Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”


Tol ayridumlisi-Dicranula vinula L



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

 
Tol ayridumlisi-Dicranula vinula L. 
Tol ayridumlisining kapalaklari qanotlarini yozganda 55-80 mm. Oldingi 
qanotlari oqish-kulrang, qoramti tishsimon chiziqlarga ega. Orqa qanotlari yorqin 
kulrang. Qorin qismi oqish-kulrang, qoramtir ko’ndalang xalqalarga ega. 
Tuxumlari yarimsharsimon, qizg’ish-qo’ng’ir, yaltiroq, asos qismi yassi, 
tepa qismida nuqtachalari bor, ancha yirik, diametri 1,5 mm keladi. 
Qurtlari (lichinkalari) yo’g’on, yashil rangda. Bosh qismi qo’ng’ir, qizil 
tukchalari bor. Orqa tomoni kulrang-binafsha, oq tukchalarga ega. Tanasining 
oxirgi qismida ikkita dumsimon naychasi bor [8,9,10,11].
G’umbaklari to’q-qo’ng’ir, yo’g’on, qorin qismining yuqori qismi tumtoq-
yumaloq, qiyin seziladigan tikanchalari bor. G’umbaklarining uzunligi 20-30 mm.
Yevropada, Kavkazda, Sibirda va qisman O’rta Osiyoda tarqalgan. 
Kapalaklarning uchishi may-iyun oylarida kuzatiladi. Lichinkalari iyuo-
avgust oylarida zarar keltiradi. G’umbak davrida qishlaydi. Yiliga 1 ta avlod berib 
rivojlanadi [9,10,15].
Cho’l zonalarida 2 ta avlod beradi. Kapalaklarning uchishi aprelning 
oxiridan boshlanadi may oyining oxirigacha davom etadi. Kapalaklar tunda uchadi, 
kunduz kunlari daraxtlar tanasida harakatsiz o’tiradi.
Kapalaklar oziqlanmaydi. Urug’lanish kapalaklar uchib chiqqandan 
boshlanadi va bir sutka davom etadi va urg’ochilari darhol tuxum qo’yishga 
kirishadi. Iliq oqshomlarda kapalaklar terak daraxtlari atrofida sekin uchib yuradi. 
Tuxumlarini 1-4 donadan terak barglarining ustki tomoniga qo’yadi (daraxtning 
2m gacha bo’lgan qismlarida). Bitta urg’ochi kapalakning serpushtligi 120-320 ta 
tuxumni tashkil etadi. Azarbayjonda kapalaklarning serpushtligi 300-400 tani 
tashkil etadi. Tuxumning rivojlanishi 7 kundan 10-12 kungacha davom etadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar qoramtir-baxmalsimon bo’lib, bargda kichik 


31 
ovalsimon teshiklar kemiradi. 3-yoshdagi lichinkalar yuqorida aytilgan morfologik 
belgilarga ega bo’ladi. Bu davrda ular barglarning chekka qismidan kemirishni 
boshlaydi va barg plastinkasini to’liq yeb qo’yadi. Mayning oxiri va iyunning 
boshlarida lichinkalarning pillaga o’ralishi boshlanadi. Pillasi ovalsimon, ikki 
tomoni tumtoq yumaloqlashgan, daraxt tanasida joylashadi, daraxt po’slog’i 
pillaning orqa devori bo’lib xizmat qiladi. Ingichka novdalarda pillalarning shakli 
silindrsimon, juda mustahkam [8,9,10,11].
Qurtlarning g’umbakka aylanishi pilla o’ragandan keyin 10-12-kundan 
boshlanadi. G’umbaklik fazasi ham sharoitga qarab 10-25 kun davom etadi. 
Ikkinchi avlodining g’umbaklari qishlab qoladi. 
Ikkinchi avlod kapalaklar iyunda uchib chiqadi. Lichinkalari avgust oyida 
zarar keltiradi, g’umbakka aylanish sentyabrda amalga oshadi. Ikkinchi avlodning 
rivojlanishi ancha cho’ziladi, bu avlod kam sonli, chunki barglarning oziq sifati 
qurtlarni qoniqtirmaydi, yuqori harorat va havo namligining past bo’lishi 
lichinkalar rivojlanishini sekinlashtiradi. Ba’zan tol ayridumlisining uchinchi 
avlodi rivojlanishi ham mumkin. Bunda ikkinchi va uchinchi avlodlar bir-biriga 
qo’shilib ketadi. Bunda tuxumlarning rivojlanishi 5-6 kun davom etadi, lichinkalar 
4 marta tullaydi va 5 yoshni o’taydi, rivojlanish muddati 23-25 kunni tashkil etadi. 
Bu zararkunanda yosh, quyosh yaxshi qizdiradigan terakzorlarni xush 
ko’radi. Terakzorlarga katta zarar yetkazadi. Ba’zan zararkunandaning yoppasiga 
ko’payib ketish holatlari kuzatiladi va bunda teraklar bargini to’lig’icha yeb 
qo’yadi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish