Boshqaruv mehnatining ob’ekti – mehnatni sarflash sohasi: tashkilot, tarkibiy bo’linmadir.
Boshqaruv mehnatining predmeti – ob’ektning holati haqidagi va uning faoliyat ko’rsatishi hamda rivojlanishidagi zarur o’zgarishlari to’g’risidagi axborot.
Boshqaruv mehnatining mahsuli – ob’ektning talab qilingan rejimda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqaruv qarorlari va amaliy harakatlari. Faoliyatning barcha sohalariga boshqaruv ta’siri ishlab chiqarish jamoasi a’zolari orqali amalga oshirilgani sababli jonli mehnatni boshqarish, ya’ni barcha jamoa a’zolarining maqsadga muvofiq faoliyatini boshqarish ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, boshqaruv ta’sirlarining to’laroq natijalariga faqat ularning jonli mehnatga emas, balki jonsiz mehnatga ham tarqalishi bilangina erishiladi, chunki ishlab chiqarish bu har ikki tomonni bir-biriga birlashtiradi. Bunday yondashuv, ayniqsa, hozirgi kunda dolzarbdir, chunki bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan yirik korxona va birlashmalarning ayrim tarkibiy bo’linmalari mustaqil korxonalarga, jamoa esa o’z ixtiyorida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining xo’jalik sub’ektiga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |