O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK - IQTISODIYOT INSTITUTI
«SOHANING TEXNOLOGIK O’LCHASHLARI VA ASBOBLARI» fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Qarshi - 2019
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fani 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoati) va ta’limi yo’nalishi uchun bakalavr ta’limi yo’nalishi uchun katta ahamiyatga ega. Mazkur ma’ruzalar matni talabalar uchun o’quv jarayonida qo’llanma sifatida tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: “ Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi assistenti Eshqobilov.S.B
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi assistenti Aralov.G’.M
Taqrizchilar: Qarshi muxandislik-iqyisodiot instituti, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti А.R.Mallayev
Qarshi davlat universiteti “Informatika va amaliy matematika” kafedrasi dotsenti N. Eshqorayeva
Ushbu ma’ruzalar matni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining 201__ yil ____ ______ dagi ___- sonli, Neft va gaz fakulteti Uslubiy komissiyasining 201__ yil ___ ______ dagi __- sonli, institut Uslubiy Kengashining 201__ yil ___ _______ dagi ___- sonli yig’ilishlarida ko’rib chiqilib tasdiqlangan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
1-Mavzu. KIRISH. SOHANING TEXNOLOGIK O’LCHASHLARI VA ASBOBLARI TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.
Sanoat qurilmalarini zamonaviy darajasining rivojlanishi katta birlik quvvatli majmualar qo’llaniladigan texnologik jarayonlarning jadallashuvi bilan tavsiflanadi. Ko’pgina hollarda o’lchash vositalari va informatsion – boshqaruv tizimlarining ishonchliligi butun agregatning ishonchliligi bilan belgilanadi. Avtomatik nazorat va parametrlarning ishonchli qiymatlarini bilmasdan turib ular orqali jarayonlar va agregatlarni boshqarib bo’lmaydi. Jarayon va agregatlarni avtomatlashtirish va ular ustida ilmiy izlanishlar olib borishda o’lchashlar muhim rol o’ynaydi.
Oxirgi o’n yillik mikroprotsessorli texnika nafaqat ikkilamchi o’zgartirgichlarga balki bevosita texnologik obektlarga o’rnatilgan birlamchi o’zgartirgichlarga ham jadal o’rnatilayotganligi bilan tavsiflanadi. Mikroprotsessorli (intellektual) o’lchash vositalari orqali o’lchash natijalariga ishlov berish, o’zgartirish va ularni aks ettirish usullarining funksional imkoniyatlari o’zgartirilmoqda. Ushbu asboblar asosan sanoatning mikroprotsessorli boshqaruv tizimlari va ilmiy tadqiqotlarning informatsion – boshqaruv tizimlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Mikroelektron texnologiya asosida bir qator sezgir elementlar (sensorlar) ishlab chiqilgan bo’lib, ular sanoat sharoitlarida eritma va gazlarning tarkibidagi moddalarning mikrokonsentratsiyalarini nazorat qilish imkonini beradi. Ulardan foydalanib texnologik obektlarning holatini tezkor diagnostika va tahlil qilish uchun turli ko’rinishli asboblar yaratilgan.
Ma’ruza matnida o’lchash vositalarining ishlashi asos qilib olingan fizik hodisa va o’lchash prinsiplari ko’rib chiqilgan va o’lchash o’zgartirgichlari va ikkilamchi o’lchash asboblarining prinsipial sxemalari, ularning texnik tavsiflarini reglamentlashtiruvchi standartlar keltirilgan. Sanoatda qo’llaniladigan o’lchov va boshqaruv tizimlari ko’rib chiqilgan va ular yordamida informatsion funksiyalarni amalga oshirilish usullari va sifati tahlil qilingan.
So’nggi yillardagi o’lchash vositalarining ishlash prinsiplarini evolyusiyasiga nisbatan zamonaviy o’lchash vositalarining konstruksiyasini uzluksiz takomillashish tezligini yuqoriligidan kelib chiqqan holda darslikda ma’lumotlarni bayon qilish uslubi o’lchash vositalarining ishlash prinsipi va ularning prinsipial sxemalarini tahlil qilishni o’z ichiga olgan. Shundan kelib chiqqan holda o’quvchi o’lchash vositalarining konstruksiyasi, ularni o’rnatish va sozlash qoidalarini tajriba ishlarini bajarish davomida, shuningdek avtomatlashtirish vositalarini loyihalash, o’rnatish va ishlatish bilan bog’liq bo’lgan fanlarni o’zlashtirish davomida o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |