Boshqaruv mehnatining mazmuni – muayyan ob’ektga tatbiq etganda boshqaruv vazifalarining tarkibi bilan belgilanadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadlar va rejalashtirishni aniqlash, ijroni tashkil etish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag’batlantirish, ijroni hisobga olish va nazorat qilish. Har bir vazifa boshqariladigan ob’ektga boshqaruv ta’siri o’tkazishning muayyan shakli va usulini aks ettiradi, bu esa tegishli boshqaruv uslubi va usullarini nazarda tutadi.
17.2. Boshqaruv kadrlari
Boshqaruv jarayonida bajariladigan vazifaga qarab boshqaruv personalining uch toifasi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar toifalari ajratib ko’rsatiladi.
Boshqaruv personalining ajratib ko’rsatilgan guruhlaridan har biriga ular mehnatining mazmuni, aqliy faoliyat xarakteri va jamoa faoliyati natijalariga ta’sir qilishi nuqtai nazaridan o’ziga xos xususiyatlar xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |