Bitiruv malakaviy ishning grafikaviy materiallar (chizmalar) qismi quyidagilardan tashkil topadi:
1 - varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) - tahlil qilinayotgan obyekt yoki tizimning texnologik sxemasi (qalamda yoki kompyuter dasturlaridan foydalangan holda bajarishga ruxsat etiladi).
2 - varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) - mavzu bo‘yicha olib borilgan tahlillarga ko‘ra ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda bajariladigan obyekt tavsiflari, mahsulotga qo‘yilgan va boshqa shu kabilar grafik, diagramma, jadval va boshqa shu kabi ko‘rinishlarda (qalamda yoki kompyuter dasturlaridan foydalangan holda bajarishga ruxsat etiladi).
3 - varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) – jihoz yoki uzelning umumiy ko‘rinish chizmasi kerakli qirqim va kesimlar bilan birgalikda (1 yoki 2 ta proyeksiyada, qalamda, KHYAT talablariga rioya qilingan holda bajariladi).
3 - varaqdagi umumiy ko‘rinish yoki yig‘ish chizmasi A2 formatiga joylashmasligi mumkin, shuning uchun bu formatda belgilangan chizmani A1 formati (594x841 mmxmm) ga bajarish ruxsat etiladi va bunda 2- yoki 6-varaqdagi A2 formatdagi chizmalardan biri rahbar bilan kelishgan holda bajarilmaydi.
4 - varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) – jihoz tarkibiga kiruvchi yig‘ma birlik ish chizmalari (yetarlicha proyeksiyalarda, qalamda KHYAT (YESKD) talablariga rioya qilingan holda bajariladi).
5 – varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) – jihoz tarkibiga kiruvchi nostandart 3-4 ta asosiy detallarining ish chizmalari (yetarlicha proyeksiyalarda, qalamda, KHYAT (YESKD) va JO‘YAT O‘HT (YESDP SEV) talablariga rioya qilingan holda bajariladi). Detallarning ish chizmalarini A2 formatda joylashtirilib unda alohida detallar ish chizmalari A2 formatini A3 yoki A4 formatlarga o‘rnatilgan tartiblarda qalamda bo‘lish orqali amalga oshiriladi va bunda har bir formatdagi qog‘ozda tegishli hoshiyalar va asosiy yozuvlar bajariladi (Ilova 7).
6 – varaq, A2 formati (420x594 mmxmm) – mavzu mazmuniga bog‘liq holda jihozning texnologik, strukturali, kinematik, moylash va boshqa turdagi sxemalari, moylash xaritasi yoki hisoblash qismini izohlash uchun bajarilgan chizmalar. Jihozning modda va issiqlik balansini hisoblash, korpus devori va tagliklarini hamda flanetslarini hisoblash va boshqa turdagi hisoblash sxemalari (qurilmalar uchun); loyihalashtirilayotgan jihozning takelaj va o‘rnatish chizmalari hamda boshqa shu turdagi chizmalar (qalamda, yoki kompyuter dasturlaridan foydalangan holda bajarishga ruxsat etiladi).
Barcha chizmalar varaqlarida 55x185 mmxmm li asosiy yozuv (burchak shtampi) bajariladi (Ilova 5, a).
Yuqorida keltirilgan chizmalar hajmi bo‘yicha murakkab hollarda talaba va ilmiy rahbarning o‘zaro kelishuvi bilan varaqlar soni 5 taga tushirilishi mumkin, lekin bunda 3-, 4- va 5- varaqlar bajarilishi shart.
Umumiy ko‘rinish chizmalariga varaqning o‘ng tomonida asosiy yozuv ustki qismida eksplikatsiya bajariladi va unda barcha nomdagi yig‘ma birliklar nomlari va belgilanishlari keltiriladi.
Yig‘ish chizmalari va yig‘ma birliklar chizmalariga alohida A4 formatiga o‘rnatilgan tartiblarda spetsifikatsiya bajariladi. Spetsifikatsiyada yig‘ma birliklar, nostandart buyumlar va standart buyumlar belgilanishlari alohida ko‘rsatilgan holda bajariladi.
Ilmiy yo‘nalishda bajarilgan bitiruv malakaviy ishlarida tajriba qurilmasining umumiy ko‘rinishi, tajriba o‘tkazish rejasi keltirilib, natijalar jadval, grafik, diagramma kabilar ko‘rinishida tasvirlanadi.
Chizmalarni bajarish uchun chizma masshtabini tanlashda shuni e’tiborga olish zarurki, bunda chizma bajarilayotgan varaq (list) ning kamida 70% i chizma bilan to‘lishi kerak. Chizmalar qalamda bajariladi. Chizmalarning sifatli chiqishini ta’minlash maqsadida undagi asosiy chiziqlarni TM yoki HB (qattiq yumshoq) va ingichka chiziqlarni T yoki Н (qattiq) markali qalamlarda chizish maqsadga muvofiqdir. Kompyuter dasturlaridan foydalanib sxemalar va boshqa shu kabi ko‘rgazmalarni chizishda asosiy chiziq qalinligi 1,0 mm va ingichka tutash chiziq qalinligini 0,5 mm qilib olinishi zarur.
Chizmalarni bajarishgda quyidagi masshtablardan foydalanish tavsiya qilinadi Qabul qilingan masshtab albatta asosiy yozuvning “Masshtab” katagiga yozib qo‘yilishi shart:
a) kichraytirish masshtablari:
1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:15; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50
b) kattalashtirish masshtablari:
2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 40:1; 50:1
Chizmalarni varaqga (list) ga chizishda varaqning chekka qismlarida chapdan 20 mm va qolgan tomonlarda 5 mm dan qoldirilib hoshiya (ramka) bajariladi va bu hoshiyaning ichki o‘ng tomoni pastki qismida asosiy yozuv (55x185 mm o‘lchamdagi burchak shtampi) joylashtiriladi. Asosiy yozuvning o‘lchamlari va to‘ldirish tartibi ilovada berilgan. Shtampning yuqori xonasida buyumning va loyihalash hujjatining belgilari quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
ХХХХ.ХХХХХХ. ХХХ.
bunda XXXX – korxonaning kodi, (Chizmani bajarishda birinchi ikkita raqam (XX) – institut kodi, ikkinchi ikkita raqam (XX) - kafedra kodi; va bularga mos ravishda QarMII va “TMJ” kafedrasi kodi 07.12. qo‘yiladi;
XXXXXX – tasniflanish tavsiflari kodi, buyum yoki konstruktorlik hujjatiga KHYAT klassifikatori bo‘yicha qo‘yiladi, birinchi ikkita XX – sinf; uchunchi X – sinfga oid; to‘rtinchi X – guruh; beshinchi X – guruhcha va oxirgi oltinchi X – ko‘rinish kabilarni angalatadi;
XXX – qayd qilingan tartib raqami.
Asosiy bo‘lmagan konstruktorlik hujjatlarini belgilashda, ya’ni bitiruv malakaviy ishini bajarishda uning chizmalar qismida asosiy yozuv qismini to‘ldirishda (“TMJ” kafedrasi talabalari uchun) quyidagi ketma-ketlikda belgilanish tavsiya qilinadi:
07.12.BMI.00.00.000 XX
bunda 07.12.BMI.00.00. – buyumning belgilanishi;
000 – hujjat kodi;
XX – loyihalash bosqichlari uchun hujjatlar nomlanishi: YCh – yig‘ish chizmasi, UK – umumiy ko‘rinish chizmasi, NCh –nazariy chizma, GCh – gabarit chizma, MCh –montaj chizmasi, TSh –texnik shartlar, TB -jadvallar va shu kabilarni ifodalaydi.
Masalan, 1-varaqda texnologik sxema keltirilgan bo‘lsa: 07.12.BMI.01.00.000 TS ko‘rinishda yoziladi; 2-varaqda texnik talablar bo‘yicha jadval keltirilgan bo‘lsa: 07.12.BMI.02.00.000 TB ko‘rinishida, 3-varaqda umumiy ko‘rinish chizmasi keltirilgan bo‘lsa: 07.12.BMI.03.00.000 UK ko‘rinishida, yoki yig‘ish chizmasi keltirilgan bo‘lsa 07.12.BMI.03.00.000 YCH ko‘rinishida, 4-varaqda yig‘ma birlik chizmasi keltirilgan bo‘lsa 07.12.BMI.04.01.000 YB ko‘rishida (01. yig‘ma birlikning 04. yig‘ish chizmasida turgan pozitsiya raqami, agar beshinchi pozitsiyada turgan bo‘lsa u holda 07.12.BMI.04.05.000 YB) bo‘ladi.
Ma’lumki, umumiy ko‘rinishdagi chizmalar yig‘ish chizmalari bilan, yig‘ish chizmalari esa yig‘ma birlik va detallar ish chizmalari bilan kuzatiladi. Shuning uchun 5-varaqda nostandart detallarning alohida ish chizmalarini chizishda shu detalning yig‘ma birlikdagi tartib raqami va yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasidagi turgan pozitsiyalarini bilish kerak bo‘ladi. Masalan, 3-varaqda keltirilgan yig‘ish chizmasida 5-pozitsiyada turgan yig‘ma birlikda tasvirlangan 6-pozitsiyadagi nostandart detal quyidagicha belgilanadi: 07.12.BMI.03.05.006 ).
Asosiy yozuvning “Litera” katagini to‘ldirishda boshqa ma’nolar bilan chalkashtirmaslik kerak. “Litera” bu – konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqarish bosqichini bildiradi. Masalan texnik taklifni ishlab chiqishda hujjat literasi “P” harfi, eskiz loyihani ishlab chiqishda hujjat literasi “E” harfi, texnik loyihani ishlab chiqishda hujjat literasi “T” harfi, tajriba partiyalarini ishlab chiqishda “O” harfi, buyumni tayyorlash uchun ishlab chiqilgan hujjatda “Ye” harfi, tajriba partiyalari ishlab chiqilib ularni korrektirovka qilish maqsadida ishlab chiqilgan hujjatlarga “A” harfi kabi belgilar qo‘yilishi konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiarish bosqichlariga qo‘yilagan talablar bo‘yicha belgilab qo‘yilgan.
Asosiy yozuvning o‘rtasidagi ochiq qismiga shu varaqda bajarilgan sxema, jadval, diagramma, yig‘ish chizmasidagi tasvirlangan jihoz nomi, yig‘ma birlik nomi yoki ish chizmasi bajarilgan nostandart detalning nomlari keltiriladi.
Chizmalarni chizishda tasvirlanayotgan jihoz va elementlarning shakligina emas, balki ularning o‘lchamlari ham berilishi shart. O‘lchamsiz chizmadan jihoz yoki detalning shakli to‘g‘risidagina umumiy ma’lumot olish mumkin, uning haqiqiy o‘lchamlari to‘g‘risida esa fikr yurgizib bo‘lmaydi. Buni chizmada qanchalik aniq chizilgan bo‘lmasin, undagi chiziqli o‘lchamlar uning haqiqiy (sonli) o‘lchamlarini almashtira olmaydi, ya’ni chizmani bevosita o‘lchab, bu o‘lchamlar bo‘yicha jihoz yoki uning elementini yasash mumkin emas.
Chizmadagi hamma o‘lchamlar soni mumkin qadar kam bo‘lishi va shu bilan birga buyumni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun etarli bo‘lishi zarur.
Chizma chizishda ishtirok etmaydigan, lekin chizmani o‘qish uchun ancha qulaylik tug‘diradigan o‘lchamlar ma’lumot o‘lchamlari deyiladi.
Yig‘ma birlik va detal ish chizmalari uchun qo‘yidagi texnik talablarga rioya qilish zarur:
- detalni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlar keltirilishi;
- asosiy ish yuzalarning hadir-budirliklari sirtlarda va qolgan sirtlar umumiy g‘adir-budirliklari hoshiya ichki qismi o‘ng tomoni yuqorisida ko‘rsatilishi;
- detallarni termik yoki kimyoviy ishlov berish talablari (termik ishlov berish turi, mustahkamlash darajasi, detal yuzasini sementlash yoki azotlash chuqurligi va boshqalar);
- val o‘qlarining parallel yoki perpendikulyar o‘rnatishga qo‘yilgan talablar (masalan, radial o‘zgarishi 0,2 mm dan yuqori bo‘lmasligi, o‘qlarning qiyshiqligi 0,1 mm dan yuqori bo‘lmasligi);
- detallarga ishlov berish (qayirish, valsovkalash, payvandlangandan keyin teshish va boshqa ko‘rsatkichlar);
- mashina va qurilmalarning tashqi qismini moylash yoki bo‘yoqlash shartlari;
- detal ishchi yuzalariga mexanik ishlov berish darajasi (ishlov berish aniqlik sinflari ko‘satiladi);
- payvand-choklarning texnik ko‘rsatgichlari belgilanadi.
Asosiy yozuv pastki o‘rta qismiga jihozning umumiy ko‘rinishlari keltirilgan bo‘lsa “Umumiy ko‘rinish”, texnologik sxemasi keltirilgan bo‘lsa “Texnologik sxema”, va nostandart detal ish chizmasini bajarganda shu detalning materiali va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda tanlanadigan sortamentlar belgilanishlari keltiriladi. Masalan Po‘lat 3 (St3) dan yuqori aniqlikda (A) tayyorlanadigan diametri Ø50 mm li valni tayyorlash uchun quyidagi sortamentni tanlash mumkin:
Sxemalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: texnologik xarita va sxemani tuzish uchun avval mashina bajaradigan asosiy texnologik jarayonni sodda operatsiyalarga bo‘lib chiqish kerak. Bunda har bir alohida operatsiyaga faqat bitta ishchi organ to‘g‘ri kelishi lozim. Texnologik jarayonni qismlarga ajratish mashinaning ishlov berish qismi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Qayta ishlanayotgan mahsulot va ishchi organlarning o‘zaro to‘qnashishidagi holatlari alohida - alohida shakllarda (holatlarda) ko‘rsatiladi. Aniqroq bo‘lishi uchun texnologik sxemani rangli qalamlar bilan yoki kompyuter dasturlarida rangli chiziqlar bilan bajarish ma’quldir, bunda har xil material va ishlov beruvchi qismlar tegishli ranglarda chiziladi.
Bir jarayon yoki operatsiyalarning holatlar soni mashina bosh valining aylanishiga bog‘liq va har safar tanlangan burchak va valning to‘liq aylanishi orqali aniqlanadi.
Texnologik sxemada arab raqamlari bilan ishchi organlar, rim raqamlari bilan holatlar (pozitsiya), uzluksiz strelkali chiziq bilan ishchi organning operatsiya bajariladigan yo‘nalishi, shtrixli strelkali chiziq bilan teskari yo‘nalish belgilanadi.
Shunday qilib, sxemaning aniq belgilanishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi, masalan texnologik sxema – TS, kengroq ko‘rinishda esa:
07.12.BMI.06.00.000 TS.
Sxemalarni bajarishda masshtabga rioya qilinmaydi, to‘rtburchak shaklidagi shartli tasvir belgilaridan foydalaniladi.
Texnologik sxemani rasmiylashtirish uchun mexanizmlarni belgilashda ishlatiladigan shartli belgilardan foydalaniladi.
Kinematik sxemani belgilash va chizishda sxema barcha elementlari arab raqamlari bilan belgilanadi. Mashinaning kinematik sxemasi uning barcha mexanizm va zvenolarining o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatishi, element va mexanizmlarning birikish tartibini berishi, energiya oqimining tarqalishini, mashina elementlarining kinematik bog‘lanishini, ishlovchi bo‘g‘inlarning o‘zaro joylashishini ko‘rsatib beradi (Ilova 8).
Murakkab mashinalar uchun yuritma (transmissiya) va bajaruvchi mexanizmlar uchun alohida kinematik sxema tuzish mumkin.
Yuritma va yuritma moslamalar harakatni dvigateldan (energiya manbaidan) ishchi mexanizmlar asosiga yoki ishchi organlarga bevosita uzatish uchun kerakdir. Bajaruvchi mexanizmlar (odatda davriy harakat qiladigan) harakatni asosiy zvenolardan bevosita mexanik operatsiyalarni bajaruvchi va boshqaruvchi ishchi organlarga yuborish uchun xizmat qiladi.
Kinematik sxemada dvigatel quvvati, dvigatel valining aylanish soni, boshqa vallarning aylanish soni, shkivlar diametri, tasma turi va uzunligi, tishli g‘ildirak tishlarining soni va ilashish moduli, zanjirli uzatma yulduzchalar tishlarining soni, zanjirning qadamlar soni, reduktorlarning uzatishlar soni bo‘lishi kerak. Hamma vallar rim raqamlari bilan belgilangan bo‘lishi lozim. Sxemaning barcha elementlari krivoshipli, kulachokli va boshqa boshqaruvchi va asosiy zvenolar arab raqamlari bilan aylanma tartibda chapdan o‘ngga qarab belgilanadi. Raqamlangan barcha elementlar chizmaning bo‘sh joyida yoki spetsifikatsiya tarzida izohlanishi lozim.
Jihoz kinematikasini hisoblash tartibi va sxemasini rasmiylashtirish ucun mezanizmlarni belgilashda ishlatiladigan shartli belgilar ilovada keltirilgan.
Mashinaning moylash xaritasi va sxemasini tuzishda moylash sxemasida uncha katta bo‘lmagan formatga mashinaning umumiy ko‘rinishi tushirilgan chizmada shartli belgilar bilan moylash joyi ko‘rsatiladi.
Moylash xaritasi jadval tariqasida tuziladi: bunda moylanadigan tugunlar nomi, moylash materialini qabul qilishning shartli belgisi, moylash davriyligi, moyni uzatish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Mashinani moylash, ishqalanish natijasida yo‘qoladigan energiyani tejash, ishqalanadigan yuzalarning siyqalanishini sekinlashtirish, o‘zaro xastalarning oldini olish, zanglash va darz ketishning oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Moylashning o‘z vaqtida bajarilishi mashinaning ko‘p vaqt benuqson ishlashini belgilaydi. Moylash materiali mashina ishiga va uning vazifasiga bog‘liq, holda tanlanadi.
Moylash davriyligi quyidagi meyorlarga qarab aniqlanadi:
1) normal sharoitda tebranish podshipniki 6 oyda bir marta qovushqoqligi katta bo‘lgan moy bilan; og‘ir sharoitlarda (notekis kuchlanish, reversiv harakat, tez - tez ishlatish, chang muhit va boshqalar) ishlaydiganlar uchun - 3 oyda 1 marta; suyuq moylar ishlatganda podshipnik asosiga 2 - 3 kunda 1 marta moy quyiladi;
2) sirpanish podshipniki va vtulkalar moy (solidol’) bilan qo‘lda 1 - 2 marta har smenada moylanadi;
3) sirpanish podshipniki qovushqoqligi katta bo‘lgan moy bilan 1 oyda 1 marta, korpusiga esa, 3 - 5 kunda 1 marta moy quyiladi;
4) tishli, chervyak va vintli uzatgichlarni moylash qo‘l kuchi yordamida amalga oshirilib, smenada 1 marta, qovushqoqligi katta bo‘lgan moy bilan 2-3 kunda 1 marta, karter moyi orqali moylanadigan detallar uchun qovushqoqligi katta bo‘lgan moy bir oyda 1 marta karterga quyiladi, suyuq moy bilan esa har 3 - 4 kunda 1 marta;
5) zanjirli uzatgichlar qovushqoqligi katta bo‘lgan moy bilan 1 oyda 1 marta, suyuq moy bilan esa smenada 1 marta;
Sirpanish podshipniklari va vtulkalarni moylashda 8 soat ish davomida val diametri va moylash usuliga qarab harakat qiladigan qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘ miqdori ilovadagi 3 – jadvalda berilgan.
Tishli uzatmalar karterida 8 soat ish davomida xarajat bo‘ladigan yog‘ miqdori ilovadagi 4 - jadvalda berilgan.
Val diametriga qarab tebranish podshipnikini moylashdagi yog‘ xarajati ilovadagi 5 - jadvaldan olinadi.
Xarajat bo‘ladigan qovushqoqligi katta bo‘lgan yog‘ val diametri va moylash vannasining hajmiga qarab ilovadagi 8 - jadvaldan olinadi.
Qo‘l bilan parallel yo‘nalishlar (yassi sirtlar) moylanganda sarf bo‘ladigan moy miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |