Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari» fanidan ma’ruzalar matni



Download 4,48 Mb.
bet41/54
Sana26.06.2022
Hajmi4,48 Mb.
#706748
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «sohaning texnologik o’

Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish praktikasida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o’ramli naychasimon prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko’p qo’llaniladi. Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o’lchanayotgan bosimni bir o’ramli yoki ko’p o’ramli naychasimon prujinaning elastik deformatsiya kuchi bi­lan muvozanatlashuviga asoslangan.
Aylana yoyi bo’yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir o’ramli prujina naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o’zgarishi natijasida o’zining bukilishini o’zgartiradi (14.1-rasm, a).
O’lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina deformatsiyalanadi: naycha kesimining kichik o’qi kattalashadi, katta o’qi kichiklashadi, bunda prujina bo’shashadi va uning erkin uchi 1—3 mm ga siljiydi. 5 MPa gacha bo’lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan, undan ham yuqo­ri bosimlar uchun — legirlangan po’lat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi.
Ko’rsatuvchi, o’ziyozar, signal beruvchi manometrlarning va naychasi­mon prujinali bosim o’zgartgichlarining ko’pi to’g’ri o’zgartgich qurilmalardan iborat. Ularda bosim ketma-ket sezgir elementning va u bi­lan bog’langan mexanik ko’rsatuvchi, qayd kiluvchi, kontaktli qurilmaning, pnevmatik va elektr o’zgartgich elementining siljishiga o’zgartiriladi.

1 4.2-rasm.Prujinali manometrning
kinematik sxemasi.
14.2-rasmda bir o’ramli pruji­nali manomerlarning kinematik sxemasi keltirilgan. Bosim o’zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali o’q 6 da aylanayotgan sektor 1 ga uzatiladi.
Sektorning burchakli sil­jishi tishli ilashma yordamida tribka 2 ning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o’qiga ko’rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan.
Naychaning bo’sh uchida siljish uncha katta bo’lmagani sababli, ko’pincha, ko’p o’ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko’p o’ramli (gelikoidal) naycha­simon prujinali manometrlarning ish organi olti to’qqiz o’ramli yassi naychadan hosil qilingan silind­rik spiral

1 4.3-rasm. Gelikoidal trubkasimon prujinali manometr sxemasi.
shakliga ega. Gelikoidal naychasimon pru­jinali manometrlar o’ziyozar va ko’rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo’ladi. Bu manometrlarning tuzilishi 14.3-rasmda ko’rsatilgan. Shtutser 2ga o’lchanayotgan bosim kapillyar naycha 1 orqali gelikoidal prujina 5 ga ta’sir qiladi. Prujinaning bir uchi asbob korpusiga biriktirilgan bur­chakli lineykaga, ikkinchisi esa o’q 6 bilan ulangan. Bosim ko’tarilishi bilan prujinaning erkin uchi suriladi va o’q 6 ni aylantiradi. O’qning aylanishi richag 7 va 10 orqali richag 4 ga uzatiladi hamda strelka 3 ni siljitadi. Shunday qilib, bosimning o’zgarishi uchiga pero 7 biriktirilgan strel­ka 3 ni proporsional burchakka buradi. Pero ko’rsatishlarni diagrammali qog’oz 12 ga yozadi. Qog’oz soat mexanizm va elektr yurituvchi kuch yordamida harakatga keltiriladi. Richag 7 vint 9 ni jilgich 8 bilan ta’minlangan. Vint 9 ni burab, strel­ka 3 ni u yoki bu tomonga surish mumkin.
Naychasimon prujinali manometrlar ko’rsatishlarni hisoblash, yozish, signal berish va ko’rsatishlarni masofaga uzatish uchun mo’ljallangan.
Hozir DAS pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan sistemasiga kiritilgan prujinali asboblarning katta nomenklaturasi chiqmoqda. Bu asboblar standart, pnevmatik, elektr signallardan ishlaydigan ikkilamchi asboblar va maxsus kurilmalar komplektida qo’llaniladi. Sanoatimiz 0,1 dan 1000 MPa (1 . . . 10000 kgk/sm2) gacha bo’lgan bosimlarni o’lchaydigan asboblar ishlab chiqaradi. Texnik manometr, vakuummetr va manovakuummetrlar 1; 1,6; 2,5 va 4 aniqlik klassiga ega. Namuna asboblarning aniqlik sinfi 0,16; 0,25 va 0,4.



Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish