Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet39/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
магистр)

Arktika zoogeografik oblasti. Arktika zoogeografik oblasti Shimoliy qutb atrofida joylashgan bo`lib, to`liq Shimoliy muz okeanini va bu erdagi barcha dengizlarini o`z tarkibiga oladi. Faqat Barents dengizining iliq oqimga ega bo`lgan janubi-g`arbiy qismi bu oblastga tegishli emas. Mazkur oblastga Oq dengiz va Gudzonov ko`rfazi ham kiradi.
Arktika zoogeografik oblasti tarkibidagi havzalarning suv harorati doimo past bo`ladi va qish oylarida esa deyarli to`liq muz bilan qoplanadi. Hatto yoz mavsumida ham akvatoriyadagi keng maydonlarda suzib yuruvchi muzliklar uchraydi. Oblastga tegishli dengizlarga yirik daryolar kelib quyiladi. Shimoliy dengizlarning ko`pchiligi boshqa dengizlardan farq qilib uncha chuqur emas, suvdagi tuz miqdori okeandagi o`rtacha tuz kontsentratsiyasidan past. Mazkur oblastning hayvonot dunyosiga insonning salbiy ta`sir etish darajasi ham nisbatan past. Ammo uzoq muddat va faol ov qilish Shimoliy muz okeanida yashovchi ayrim hayvonlarning sonini kamayishiga olib kelganligi to`g`risida ma`lumotlar bor.
Arktika oblastining hayvonot dunyosiga xos bo`lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: yashash muhitidagi mavjud ayrim noqulayliklar sababli turlar xilma-xilligi kam; qish mavsumida muzlarning harakatlanishi qirg`oq mintaqasidagi organizmlarni mexanik nobud qilganligi sababli bu yerda tipik qirg`oq hayvonlari deyarli uchramaydi; dengizlarning sayozligi sababli suv ostidagi va uning yuzasidagi harorat orasidagi tafovut kam va shu sababli vertikal bo`yicha faunistik tarkib ham kam o`zgarishga ega; turlar soni kam bo`lishiga qaramasdan, hayvonlarning umumiy biomassasi va ayrim turlarning zichligi juda yuqori ko`rsatgichga ega. Bu holat yoz oylaridagi uzluksiz yorug`lik tufayli fitoplanktonning jadal rivojlanishi va ular bilan oziqlanuvchi hayvonlar soni va albatta biomassasining oshishi bilan bog`liq.
Arktika zoogeografik oblastida turli taksonlarga tegishli bo`lgan endemik turlar juda ko`p. Sut emizuvchilardan oq ayiqlar bunga misol bo`la oladi. Oq ayiqlar suzib yuruvchi muzliklar va qirg`oq mintaqasining doimiy yashovchi turlaridan sanaladi. Endemiklarga kitsimonlarning bir necha turlari (qutb yoki grenlandiya kiti, beluxa va norval delfinlari)ni, kurak oyoqlilardan morjlar va xoxlach tyulenlarini ham misol qilish mumkin.
Oblast uchun xos bo`lgan qush turlariga kayra, chistik, tupik, qutb chigirtchisi, burgomistr baliqchi va boshqalarni kiritish mumkin. Endemiklardan gagara va oq baliqchi turlari tarqalgan.
Baliqlardan lasossimonlar turkumining ayrim turlari (semga, golets) keng tarqalgan. Treskasimonlardan sharq treskasi, sayka, omul va chir yoki shokur Arktika oblasti uchun endemik sanaladi. Oblast uchun tipik va endemik bo`lgan ko`pgina hayvon turlari kam sonda uchraydi. Ularni muhofaza qilish maqsadida davlat miqyosida va xalqaro shartnomalar asosida chora-tadbirlar qo`llanilmoqda. Uzoq yillardan buyon qutb basseynidagi barcha davlatlar tomonidan oq ayiqlarni muhofaza qilishga qaratilgan o`zaro shartnoma amal qilib keladi. Xalqaro shartnomaga asosan grenlandiya kitini ovlash ham ta`qiqlab qo`yilgan.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish