17-Mavzu: INDUKTIV VA IONIZATSION MANOMETRLAR.
Reja:
1. Induktiv manometrlar.
2. Ionizatsion manometrlar.
3. Bosim o’lchashda ishlatiladigan issiqlik o’tkazuvchi asboblar.
Induktiv manometrlarning ishlash prinsipi g’altak induktivligining tashqi bosim ta’sirida o’zgarishiga asoslangan. Induktiv manometrlarning prinsipial sxemasi 17.1- rasmda tasvirlangan. U membranali sezgir element 3, unga biriktirilgan temir o’zak 6 va temir o’zakli induksion g’altak 4 dan iborat. O’lchanayotgan bosim naycha 1 orqali bo’shliq 2 ga kelib membrana 3 ni bukadi, natijada o’zak 6 g’altak o’zagi 4 ga yaqinlashadi. Shunday qilib, g’altakning induktivligi o’lchanayotgan bosimga proporsional o’zgaradi. Datchik o’lchash sxemasiga klemmalar 5 orqali ulanadi.
17.1-rasm. Induktiv manometr sxemasi
Ionizatsion manometr. Ionizatsion manometr (vakuummetr) larning ishlash prinsipi gaz molekulalarining qizdirilgan katod chiqaradigan elektron oqimi orqali ionlanishiga asoslangan. 17.2- rasmda qizdirilgan katodli ionizatsion vakuummetriing sxemasi tasvirlangan. Vakuummetrning sezgir elementi sifatida uch elektrodli manometrik lampa ishlatiladi. Lampa balloni 1 o’lchanayotgan muhit bilan ulangan. Ballonda volfram tola katod 2, to’r 3 va anod-kollektor 4 joylashgan. Katoddan chiqqan elektronlar musbat zaryadlangan anodga yaqinlashadi. Gaz bosimiga ko’ra elektronlar o’z yo’lida ma’lum miqdordagi molekulalarni ionlaydi. Ionlar kollektor orqali yig’ilib, anod toki va gaz bosimiga proporsional Jкtokini hosil qiladi:
(17.1)
bu yerda Jа — anod toki; Р — gaz bosimi; K — o’zgartgich geometrik o’lchovlariga va gaz tarkibiga bog’liq bo’lgan proporsionallik koeffitsiyenti.
17.2-rasm. Ionizatsion vakuummetr sxemasi. 17.3-rasm. Ionizatsion manometr sxemasi.
Qizdirilgan katodli ionizatsion vakuummetr orqali 133,32* 10-1dan 133,32 • 10-8Pa (10-3...10-10mm sim. ust) gacha vakuummetrlarni o’lchash mumkin. Ionizatsion manometrlar texnik asboblar sifatida ishlab chiqarish sharoitlarida Ko’llanilmaydi, lekin laboratoriyalarda keng qo’llaniladi.
17.3- rasmda radioizotop ionizatorli gaz bosimini o’lchash asbobining prinsipial sxemasi ko’rsatilgan.
Asbobning ishlash prinsipi ionizatsion kamera orqali oqadigan tokning kameradagi gaz bosimiga bog’lanishiga asoslangan. Bunday holda o’lchanayotgan bosim uncha katta bo’lmaganda va radioizotop manometrlarning o’lchami ham uncha katta bo’lmaganda zarrachaning 1 sm uzunlikdagi yo’lda eng katta ionlashtiruvchi qobiliyatiga ega bo’lgan α- nurlanishdan foydalanish samaralidir. Agar ionlashtiruvchi kamera o’lchamlari α-zarrachalar bosib o’tgan yo’l uzunligidan keskin kichik bo’lsa, unda manfiy zaryadlangan kollektorda ion toki kuchi bosimning chiziqli funksiyasi bo’ladi, ya’ni
(17.2)
bundaР— bosim; К— asbob doimiysi,
Ionizatsion kamera 2 vakuum o’tkazmaydigan g’ilof 1 ichida joylashgan, u naycha 4 yordamida bosimi (vakuumi) o’lchanishi zarur bo’lgan bo’shliq bilan bog’lanadi. Gaz radioaktiv manba 3 bilan α-zarralar orqali nurlantiriladi. Radiy, toriy, poloniy, protaktiniy izotoplari nurlantiruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Kamerada ionlar kollektori 8 joylashgan. Ta’minlash kuchlanishi o’zgarmas tok manbaidan simlar 5 orqali amalga oshiriladi. Ionlar kollektori kamera devorlariga nisbatan manfiy potensialga ega. Ion toki kuchaytirgich 6 bilan kuchaytiriladi va bosim birliklarida darajalangan asbob 7 bilan o’lchanadi. Asbob 1∙103 Pa (10-2 —10 mm simob ustuni) diapazonda absolyut bosimni o’lchashga mo’ljallangan.
Bunday manometrlar kam inerdionligi, gisterezisning yo’qligi, ko’rsatishlarni masofaga osonlik bilan uzatish va o’lchash diapazonini o’zgartirish mumkinligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |