Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

 
Terak kuyasi yoki targ’il kuya-
 Lithocolletis populiella 
L.
Terak kuyasi kapalaklarining oldingi qanotlari kuraksimon shaklga ega, oq 
yoki jigarrangdagi, shakli to’rtburchak bo’lgan, novbatlashib keladigan dog’lar 
bilan qoplangan. Orqa qanotlari ingichka, oldingi qanotlardan kaltaroq, yaltiroq-
kulrang. Oldingi qanotlarining orqa chegaralari va butun orqa qanotlari 
baxmalsimon qoplag’ichga ega. Qanotlarini yozganda kattaligi 7-8 mm.


16 
Tuxumlari 
keng 
ovalsimon, xira rangda, 
yuzasi 
g’adir-budur, 
asta-sekin 
qorayib 
boradi. Kattaligi 0,34 x 
0,28 mm. 
Dastlabki 
ikki 
yoshdagi 
lichinkalari 
yorqin rangda, ko’krak 
sigmentlari keng, oyoqlari mavjud emas. Uchinchi yosh lichinkalar tiniq-qirmizi 
rangda, oyoqlari rivojlangan. To’rtinchi yosh lichinkalari oqish, lekin tanasining 
keyingi qismi qizg’ish, qorin qismida ham oyoqlari bor va ular ko’krak 
oyoqlaridan farq qiladi. Lichinkalarning kattaligi 5 mm gacha [2,4,5,7,9,20].
G’umbaklari yorqin-qo’ng’ir rangda, yaltiroq, qorin tomoni bir oz 
o’tkirlashgan. Oyoqlari va qanotlarining qoplag’ichi erkin, uzun va qorinning 7-
sigmentigacha davom etadi. G’umbakning uzunligi 3,8-4,2 mm.
Terak kuyasi O’rta Osiyo, Yevropa, Qozog’iston, Sibirda tarqalgan. Bahorda 
qishlab chiqqan kapalaklar maydan boshlab inyugacha uchadi. Kapalaklarning 
uchib chiqishi bahordagi ob-havoning qanday bo’lishiga bog’liq. Bahor issiq 
kelgan yillarda kapalaklarning uchib chiqishi aprel oylarida ham kuzatiladi. 
Urg’ochi kapalaklar oldingi yilgi novdalarda hosil bo’lgan barglarga bitta tuxum 
qo’yadi (yangi novdalarda tuxumlar uchramaydi). Kapalaklar 32 tagacha tuxum 
qo’yadi va har bir tuxumni qo’shimcha jinsiy bezlardan ajralgan shilimshiq bilan 
o’raydi, shu sababli tuxumlarini payqash qiyinroq. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 
bargni teshib, barg etiga o’tadi va barg etida ovalsimon-yumaloq yo’l (mina) 
ochadi. Bu minalar oldiniga faqat bargning ostki tomonidan seziladi, keyinchalik 
ustki tomondan ham seziladigan bo’lib qoladi. Minalarning maydoni 150-160 
mm
2
. Ko’p hollarda bar plastinkasining kattagina qismi minalar bilan qoplanadi va 
marmarsimon dog’lar shakliga kiradi. Lichinkalar rivojlanish davomida 4 marta 
tullaydi va 5 yoshni o’taydi [2,4,5,7,9,20,21,22,24,26]. 


17 
Lichinkalar barg etidagi minalarda pillaga o’ralib g’umbakka aylanadi. 
G’umbakka aylanish iyunning o’rtalaridan iyulgacha davom etadi. G’umbaklik 
davri 8-9 kun davom etadi, ba’zan 5-6 kun rivojlanishi mumkin. Kapalaklar uchib 
chiqishidan oldin, g’umbaklarning yarmigacha bargning yuza qismiga chiqib 
qoladi. G’umbaklardan kapalaklarning yoppasiga uchib chiqishi iyuldan 
avgustgacha kuzatiladi. Yozning issiq kunlari va kuzda kapalaklar uchib yuradi va 
tarqaladi. Ba’zi kapalaklar tuxum qo’yishga ham kirishadi. Lekin ko’pchilik 
kapalaklar qishlovga ketadi. Qishlash uchun qari daraxtlar po’stlog’ining yoriqlari, 
chuqurchalariga va boshqa yashirin joylarga kirib oladi. Arealining ko’p qismida 
faqat bitta avlod beri rivojlanadi [5,20,24,26]..
Terak kuyasi terakning barchi turlari zararlaydi. 
Ammo, ba’zi 
tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, qora terak va Kanada teragi terak kuyasi bilan 
zararlanmaydi [2,7,9, 26]., shuningdek Xitoy teragi ham terak kuyasi bilan kuchsiz 
zararlanadi [4,5,21,24]..
Kuchli zararlangan terak daraxtlarining barglari muddatidan oldin to’kilib 
ketadi. Fotosintez jarayoni izdan chiqadi, daraxtlarning o’sshi sekinlashadi.
Terak kuyasining tabiy kushandalari ham talaygina. Kuyalar ba’zan 
yaydoqchilar tomonidan kattagina miqdorda qiriladi (57% gacha). Kasalliklar 
tomonidan terak kuyalarining soni 18% gacha kamayishi mumkin [29]. Bundan 
tashqari kuyalarning anchagina qismi qishda sovuqdan ham qiriladi, ayniqsa, 
sovuq va iliq ob-havoning almashinuvi kuyalarning ko’plab nobud bo’lishigi sabab 
bo’ladi. 
Keyingi yillarda terak kuyasining soni keskin ko’payib ketib, shahar va 
qishloqlardagi teraklarning ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Kuyalarga 
qarshi kurashish uchun terakning kuyaga chidamli turlarini ekish, to’planib turgan 
kapalaklarni bosim ostidagi suv bilan urib tushirish ham mumkin, bunda 
kapalaklar nobud bo’ladi. Turli kimyoviy vositalardan foydalanish mumkin.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish