Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazasi



Download 7,35 Mb.
bet44/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
магистр)

Dunyo okeani hayvonot dunyosining muhofazasi. Dunyo okeanining hayvonot dunyosi va ularning yashash muhitlari ham yerning quruqlik qismidagi kabi insonning turli faoliyatlaridan u yoki bu darajada ziyon ko`radi. Ayniqsa keyingi yillarda insonning dengiz hayvonlariga salbiy ta`sirlarining turlari va ko`lami kengayishi yaqqol sezilmoqda. Bunday ta`sirlar va ularning oqibatlarini o`rganish ulkan maydonni egallagan okean va dengizlarning bioxilma-xilligini, mahsuldorligini saqlab qolish, boyitish hamda muhofaza qilishning amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda dengiz hayvonlarini ovlashda zamonaviy ov qurollari va texnik asbob-anjomlardan foydalanish, suv ostidan qazilma boyliklarni qazib olish, harbiy mashqlar, turli chiqindilarning havzalarga chiqarib tashlanishi va boshqalar dengiz va okeanlardagi hayot muhitlariga, turlar xilma-xilligiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, XIX va XX asrlarda dengizlarda yashovchi mo`ynali hayvonlar soni tubdan kamaygan. Ular orasida ayniqsa dengiz qunduzlari jiddiy talofat ko`rgan va hatto ularni qirilib ketgan tur deb hisoblashgan. Ammo 1920 yillarning oxirida ular yana qayta topilgan va hozirda xalqaro bitim asosida muhofaza ostiga olingan. Havzalarning ayniqsa neft bilan ifloslanishi dengiz mushuklari uchun haqiqiy xavf tug`diradi. Muzyorar kemalarning to`xtovsiz navigatsiyasi esa kurak oyoqli hayvonlarning yashash muhitlarining buzilishida asosiy o`rinni egallashi qayd etiladi.
1954 yilda kemalardan to`kiladigan neft bilan dengizlarning ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida birinchi xalqaro Konventsiya ishlab chiqilgan. 1959 yilda AQSH ning Berkli shahrida o`tkazilgan birinchi Xalqaro Kongress ham ushbu masalaga bag`ishlangan. Albatta qayd etilgan yillarda suvning neft bilan ifloslanishi va uning oqibatlari bugungiday ko`pchilikka tanish bo`lmagan. Ammo keyingi yillarda mazkur masalaga alohida e`tibor qaratilmoqda va ayniqsa neft tashuvchi yirik kemalarning halokati tufayli tez-tez sodir bo`luvchi hodisalar minglab dengiz hayvonlarining nobud bo`lishiga olib kelishi endilikda hech kimga sir emas.
Dengiz va okeanlarda ham o`ziga xos o`z-o`zini tozalash tabiiy mexanizmi mavjud, lekin mazkur mexanizm juda ko`p miqdordagi organik va sun`iy (plastik) chiqindilarni parchalash, zararsizlantirish qobiliyatiga ega emas. Dengiz va okeanlardagi tirik organizmlarga korxonalarning oqavalari, turli chiqindilar jiddiy xavf tug`diradi. Ularning tarkibidagi zararli va zaharli moddalar dengiz organizmlarining nobud bo`lishiga olib keladi. Dengiz hayvonlarining organizmi tekshirilganda ularda mis, qo`rg`oshin, rux va zaharli simob kabi elementlar topilgan. Mazkur moddalar oziqa zanjiri orqali inson organizmiga ham o`tishi va uning salomatligiga jiddiy ziyon etkazishi mumkin.
Dengiz va okeanlar ostidan neft qazib olinadigan joylar soni hozirda 28 mingtadan oshib ketgan. 1970 yilda kemalarning halokati va boshqa sabablar tufayli dengizlarga 5-10 mln. tonna neft to`kilgan. Ayni vaqtda Xalqaro miqyosda dengiz va okeanlarni muhofaza qilish yo`nalishida turli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va bu faoliyat hozirda ham davom etmoqda.
XXI asrdan boshlab tabiiy resurslar, jumladan ayniqsa neft va gazga bo`lgan ehtiyoj, uni qazib olish yo`nalishidagi faoliyatlar yangi bosqichga ko`tarildi. Davlatlar orasidagi dunyo okeanining shelfini tadqiq etish va o`zlashtirish bilan bog`liq munosabatlarning keskinlashuvi ostida kundan-kunga zaxirasi kamayib va narxi oshib borayotgan neft hamda gaz qazib olishga bo`lgan qiziqishlar yotadi. Masalaning bunday tus olishi kelajakda dengiz va okeanlarning neft va shu kabi boshqa uglevodorodlar bilan ifloslanish ehtimollarini yanada oshishiga olib kelishi tabiiy. Bu o`rinda yoqilg`idan tejab foydalanishni yo`lga qo`yish, muqobil energiya turlarini yaratish va uni rag`batlantirish hamda Xalqaro shartnomalar asosida faoliyat yuritish o`ta dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Mazkur masalada ijobiy natijalarga erishishda xalqaro hamjamiyat va umuman keng jamoatchilik faolligini oshirish talab etiladi.

Nazorat topshiriqlari.


1. Xaritadan foydalanib dunyo okeanining zoogeografik oblastlarini toping va ularga xos ekologik xususiyatlar to`g`risida so`zlab bering?
2. Dunyo okeaniga xos bo`lgan ekologik sharoitlari va ularga nisbatan hayvonlarning moslanishlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Arktika, Boreo-Patsifika, Boreo-Atlantika, Tropik-Atlantika, Tropik-Indo-Patsifika, Antarktika zoogeografik oblastlari faunasini o`zaro qiyoslang va ulardagi asosiy hayvon turlari to`g`risida gapirib bering?
4. Dunyo okeanidagi zoogeografik oblastlar faunasini qiyoslang va tahlil qiling?
5. Inson faoliyatining dunyo okeani faunasiga ta`sirini, uning oqibatlarini misollar bilan tushuntiring?
6. Dengiz va okean faunasini muhofaza qilish bo`yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
7. Dunyo okeani faunasining quruqlik faunasidan farqi va uning sabablari nimalardan iborat?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI


ZOOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI



ZOOGEOGRAFIYA fani


amaliy mashg‘ulotlaridan


USLUBIY ISHLANMALAR



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish