20
mansub turlari zarar keltirishi mumkin: qalqondorlar (
Diaspididae
), soxta
qalqondorlar (
Coccidae
) va mumg’ubor qurtlar – cherveslar (
Pseudococcidae
oilasi). Ushbu mayda (0,5-3 mm) hasharotlarda jinsiy farqlanish (dimorfizm)
kuchli namoyon bo’lgan. Urg’ochilari qanotsiz, oyoq va mo’ylovlari juda qisqarib
ketgan, yelka tomonidan mum bilan qoplanib qattiqlashgan. Erkaklari esa
hasharotlarga xos barcha qismlarga ega:
yaxshi uchadi, oziqlanmaydi, qisqa umr
ko’radi (bir necha soatdan 1-3 kungacha). Bu zot o’z
vazifasini bajarishgagina
mo’ljallangan. Birinchi yosh lichinkalari («daydilar») qalqon tagidan chiqib daraxt
bo’ylab tarqab ketadi, qulay joy topgach,
bir yerga yopishib, rivojini shu yerda
tugatadi. Ular 2-3 marta po’st tashlab, urg’ochi yetuk zotga aylanadi, erkaklari esa
4 marta po’st tashlaydi
[18,30,31].
Daraxt po’stlog’ini va barglarini sanchib so’rib zaiflashtiradi. Natijada
barglar sarg’ayib to’kiladi, meva mayda va ta’msiz bo’lib qoladi.
Daraxtda
koksidlar borligini novdalarni yelim bilan qoplanganidan, chumoli ko’pligidan
hamda daraxt ostidagi yer yelimlanishidan bilish mumkin. O’zbekistonda
koksidlarning ko’plab turlari uchraydi, ammo amaliy
ahamiyatga ega va keng
tarqalgan turlari uncha ko’p emas.
Vergulsimon qalqondori
–
Lepidosaphes ulmi
L. Juda keng tarqalgan,
terak, tol, atirgul, barcha mevali daraxtlar va olmani ko’proq zararlaydi.
Issiqxonalarda limon, mandarin va boshqa sitrus mevali o’simliklarga
ham katta
zarar yetkazadi. Vergulsimon qalqondorning uzunligi 1-3 mm keladi (1-rasm).
Urg’ochisining tanasi cho’ziq, orqa uchi kengaygan, rangi oqimtir-kulrang, erkagi
maydaroq. Tuxumi oq, oval shaklda
[17].
Vergulsimon qalqondor o’lgan ona qalqoni ostida tuxum shaklida qishlab
chiqadi. Bahorda havo harorati 8-9° dan oshganda tuxumlardan lichinkalar ochib
chiqib, daraxt bo’yicha
harakat qiladi, nozik yerini topgach, sanchib og’iz
naychalarini to’qima ichiga joylashtiradi va ortiqcha harakatlanmay
rivojlanaveradi. U 15-20 kunda 1-yoshni, 20-30 kunda 2-yoshini o’tab, urg’ochi
zotga aylanadi. Lichinkalari rivojlanish davomida ustidan maxsus moddalar ajratib
o’zini himoya qiladigan oqish qoplama hosil qiladi.
Qoplama soniga qarab
21
zararkunandaning zichligini aniqlash mumkin. Juda ko’payib ketgan paytlarda
novdaning har 1 sm
2
da 50 tadan ortiq qalqon mavjud bo’ladi. Kuzga borib erkak
zotlari paydo bo’ladi, urchigach urg’ochi zot 50 tadan 100
ta gacha qishlaydigan
tuxum qo’yadi va o’ladi. O’zbekiston sharoitida mavsumda 2 marta bo’g’in berishi
mumkin, odatda esa bir marta
[18].
Do'stlaringiz bilan baham: