6.2. Adabiyotlarni o‘rganish, ma’lumotlarni to‘plash, xulosa va takliflarni asoslash
Talaba tanlangan bitiruv malakaviy ishi mavzusiga muvofiq ravishda tegishli adabiyotlarni, rasmiy va meyoriy hujjatlarni hamda amaliy materiallarni o‘rganadi. Adabiyotlarni o‘rganish orqali talaba tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab oladi, ya’ni mavzuga daxldor bo‘lgan neft va gaz sanoatida qo‘llaniladigan texnologiyalar va ularni amalga oshirish uchun mashina va jihozlar, hamda ular yuzasidan asosiy tushunchalarga, o‘rganilayotgan jarayonlarning yuzaga kelishi va qo‘llanilishi zaruriyatlari, shuningdek ularning rivojlanish qonuniyatlarini va ilmiy-texnik atamalar tizimini bilib olishga erishadi. Adabiy manbalarni va o‘rganilayotgan mavzuga tegishli masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o‘rganish natijasida bitiruv malakaviy ishini yozish yuzasidan kerakli xajmda ma’lumotlarga ega bo‘linadiki, bu o‘z navbatida oldinga qo‘yilgan ishni sifatli amalga oshirilishi uchun zarur omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Talaba bitiruv oldi amaliyotida neft va gaz sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sharoitida qo‘llanilayotgan texnologik mashina va jihozlarning texnologik jarayonni mukammal amalga oshirish uchun material, texnologik va konstruktiv jihatdan mustahkamlik hisoblari, ishlash tahlillari va jarayonni uzluksiz olib borish uchun uni ta’minlab beruvchi usullar haqidagi bilimlarga, o‘rnatilgan texnik talablar va meyoriy hujjatlarni o‘rganish orqali erishishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishning o‘ta muhim va ma’suliyatli tomonidan biri tanlangan mavzu bo‘yicha tashkilot, muassasa va ishlab chiqarish korxonalarining ma’lumotlarini to‘plash va ular ustida ishlashdir. Ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlab, ularni to‘la to‘plash va tahlil qilish bitiruv malakaviy ishini sifatli bajarilishiga olib keladi.
Ushbu ma’lumotlarni to‘plashning asosiy qismi ishlab chiqarish amaliyoti va bitiruv oldi amaliyotlari davrida amalga oshiriladi.
Agar bitiruv malakaviy ishi uchun ko‘rsatkichlarni solishtirish zaruriyati tug‘ilsa, talaba ilmiy rahbari bilan kelishgan holda boshqa korxonalarning materiallarini ham olishi mumkin.
Tashkilot, muassasa va korxona materiallarini o‘rganish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash (topshiriq va hisobot hujjatlari, ma’lumotlar, tekshirish materiallari va hakozo) bilan bir qatorda talaba ular asosida qo‘shimcha ma’lumotlar yig‘adi, ayniqsa, korxonada yangi texnologiyalarni tadbiq etishga oid ishlarning tahlillarini o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida kamchiliklarni aniqlash, muammolarni yechimini topish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoninin beradi.
Tashkilot, muassasa va korxonalardan olingan barcha hujjatlar, dalolatnomalar va shu korxona ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart. Har bir hujjatni to‘ldirishda ushbu hujjatning mohiyati va zarurligini to‘la tushunib yetmog‘i, uni ishonchligiga iqror bo‘lmog‘i lozim.
Talaba bitiruv malakaviy ishini bajarishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini o‘rganishi zarur, buning natijasida iqtisodiy jihatdan samarali va zamonaviy resurs tejamkor texnika va texnologiyalarni qo‘llashni amalga oshirish orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida mavzuga taalluqli ma’lumotlar haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishini sifatli hamda har tomonlama chuqur o‘rganilgan holda yozilishida tadqiqot olib borilayotgan mavzuga tegishli materiallarga e’tibor qaratish, ularni o‘rganish hamda tahlil qilish katta ahamiyat ega. Buning uchun mavzuga tegishli ixtisoslik va maxsus fanlardan adabiyotlar bilan bir qatorda neft va gaz sohasiga tegishli jurnallardan va internet ma’lumotlaridan foydalanishi zarur. Shuningdek mavzuni yoritishda bitiruv oldi amaliyoti davrida korxonalardan olingan ma’lumotlaridan ham keng foydalanish lozim.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi yuzasidan materiallarni to‘plash maqsadida adabiy manbalar o‘rganilayotganda, ularni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar, vujudga kelgan fikr-muloxazalar hamda xulosalar xomaki tarzda yozib borilishi lozimki, buning natijasida ularni tuzilgan rejaga asosan tartibga solish va umumlashtirish ishlarini osonlashtirilishiga erishiladi.
Ba’zi hollarda zaruriyatdan kelib chiqqan tarzda kerakli ma’lumotlarni to‘plash maqsadida sinov-kuzatuv ishlari ham amalga oshiriladi. Ma’lumotlarini o‘rganish natijasida olingan raqamli ma’lumotlar jadval ko‘rinishda tartibga solinib, umumlashtirilgan holda ulardan tahlillar, xulosa va takliflarni bayon etishda foydalaniladi.
7. Grafikaviy materiallar (chizmalar) qismining mazmuni
va bajarish tartibi
Bitiruv malakaviy ishining grafikaviy materiallar qismi texnologik jarayon va qurilmalarning sxemalari, tahliliy diagrammalar, grafiklar, jihozlarning yig‘ish va yig‘ma birliklari ish chizmalari, jihoz yoki uni tashkil etuvchi yig‘ma birliklarni tashkil etuvchi detallarning ish chizmalaridan iborat bo‘lib, chizmalar A2 formatli qog‘ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda bajariladi. Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi standartlar talablariga qat’iy muvofiq kelishi zarur. odatda yoki texnika vositalari orqali tayyorlanib, ekranda elektron doskada ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |