Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

1.2-rasm.
Akasiya soxta qalqondori
 
(G. Vanek va b. ma’lumoti bo’yicha): 
a-erkak individ; b-yetuk urg’ochi individ; c-birinchi yosh «daydi» lichinkasi; d va 
e-ikkinchi va uchinchi yosh lichinkalari; f va g-qalqondor bilan zararlangan 
novdalar. 
 
sharoitida mavsumda 2-3 bo’g’in berib rivojlanadi. Oxirgi bo’g’inining lichinkalari 
daraxtning novdalari va shoxlarini ishg’ol etadi. 
[7,8,9,10].
O’zbekistonning janubiy hududlarida X.X. Xolmuratov (1998) tomonidan 
soxta qalqondorlar tarkibida tekinxo’rlik qiluvchi 8 ta kushanda turi aniqlangan. 
Bular orasida ayniqsa 
Coccophagus licimnia 
Walk., 
Microterus sylvius 
Dalm. Va 
ikkilamchi tekinxo’r 
Cheiloneurus claviger 
Thoms. ning ahamiyati kattadir. 
Surxondaryo viloyatining ko’pgina tumanlarida xalsid 
Ch.claviger 
bilan 1992-
1995 yillari zararlangan soxta qalqondorlarning soni 18-31% ni tashkil qilgan. 
Juda kamdan-kam sohta qalqondorlar orasida 
cherves qurtlar 
tunlamini uchratish 


25 
mumkin. Bu tunlamning qurtlari yirtqichlik qilib, qalqondor lichinkalarini terib 
yeydi 
[11].
Bu tunlam vakillari Farg’ona viloyatining Bog’dod tuman 
xo’jaliklarida 2005 yili qayd qilingan 
[18].
Olxo’ri sohta qalqondori 
– 
Sphaerolecanium prunastri 
Fonsc. Ayniqsa 
olxo’ri, shaftoli kabi danakli meva daraxtlariga, shuningdek terak va tolga qattiq 
zarar yetkazadi. Uni vatanimizning barcha hududlarida uchratish mumkin. Bu 
zararkunanda tushgan daraxt himoyalanmasa 2-3 yilda qurib qolishi mumkin (1.3-
rasm.). 
Urg’ochi zotning qalqoni yarim shar shaklida bo’rtgan, qo’ng’ir-qora tusda. 
Tanasining uzunligi 3-3,5 mm, kengligi 2,7-3,2 mm keladi. Erkagi shakli bo’yicha 
keskin farq qiladi. Birinchi yosh lichinkalari oval shaklida cho’ziq, sariq yoki 
qizg’ish tusda, mo’ylovi 6 bo’g’inli, tanasining chetida 13 juft tukchalari mavjud, 
uzunligi 0,45 mm, kengligi 0,2 mm. Ikkinchi yosh lichinkalarining usti yupqa
tiniq mum changi bilan qoplangan, tana chetida 19 juft tukchalari bor, uzunligi 1-2 
mm [11,12]. 
Ikkinchi yosh lichinkalari daraxt po’stiga yopishib qishlab chiqadi. Bahorda 
havo harorati 6-7° ga yetishi bilan harakatga tushgan lichinkalar qulay ochiq joy 
topib oziqlana boshlaydi. Yetuk urg’ochi zotlari may oyida paydo bo’ladi va 
urchib yoki urchimasdan (partenogenez) tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumni 
o’zining qalqoni tagiga qo’yadi, bu davr 16-20 kunni egallaydi. Bitta urg’ochi zot 
2 oy mobaynida 696 donagacha tuxum qo’yishi mumkin (Jorjoliani, 1991). 
X.Xolmuratovning (1998) ko’rsatishicha, O’zbekiston sharoitlarida olxo’ri soxta 
qalqondorining har bir urg’ochi zoti 500 dan 2000 tagacha tuxum qo’yishi 
mumkin. Muallifning ko’rsatishicha, zararkunandaning ikkinchi bo’g’in 
lichinkalari avgust oxirida chiqadi va 2-yoshi qishlovga tayyorgarlik ko’radi. 
Olxo’ri soxta qalqondorida tekinxo’rlik qiladigan kushandalar uchrab turadi
[18].
Masalan, 2004-2006 yillari Farg’ona viloyatining Bog’dod tumani xo’jaliklarida 
shaftoli, gilos, olxo’ri, olchada kuchli rivojlangan olxo’ri soxta qalqondori 2007 
yilga kelib tabiiy qirilib, daraxtlar toza bo’lib qolgan. 


26 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish