Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet43/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
магистр)

Antarktika zoogeografik oblasti. Antarktika zoogeografik oblasti Antarktika materigini hamma tomondan o`rab oladi va u shimolga tomon 600 shimoliy kenglikgacha cho`ziladi.
Mazkur oblastda suvning yuza qatlamida hukmronlik qiluvchi past harorat Arktikaga qaraganda ham past darajada namoyon bo`ladi. Qish mavsumida suv yuzasi to`liq muz bilan qoplanadi va umuman oblast uchun doimiy muzliklar xos. Qish oylarida quyosh nurlari ko`rinmaydi. Sovuq va iliq oqimning qo`shilish joylarida suvning doimiy vertikal aralashuvi yuz beradi va bu hodisa suvning yuza qatlamlarida nisbatan qulay haroratning paydo bo`lishiga, uning kislorod bilan boyishiga va oqibatda turlar xilma-xilligining oshishiga sabab bo`ladi. Xuddi shunga o`xshash holat yer yuzasidagi turli yashash muhitlari, jumladan suv havzasining quruqlik bilan, yer yuzasining atmosfera bilan tutashgan joylarida yoki turli biogeotsenozlarning chegara mintaqalarida ham kuzatiladi. Yoz oylarida dunyo okeanidagi chegara mintaqalarda fito va zooplankton yaxshi rivojlanadi va ular ko`pchilik okean hayvonlari uchun qulay oziqa manbai bo`lib xizmat qilishi bilan bir qatorda, Arktikaning chegara rayonlarida kitsimonlarning bir necha turlari uchrashini ham ta`minlaydi.
Antarktika zoogeografik oblastida ko`pchilikni tashkil etuvchi tipik hayvon turlari va ayrim tropik turlar uchraydi. Bu oblast uchun kitsimonlardan mo`ylovli kitlarning janub va pakana kit turlari endemik sanaladi. Kurakoyoqlilarning ham ko`pchilik turlari endemiklar bo`lib, ularga quloqli tyulenlardan sivuch va janub dengiz mushugini, haqiqiy tyulenlardan esa asosan pingvinlar bilan oziqlanadigan dengiz leopardini misol qilish mumkin. Bu yerda uchrovchi Uedella tyuleni, Rossa tyuleni hamda ko`p sonda uchrovchi va nisbatan mayda krabxo`r tyulen ham endemiklardir. Mazkur oblastda doimiy uchrovchi odatdagi tyulen turlaridan yana biri nisbatan yirik bo`lgan janub dengiz filidir. Uning uzunligi 5,5 metr, massasi 2,5 tonnaga etadi.
Oblastda uchrovchi endemik qushlarga imperator pingvini, qirol pingvini, Adeli pingvini, yirik bo`ron qushi, kap kaptari va boshqa bir necha turlar kiradi. Kap kaptari kamdan-kam hollarda tropik suvlarga o`tib turadi. Subantarktikada bir necha turdagi albatroslar uchraydi. Dengiz sudralib yuruvchilari Antarktikaning o`zida va o`tkinchi suvlarida uchramaydi.
Antarktika oblastida uchrovchi baliqlar va umurtqasizlarning turlar soni kam, ammo subantarktika suvlarida ular katta biomassada uchraydi. Ularga seldsimonlardan anchousni va bir necha turdagi qisqichbaqasimonlarni (antarktika krili va boshqalar) misol qilish mumkin.
Tinch va Atlantika okeanida hamda subantarktikaning boreal suvlarida o`zaro qarindosh yoki bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tarqalgan. Bularga trigla, sardina, kilka va shu kabi boshqa turdagi baliqlarni, kurak oyoqlilardan shimol hamda janub dengiz mushuklari, shimol va janub dengiz fillari kabi o`zaro yaqin turlarni, ba`zi kit turlarini kiritish mumkin. Mazkur turlar keng maydonni egallagan tropikada uchramaydi. Bunday hodisa bipolyarlik deb yuritiladi.
Antarktika hayvonot dunyosi va uning yashash muhiti inson faoliyatidan nisbatan kam ziyon ko`rgan. Ayni vaqtda Antarktida va uning qirg`oq suvlari xalqaro qo`riqxona maqomiga ega.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish