Nazorat uchun savollar:
1.O‘zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tavsiflab bering.
2. O‘zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot olami to’g’risida ma’lumot bering.
3. O’zbekiston Qizil kitobi to’g’risida ma’lumot bering.
Talabaning mustaqil ishi
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlar va ularning tarqalish areallarini tahlili.
11– amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Dunyo faunistik hukumronliklari. Paleogey hayvonlar hukumronligi.
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda Dunyo faunistik hukumronliklari. Paleogey hayvonlar hukumronligi hududlarni kontur xaritalarga tushirish va mavzu yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli o’quv materiallari: Dunyo hayvonot olami xaritasi, globus, dunyo siyosiy xaritasi, rangsiz xarita, rasm daftar, rangli qalamlar va boshqalar.
Umumiy ma’lumot. Dunyo okeaniga tegishli har qanday zoogeografik oblastning qirg`oq mintaqasida turlar xilma-xilligi va hayvonlar biomassa yuqori bo`ladi. Bunday xususiyat mazkur mintaqada yorug`lik, kislorod va biogen materiallar (minerallar)ning nisbatan ko`pligi bilan tushuntiriladi. Yorug`lik, kislorod va biogen materiallar qirg`oq mintaqasida o`simliklarning va ular bilan bog`liq holda hayvonlarning yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. Mazkur mintaqa plankton, nekton va bentos kabi har uchala kompleksga tegishliturlarning uchrashi va rivojlanishini ta`minlaydi. Zoogeografik oblastlarning fauna tarkibi o`zaro solishtirilganda, qirg`oq mintaqalarining fauna tarkibi juda xilma-xil bo`lishi va ular bir-birlaridan katta farq qilishi aniqlanadi. Albatta bu o`rinda turlar xilma-xilligining qirg`oqdagi yashash muhitiga hamda qirg`oqning antropogen ta`sirlarga berilganlik darajasiga bog`liqligini ham inobatga olish zarur.
Mashg‘ulotning borishi
Pelagial mintaqada substratning yo`qligi sababli bentos organizmlar uchramaydi. Bu mintaqada o`simlik va hayvonlarning tarqalishi asosan qirg`oq mintaqasidan yoki okean tubidan biogen materiallarni oqizib keluvchi oqimlarga bog`liq bo`ladi. Abissal mintaqada (bu mintaqaga yorug`lik nurlari yetib bormaydi) hayvonlarning yashash sharoitlari og`ir. Bu mintaqada yorug`likning yo`qligi, bosimning yuqoriligi, haroratning pastligi va kislorodning tanqisligi o`simliklarning uchramasligiga, hayvonlar tur tarkibi va zichligining past bo`lishiga, turlarda o`ziga xos moslanishlarning shakllanishiga hamda relikt formalarning ko`pligiga sabab bo`lgan.
Okean faunasining tarixiy shakllanganligi, okeanning yirik quruqlik orqali qismlarga ajralganligi, suv yuzasidagi haroratning havzaning geografik o`rniga bog`liqligi dunyo okeanini oltita zoogeografik oblastga ajratish uchun asos bo`ladi. Bu oblastlar quyidagilar: Arktika, Boreo-Patsifika yoki Shimoliy-Tinch okeani, Boreo-Atlantika, Tropik-Atlantika, Tropik-Indo-Patsifika va Antarktika
Do'stlaringiz bilan baham: |