1. Mehnat ta'limida didaktik sistemalar. Muommoli metodning mazmuni



Download 14,88 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi14,88 Kb.
#368048
Bog'liq
t.f.o.m.ON


12-bilet

1.Mehnat ta'limida didaktik sistemalar.

2.Muommoli metodning mazmuni.

3.Instruktaj turlari




1.Mehnat ta'limini tashkil qilishning didaktik tizimlari.

Ta’limning didaktik tizimi haqida umumiy tushuncha Buyum tizimi.
Operatsiya tizimi.

Operatsiya buyum tizimi. Operatsion kompleks tizimi.

Motorli mashq tizimi. Konstruktsion texnologik tizim.

О‘tmishda yoshlarni kasbga tayyorlash jarayonini ishlab chiqarish ta’limi deb yuritilgan va uning tarixida kо‘plab ta’lim tizimlari bо‘lgan.
1. Predmet (buyum)li tizim. Bu tizim paydo bо‘lgan dastlabki davrda ya’ni hunarmandlar mehnatining mazmuni yetarli darajada obyektiv texnik tahlildan о‘tkazilmagan davrda ushbu tizim qо‘llanilardi. Bu tizimga muvofiq ta’limning mazmuni shogirdning mazkur kasbga xos tugallangan buyumni ishlab berishni kо‘zda tutardi.
Bu tizimning mohiyati shunda ediki, shogird buyumlarni muayyan didaktik izchillikda, mehnat jarayonlarining murakkablashib borishi tartibida tayyorlashi kerak edi.
Bu tizimning ijobiy tomoni shundaki, bunda shogird buyumni tayyorlash davomida mehnat jarayonini tо‘la hajmda о‘zlashtirib olishi kerak edi.
Bu tizimning kamchiliklaridan biri shu ediki, bunda shogird buyumlarni tayyorlashda bajariladigan barcha mehnat jarayonini dastlabki tayyorgarliksiz, mehnat usullarisiz va operatsiyalarni maxsus mashq mashg‘ulotlarida egallashdan о‘rganib olish uchun ancha uzoq vaqt talab qilinadi, bu tez о‘sib borayotgan ishlab chiqarishga zid bо‘lib tushardi.
2. Operatsiyali tizim. Bu tizimga mos tushadigan ta’lim mazmuni shogirdni har qanday buyumni tayyorlashda ish beradigan bir qator tipik, eng muhim operatsiyalarni о‘zlashtirishni о‘z ichiga oladi. Bu tizim bо‘yicha ta’lim berish bir qator kompleks ishlarni bajarish bilan tugallangan.
Operatsiya tizimi tufayli ishlab chiqarish texnologiyasini tо‘g‘ri tushunish uchun shart-sharoit yaratiladi, ta’limni ancha izchil tashkil etish imkonini beradi, mehnat kо‘nikmalari va malakalari hosil bо‘lishiga, asosiy operatsiyalarni о‘zlashtirib olishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Biroq bu tizimda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan kam sonli operatsiyalar tayyorlanadigan buyum ajralgan tarzda bajariladi, о‘quvchi о‘z mehnatining pirovard natijasini tugallangan buyum sifatida kо‘rolmaydi, natijada ularning qiziqishi pasayadi.
3. Predmetli operatsiya tizimi. Ta’limning bu tizimida maxsus tanlangan predmet yoki buyumlarni tayyorlashga oid mehnat operatsiyalarini о‘rganish kо‘zda tutiladi.
Bu tizimda buyumlar shunday tanlab olinadiki, birinchi buyumni yasashda eng yengil (3-5) operatsiya о‘zlashtiriladi, navbatdagilarni tayyorlashda anchagina murakkab kо‘p operatsiyalar о‘rganiladi.
Dastlabki kо‘nikma va malakalarni hosil qilishiga maxsus mashqlarga e’tibor bermaslik bu tizimning samaradorligini bir muncha pasaytiradi.
4. Motorli-mashqli tizim. Ishchilar tayyorlashning bu tizimini amerikalik injener Teylor yaratgan bо‘lib, uning mazmuni qat’iy tanlab olingan mehnat usullari va ularning elementlarni mexanik tarzda mashq qilishdan iborat. Bu tizim tо‘g‘ri mehnat usullari tez shakllantirishga qaratilagn mashq mashg‘ulotlarini muayyan izchillikda bajarilishi bilan harakterlanadi. Biroq, о‘quvchining alohida ish harakatlari va usullarini bajarish kо‘pincha operatsiyaning о‘zidan buning ustiga mehnat jarayonlaridan ajralgan holda amalga oshiriladi, bu esa ularning mexanik tarzda о‘zlashtirishga olib keladi.
5. Markaziy mehnat instituti (markaziy mehnat instituti) tizimi.
Bu tizimda motorli-mashqli tizimning kо‘pgina belgilari о‘z ifodasini topdi.
Markaziy mehnat instituti sistemasiga kо‘ra, о‘quvchilarni amaliy tayyorlashning tо‘rt davri belgilanadi.
Maxsus trenirovka apparatlaridan foydalanib amalga oshiriladigan ish harakatlari va mehnat usullaridagi trenirovka mashqlari.
Mehnat operatsiyalarining bajarishdagi trenirovka mashqlari.
Maxsus tanlangan buyumlarni tayyorlashda kompleks operatsiyalar deb nomlangan ilgari о‘zlashtirilgan mehnat operatsiyalari uyg‘unligini о‘rgatish.
О‘quvchining buyumini tayyorlashga ketadigan mustaqil davri.

Markaziy mehnat instituti ta’lim tizimining jiddiy kamchliklaridan biri ishchiga ijodiy mehnat qilish uchun zarur bо‘lgan nazariy bilimga ochiqdan-ochiq baho bermaslikdir.
Operatsiyali-kompleks tizim.

Bu tizimning avvalgi tizimlardan farqi shundaki, u yoshlarni kasb hajmida mehnatga tayyorlash prinsipi asosiga qurilgan edi. Bu tizimga binoan ta’limning mazmuni о‘quvchilarning asosiy texnologik operatsiyalarni о‘zlashtirib olishlarini nazarda tutadi va keyinchalik kompleks ishlar qatoriga kiritilishi kerak edi.

2.Muammoli ta’limning mohiyati va vazifalari. Muammoli ta’lim-o‘quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir.

Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turidir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.

Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi.

Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muamoli o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari majudki, bu jihatlarni tadqiqotchi B.Aysmontas quyidagicha izohlaydi.

3.Instruktajini tegishli sohaning bosh mutaxassisi o‘tkazadi. U mehnat

muhofazasiga oid qonunchilik tg‘grisidagi asosiy ma’lumotlarni, ichki tartib-qoidalar va korxonadagi xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida gapirib beradi. Kirish

instruktaji suhbat yoki ma’ruza ko‘rinishida o‘tiladi. Kirish instruktajini o‘tishda

ko‘proq texnika asboblari, ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘tish kerak. Instruktaj

o‘tgandan keyin albatta jurnal tutish kerak va bu jurnalga o‘quvchilar va talabalar

instruktaj o‘tganligi haqida imzo qo‘yishi kerak.

Birlamchi instruktajni o‘qituvchi yoki uchastka boshlig‘i har bir talaba

bilan yoki ishchi bilan olib boradi. Birlamchi instruktajga ishchining o‘z

ixtisosligi bo‘yicha vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan

tanishtirish, asbob-uskuna va ximoya vositalarini ishlatish hamda ulardan

foydalanish qoidalari, xavfsiz ishlash usullari, yong‘inni o‘chirish vositalari va

signalizatsiyaning turar joyi hamda ishlatish usullarini, shuningdek, xavf tug‘ilgan

taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tuvchi

shaxs ishchining yoki talabaning xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimini tekshirib

ko‘radi, agar u mehnat muhofazasining asosiy talablarini, qoidalarini o‘rgangan bo‘lsa, uni ishlashga ruxsat beradi va jurnalga qayd qilib

qo‘yadi.

Davriy instruktaj – ishchi-xodimlarga va talabalarga kamida yarim yilda
bir marta ish joyida o‘tkaziladi. Uning maqsadi – ishchilarning xotirasida

xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi kurashish koidalaridan bilimlarini

mustaxkamlash uchun, hamda elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

uchun esa kamida 3 oyda bir marta bevosita ish o‘rinlarida o‘tkaziladi.

Rejadan tashqari instruktaj – xavfsizlik qoidalari yoki asbob-uskuna va

xavfsiz ishlashga ta’sir qiluvchi boshqa har qanday omillar o‘zgarganida, shuningdek biror xodim tomonidan jarohatlanish, avariya yoki yong‘in chiqishiga

olib keladigan darajada xavfsizlik qoidalari buzilganda o‘tkaziladi.

qo‘shimcha instruktaj esa baxtsiz hodisadan keyin, so‘nggi instruktaj

berilgan sanadan qat’i nazar hamma xodimlar bilan o‘tkaziladi.
Download 14,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish