Nazorat uchun savollar:
1.O`zbekistonda turlar bioxilma-xilligida hayvonot dunyosi qanchani tashkil qilishini tahlil qilib bering.
2.O`zbekiston qaysi zoogeografik oblastga mansubligini tahlil eting.
3.O‘zbekistondagi landshaftlar misolida hayvonlar tarqalishini yoritib bering.
Talabaning mustaqil ishi
O‘zbekistonning hayvonot dunyosi va uning o‘rganilish tarixi.
7 – amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Fauna tarkibida turlar sonini turli zoogeografik oblastlar va O‘zbekistondagi landshaftlar misolida o‘rganish. O’zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kontur xaritalarga tushurish (davomi)
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda fanning ma’ruza qismida dasht, chala cho‘l va chol zonasi mavzusi bo‘yicha olgan bilimlarni mustahkamlash, dasht, chala cho‘l va chol zonasining Yer yuzida egallagan maydonlarini aniqlab, uni xaritadan ko‘rsata olish va bu zonaga xos o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumot berish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kerakli o’quv materiallari: Dunyo hayvonot olami xaritasi, globus, dunyo siyosiy xaritasi, rangsiz xarita, rangli qalamlar va boshqalar.
Umumiy ma’lumot. biologik xilma-xillikni saqlab qolish va uni kelgusi avlodlarga bus-butunligicha etkazishda xalqaro amaliyotda keng joriy etilgan, maqsadi va maqomi bo`yicha o`zaro farq qiluvchi muhofaza qilinadigan hududlar alohida ahamiyatga ega. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda 1995 yilgacha muhofaza qilinadigan hududlarning umumiy maydoni respublika umumiy maydonining 2% ni tashkil etgan. Yuqorida qayd etilgan Milliy strategiya va Harakatlar rejasida ushbu maydonni yana kamida 5 barobarga ko`paytirish, ya`ni 10% ga etkazish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan edi. Ushbu yo`nalishda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida muhofaza qilinadigan maydonlar ko`lami ayni paytda 5,2% ga o`sdi.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda 8 ta davlat qo`riqxonalari (Chotqol, Zomin, Nurota, Hisor, Kitob, Surxon, Zarafshon, Qizilqum), 2 ta milliy tabiat bog`lari (Ugom-Chotqol milliy tabiat bog`i, Zomin milliy tabiat bog`i), 1 ta davlat biosfera rezervati (Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati), 12 ta buyurtmaxona, 7 ta davlat tabiat yodgorliklari mavjud.
Ma`lumki, O`zbekiston hududining asosiy qismini tekistliklar–cho`llar egallaydi. Cho`llarda shakllangan ekologik sharoit tirik organizmlarning yashashi uchun bir qator noqulayliklarga ega. Shunday bo`lishiga qaramasdan, tekistliklardagi tabiiy va sun`iy yo`llar bilan shakllangan suv havzalari va ularning atrofidagi ekologik muhit qator turlarning yashashi uchun qulayliklarga ega. Ekotizimlarining barqarorligi juda zaif bo`lgan cho`l mintaqasida amalga oshiriladigan har qanday bunyodkorlik faoliyati turlar sonining kamayishiga, tur areallarining o`zgarishiga va ba`zi antropogen ta`sirlarga chidamsiz turlarning bu yerlarni tark etishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |