliy, adabiy til me’yorlaridan xabardor o`quvchigina ona tili 
ta’limining so`nggi natijasi matn yaratishga qodirdir. Nutq nima? Nutq til 
imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, voqealanishidir. Tilning boy ichki 
imkoniyatlaridan xabardor shaxs o`z fikrini ogzaki va yozma shaklda bemalol 
bayon qila oladi.
Ona tili ta’limida “til-me’yor-nutq” o`zaro chambarchas bog`langan bo`lib, 
birini ikkinchisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Dars mashg`ulotlarida ular o`rtasida 
mutanosiblik o`rnatilmasa, ona tili ta’limining asosiy maqsadi-nutqiy taraqqiyot 
ortda qoladi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish