Mavzu : Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etish masalalari
Reja:
Kirish
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari
Korxonalarning soliqlari va ularni rejalashtirish amaliyoti taxlili
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning samarali tashkil etish masalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotllar
Kirish Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
-mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
- ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad solig‘i summasini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks
385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar - ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan, jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay.Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari - tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-qismiga asosan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-742-son Qonuni 8-ilovasi bilan mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan oylik ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi.