Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet54/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
магистр)

Nazorat uchun savollar:
1.Areal to’g’risida ma’lumot bering.
2.Areal ko`lamiga xos bo`lgan xususiyatlarni arealda tarqalgan turlarning ekologik valentligi, tarqalish qobiliyati, yoshi, turning yangi formalar hosil qilish qobiliyati kabi qator omillar bjg’liqligini asoslab bering.
Talabaning mustaqil ishi
Zoogeografik oblastlar faunasini o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilish (Efopiya zoogeografik oblasti). Zoogeografik oblastlar faunasini o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilish (Avstraliya zoogeografik oblasti). Zoogeografik oblastlar faunasini o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilish (Dunyo okeanining zoogegrafik oblasti).


9 – amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ареал типлари (davomi)
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda fanning areal tiplari yaxlit, dog‘li va uzilgan areallar, sirkumpoyar, sirkumboreal, lentasimon, hamkor yoki qo‘shilgan areallar, dizyunksiya hodisasi, arealda hayvonlarning tarqalishi, areal chegaralarini belgilovchi abiotik omillarni alohida tur areallari misolida bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli o’quv materiallari: Dunyo hayvonot olami qoplami xaritasi, globus, dunyo siyosiy xaritasi, rangsiz xarita, rasm daftar, rangli qalamlar va boshqalar.
Umumiy ma’lumot. Areallarni turli tiplarga ajratishda qator ko`rsatkichlarga, jumladan arealning hajmi va umumiy tuzilishiga e`tibor qaratiladi. Odatda areallar yaxlit, dog`li va uzilgan areal tiplariga ajratiladi.
Mashg‘ulotning borishi
1. Yaxlit areallar. Bunday areallarni hosil qiluvchi turlar areal maydonining deyarli barcha qismida tarqalgan va bir-biriga juda bog`liq bo`ladi. Yaxlit areal tipining quyidagi turlari farq qilinadi:
a). Tsirkumpolyar areallar. Bu kabi areallar yuqori kengliklarda uchraydi va globusda xaritalashtirilganda yaqqol ifodalanadi. Bunday areallar qutb hayvonlari uchun xos bo`lib, oq ayiq, shimol bug`usi, arktika qushlari tsirkumpolyar areallarni hosil qiladi. Mazkur areallarda muhit sharoitlari o`xshash bo`lib, ular asosan Arktika hayvonlari uchun xosdir.
b). Tsirkumboreal areallar. Bu turdagi areallar shimoliy yarim sharning janubiy qismida shakllanadi va taygada yashovchi los, rosomaxa hamda lochinsimon yapaloqqushlarga xosdir. Tsirkumboreal areallarni tropik guruhga mansub hayvonlar (tropikopolitlar) hamda okeanlarda yashovchi hayvonlar ham hosil qiladi. Quruqlikda tsirkumboreal areallar yuqori sistematik taksonlar (oilalar, turkumlar) uchun xos bo`lib, to`tiqushlar areali bunga tipik misol bo`la oladi.
s). Lentasimon yoki cho`ziq areallar. Bu xildagi areallar ekologik omillar tufayli arealning cho`zilishi natijasida paydo bo`ladi. Ular suv va suv oldi hayvonlari uchun xos bo`lib, chuchuk suv baliqlarining areallari bunga yaqqol misol bo`ladi. Amudaryo va Sirdaryoda uchraydigan osyotrsimonlarga mansub bo`lgan soxta kurak burun baliqlar cho`ziq areallarni hosil qiladi
d). Hamkor yoki qo`shilgan areallar. Bunday areallar ikki va undan ortiq turlarning o`zaro biotik munosabatlari natijasida shakllanadi va shu asosda hamkor yoki qo`shilgan areal deb yuritiladi. Bunday arealning chegaralari o`zaro hamkorlikda yashovchi turlar areali chegaralari bilan aniqlanadi. Ayniqsa turlar orasidagi trofik munosabatlar bu turdagi areallarning shakllanishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Hamkor yoki qo`shilgan areallar yirtqich – o`lja yoki parazit – xo`jayin tipidagi munosabatlar natijasida shakllanadi. Jumladan, yo`lbars va yovvoyi cho`chqa orasida hamda suvsar va olmaxon orasida yirtqich – o`lja tipidagi, oleandr kapalagi va oleandr o`simligi, afrika palma burguti va palma daraxti, kedrovka qushi va kedr daraxti orasida fitofag – o`simlik tipidagi trofik munosabatlar kuzatiladi. Parazit–xo`jayin tipidagi munosabatda agarda parazit faqat bir turda parazitlik qilishga moslashgan bo`lsa, parazitning areali uning xo`jayini areali bilan bir xil chegarani egallaydi. Bunga bezgak paraziti, qoramol gelmintlari, tse-tse pashshasi, parazit kanalar va boshqalar yaqqol misol bo`ladi. Xuddi shunday monofaglar ularning yagona oziqasi sanalgan o`simliklar o`sadigan joylardagina uchraydi xalos. Ammo monofaglarning areali uning oziqasi bo`lgan o`simlik arealidan kichik bo`ladi, chunki hayvonlarning tarqalishida birgina omil , ya`ni oziqagina hal qiluvchi o`rin egallamaydi, bu yerda boshqa omillar ham (harorat, boshpana, turli biotik munosabatlar va boshqalar) o`z ta`sirini o`tkazadi. Yaxlit arealning yuqorida ko`rib o`tilgan turlari hayvon turlarining tarqalishi ekologik sharoitlarga uzviy bog`liqligidan dalolat beradi. Yaxlit areallarning shakli yashash sharoitlarining bir xilligi va o`xshash bo`lishi bilan bog`liq. Ch. Darvin fikricha, har bir tur yoki sistematik guruh umumiy bo`lgan o`zak turdan kelib chiqadi va bitta hududda paydo bo`ladi. Bunga monofiletik kelib chiqish deyiladi. Keyinchalik tur populyatsiyasi qo`shni hududlarga tarqaladi va uning areali kengayadi. Yuqoridagilar asosida yaxlit areal birlamchi areal deb yuritiladi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish