Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


Tropik–Atlantika zoogeografik oblasti



Download 7,35 Mb.
bet42/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
магистр)

Tropik–Atlantika zoogeografik oblasti. Tropik–Atlantika zoogeografik oblasti Atlantika okeanining ekvator bo`ylab ikkala tomonida joylashgan havzalarni o`z tarkibiga oladi. Oblastga Atlantika okeanidan tashqari, O`rta Yer, Sargassov, Karib dengizlari va Meksika ko`rfazi ham kiradi. Bu yerda suvning yuza qatlamida doimiy yuqori harorat hukmronlik qiladi hamda suvning yuza va chuqur qatlamlaridagi harorat sezilarli darajada farq qiladi.
Amerikaning sharqiy qismida qirg`oq mintaqasi ancha keng maydonni egallaydi. Oblastdagi deyarli barcha akvatoriyalar okean sho`rlanishiga ega bo`lib, bu holat hayvonot dunyosining xilma-xil bo`lishiga olib keladi.
Mazkur oblastda bir necha turga mansub kitsimonlar (kashalotlar, kosatkalar) tarqalgan, ammo mo`ylovli kitlar deyarli uchramaydi. Oq qorinli tyulenlar va sirenlar turkumiga mansub bo`lgan lamontinalar endemiklar sanaladi. Tropik suvlarda uchrovchi kurakoyoqlilar turkumiga mansub bo`lgan fregat qushlari doimiy odatdagi turlardan biridir. Bermud orollarida nayburunli qushlar turkumiga mansub bo`lgan okean qushlaridan faetonlar uya qurishadi. O`rta Yer dengizi baliqchi qushi ham xarakterli turlardan sanaladi.
Tropik–Atlantika oblasti uchun endemik bo`lgan sudralib yuruvchilarga qachonlardir juda ko`p sonda Antil orollarining qirg`oqlarida yashagan nomdor dengiz yashil toshbaqasi kenja turi kiradi. Bu erda akula va skatlarning ko`p turlari tarqalgan. Uchuvchi baliqlar, ya`nisargansimonlar turkumiga mansub bo`lgan endemiklar 16 turdan iborat. Baliqlarning turli taksonomik birliklarga mansub turlari, jumladan dengiz okunlari va marjon baliqchalarning bir qanchasi endemik turlardir. Endemiklarga O`rta Yer dengizi murenasi, daryo ugori (faqat Sorgass dengizida ko`payadi), bir necha turdagi dengiz nina baliqlari va dengiz otchalarini ham misol qilish mumkin. Oblastda boshqa joylarda ham tarqalgan qisqichbaqasimonlar (krevetka, langust, omar, krab), mollyuskalar, ninaterililar va boshqa dengiz umurtqasizlari uchraydi.
Tropik–Indo–Patsifika zoogeografik oblasti. Tropik–Indo–Patsifika zoogeografik oblasti dunyo okeanining zoogeografik oblastlari ichida eng yirigi sanaladi. Uning tarkibiga asosan 400 shimoliy va 400 janubiy kenglikdagi havzalar, ya`ni butun Hind okeani, Tinch okeanining tropik suvliklari hamda Janubi–Sharqiy Osiyo va Avstraliya oralig`idagi dengizlar kiradi.
Mazkur oblastdagi yashash sharoitlari ko`proq Tropik–Atlantika oblastiga o`xshab ketadi, ammo Tropik–Indo–Patsifikaoblastida qirg`oq mintaqasi juda katta maydonni egallaydi. Qirg`oq mintaqasining katta maydonlari ayniqsa Janubi–Sharqiy Osiyo va Avstraliya oralig`ida, Hind okeanida, Melaneziyada va Tuamotu arxipelagida uchraydi.
Bu oblastda akula va skatlar ko`pchilikni tashkil etadi. Uchuvchi baliqlarning 40 taga yaqin turlari endemiklardir. Bir necha turdagi tunets baliqlari, arra baliq, yelkanli baliqlar va uzunligi 5 metr, og`irligi 700 kg ga etadigan marlin baliqlari ham mazkur oblast uchun xos turlardir. Ayniqsa marjon riflari biotsenozlarida marjon baliqlari, turli tip va sinflarga mansub umurtqasizlar faunasi yaxshi taraqqiy etgan.
Oblastda sudralib yuruvchilardan dengiz toshbaqalari bilan birga dengiz ilonlari ham uchraydi. Ulardan kurak dumli ilonlar va yassi dumlilar avlodlarining ayrim turlari endemiklar sanaladi.
Qushlardan fregatlar va faetonlar xarakterlidir. Amerika qirg`oqlarida Antarktidadan kelib qolgan turlardan sanalgan pingvinlar (endemik galapagos pingvini) uchraydi. Bu yerda albatroslarning ayrim turlari (qora yelkali albatros) tarqalgan. Uchib o`tishda ingichka tumshuqli bo`ron qushi qayd etiladi. Peru qirg`oqlaridagi Chinchu orollarida baliqxo`r qushlarning uya quruvchi yirik koloniyalari joylashgan. Bunday koloniyalarda saqoqush, qoravoy va olushalar millionlab uya qurishadi.
Sut emizuvchilardan sirenlar turkumiga mansub dyuganlar (Hind okeani, Zond arxipelagi dengizlari, shimoliy Avstraliya) endemiklar sanaladi. Ko`payish mavsumida kashalotlar bu yer uchun doimiy uchraydigan odatdagi turlardan biridir. Oblast akvatoriyasida bir necha turdagi old delfinlar va kulrang delfin doimiy yashaydi. Kosatka ham mazkur oblastga xos turlardan sanaladi. Tropik–Indo–Patsifika oblastida kurak oyoqlilar uchramaydi. Faqat Janubiy Amerikaning janubi-g`arbiy qirg`oqlarida janub dengiz fillarining yotoqlari qayd etiladi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish