Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”


Xulosalar ………………………………………………………………51



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

Xulosalar
………………………………………………………………51
 
Tavsiyalar
……………………………………………………………..52
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
…………………………………53 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
Respublikamizda toldoshlar (
Salicaceae
) oilasiga 
mansub terak (
Populus sp.
) hamda tol (
Salix sp.
) daraxtlari xalqimizning ma’naviy 
(manzarali) va sanoatbop yog’ochlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ekib 
o’stiriladi. Har ikkala daraxt turi shunchalik keng tarqalganki, hatto ular o’rmonzor 
turlari orasida deyarli yarmidan ortig’ini tashkil qilishi mumkin.
Terak mo’tadil iqlimli mintaqalardagi eng tez o’sadigan daraxtlardan biridir.
U shaharlarni va aholi punktlarini ko’kalamzorlashtirishda, suv havzalari va 
ariqlar atroflarini mustahkamlashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda keng 
qo’llaniladigan daraxtdir. Ammo bizning sharoitimizda terak yog’ochbop asosiy 
o’simlikdir. Terak yog’ochi muhim texnik qiymatga ega va xalq xo’jaligida keng 
foydalaniladi. Aholining qurilish yog’ochiga bo’lgan talabining asosiy qismi terak 
yog’ochi hosobiga qondiriladi. Terakning tez o’sishi va tez yog’och berishi azaldan 
o’rmonshunoslar diqqatini o’ziga tortgan. Tez o’sganligi sababli terak Osiyo va 
Yevropa mamlakatlarida katta plantasiyalarni egallaydi. Bizda, ayniqsa 
qishloqlarda ko’plab ekiladi.
Terakning 110 turi mavjud bo’lib, O’zbekistonda keng tarqalganlari: oq 
terak (Bolleana, Baxofena shakli), qora terak (Baqa terak), afg’on (Mirza terak), 
“Pervenes Uzbekistana”, qora terak (Maxalliy) va Turkiston teraklaridir. Bular 
respublikamizning sug’oriladigan hamma tumanlarida o’stiriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari terak va tolni dorivor o’simliklar qatoriga 
kiritish ham mumkin. Tol daraxti respublikamizning barcha hududlarida uchraydi. 
Po’stlog’i va boshqa qismlaridan tayyorlangan preparatlar issiqni pasaytiradi, 
revmatizm va boshqa kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Qora terakning bargli 
kurtaklari va yosh yopishqoq barglaridan olingan preparatlar kuygan teriga, 
bo’g’in kasalliklariga va bavosilni davolashda ishlatiladi, sochni to’kilishini oldini 
olishda va o’stirishda, xalq tabobatida kurtaklari va yosh barglari yog’ bilan birga 
yaralarni va chipqonni davolashda qo’llaniladi.



Juda ko’p ijobiy xususiyatlarga ega bo’lish bilan birga terak va tolning bitta 
juda katta salbiy xususiyati borki, bu terak va tolning turli-tuman zararkunanda 
hasharotlar va kasalliklar bilan kuchli zararlanishidir.
Terak va tolga 700 ga yaqin zararkunanda hasharotlar va 100 ga yaqin 
kasallik qo’zg’atuvchilar zarar yetkazadi. Bularning orasida eng asosiylari va ko’p 
uchraydiganlari quyidagilardir: shahar mo’ylovdor qo’ng’izi (
Acolesther sarto 
Sols.), terak bargkemirari (
Melasoma populis 
L.), tol bargkemirari (
Plagiodera 
versicolora 
Haich.), o’rgimchakkana (
Tetranychus urticae 
Koch.), kichik terak 
zlatkasi (
Buprestis picta 
Pall.), sassiq daraxtxo’r (
Cossus cossus 
L.), qalqondor va 
sohtaqalqondorlar, tiniq qanot (steklyannisa) -
Sciaptiron tabeniforme 
K.A. va 
boshqalar. Respublikamiz tog’oldi xududlarida tengsiz ipakchi hamda arvoh 
kapalaklar –brajniklar ham vaqti-bilan uchrab turadi. Bulardan, terak barg kemirari 
(asosan lichinkasi) terak bargini kemirib zarar keltirsa, shiralar barg shirasini so’rib 
qo’yadi. Shuningdek, shahar mo’ylovdor qo’ng’izi terakning yog’ochlangan 
qismini zararlasa, terak kichik zlatkasi (tilla qo’ng’iz) po’stloq va po’stloq osti 
qabatini shikastlaydi. 
Shu sababli turli rivojlanish fazalari va yog’ochlikni ishlatish davrida ham 
zararkunanda va kasalliklkrga qarshi kurash choralariga jiddiy e’tibor berish zarur.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarining muvafaqiyatli 
bo’lishi ko’p jihatdan zararkunandalarning o’z vaqtida bashorat qilinishi, asosiy 
zararkunandalar va kasallik qo’zg’atuvchilarning 
biologik 
va ekologik 
xususiyatlarini to’la o’rganish va himoya chora tadbirlarining oqilona tashkil 
etilishi bilan bog’liq.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish