Mavzu : Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etish masalalari



Download 130,22 Kb.
bet5/7
Sana29.04.2022
Hajmi130,22 Kb.
#592818
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu

2-rasm Soliqlarni rejalashtirish bosqichlari va yoʻnalishlari
Yuqorida soliqlarni rejalashtirish orqali korxonalarda soliqlarni qonun doirasida kamaytirish elementlari, yoʻnalishlari haqida fikr yuritdik. Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning samarali amal qilishi davlat budjeti daromadlarining qisqarishiga ham sabab boʻladi. Bunday holatda korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni chegaralash boʻyicha davlat tomonidan ham qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Qator mamlakatlarda soliqlarni toʻlashdan qochishning oldini olish uchun, shuningdek, soliqlarni rejalashtirishning qoʻllanish doirasini chegaralash imkonini beruvchi maxsus metodlar ishlab chiqilgan. AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida «antitransfert», «antioffshor» va «antidemping» qonunchiligi nihoyatda qattiq amal qiladi. Shuning uchun korxona tomonidan soliqlarni kamaytirish faqat amaldagi chegaralangan tizim doirasida amalga oshiriladi.Hozirgi vaqtda soliq toʻlovchilarning soliqlarni qonuniy kamaytirish imkoniyatlarini pasaytirish maqsadida davlat tomonidan qoʻllaniladigan chora- tadbirlar sifatida quyidagilarini koʻrsatish mumkin:
- qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish;
- qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
- ma’muriy ta’sir etish chora-tadbirlarini qoʻllash;
Davlat qonunchilik hujjatlaridagi doimiy oʻzgarishlar sharoitida qonunchilikdagi boʻshliqlarni doimiy toʻldirib borishga hamda soliqlarni pasaytirishga imkon tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish boʻyicha soliq qonunchiligiga tuzatishlar kiritishga harakat qiladi. Aynan shuning uchun uzoq muddat davomida soliqlarni rejalashtirishni mazkur usul (soliq qonunchiligidagi boʻshliqlardan foydalangan holda soliqlarni rejalashtirish usuli)da amalga oshirishning imkoniyati chegaralangan.
Mamlakatimiz soliq qonunchiligiga soliq prezumpsiyasi tamoyili kiritilishi natijasida soliq toʻlovchilar huquqi yuqori baholanishi joriy etilganligi sababli qonun chiqaruvchi organ tomonidan qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Soliqlarni rejalashtirishni chegaralashning ma’muriy ta’sir etish chora- tadbirlarida soliq toʻlovchining soliqlarni joriy rejalashtirishi chegaralanadi. Soliq organlari soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlashni, zarur hujjatlarni taqdim etishni, tushuntirishlarni talab qilish huquqiga ega. Ular tekshiruvlar oʻtkazish va tegishli sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Misol sifatida yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisob-kitobini soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda taqdim etmaslik holatida sub’ektning javobgarlikka tortilishi boʻyicha soliq organlarining huquqini keltirish mumkin.
Soliqlarni qonun doirasida kamaytirishning oldini olish maqsadida davlat tomonidan qoʻllaniladigan chora-tadbirlar soliq qonunchiligining takomillashuviga va oʻz navbatida, budjet daromadlarining oʻz vaqtida shakllanishiga xizmat qiladi.Umuman, korxonalarda soliqlar boʻyicha pul oqimlarini boshqarishda soliqlarni rejalashtirishga qarama-qarshi ravishda davlat tomonidan qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni ham inobatga olish lozim.Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni samarali tashkil etishda mazkur jarayonni zarur axborot bilan ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda soliqlarni rejalashtirish jarayoni ishtirokchilarini ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Bular birinchidan, asosiy (hal qiluvchi) qatnashchilar: buxgalteriya, moliya, ichki audit xizmati, yuridik, reja boʻlimlari; ikkinchidan, yordamchi qatnashchilar: ishlab chiqarish, ta’minot savdo, marketing va boshqa boʻlimlar (3-rasm). Bunda soliqlarni rejalashtirish jarayonining bevosita ishtirokchisi sifatida u hoh asosiy qatnashchilar boʻlsin, hoh yordamchi ishtirokchilar boʻlsin oʻzining muhim oʻrniga ega hisoblanadi. Bu jarayonda koʻrsatib oʻtilayotgan biror bir boʻlimning ishtirok etmasligi korxona uchun soliq borasida jiddiy moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.


Download 130,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish