Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet20/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Bog'liq
магистр)

Fauna tarkibi. Endemizm. U yoki bu regionning fauna tarkibi tarixiy rivojlanish jarayonida turli guruhlarga mansub hayvonlardan tashkil topadi. Ba`zida bunday guruhlar turli tarixiy davrlarda mazkur hududga boshqa regionlardan kirib keladi. Faunistik majmualarning kelib chiqishini aniqlash va ayniqsa alohida turlarning fauna tarkibiga qayerdan kelib qolganligini tushuntirish juda murakkab, ba`zida esa buning imkoni ham yo`q. Shu sababli, bir nechta turlarning bitta faunistik majmuaga tegishliligi, birinchi navbatda ularning areallarini o`zaro muvofiqligi, o`xshashligi bilan tushuntiriladi. Har bir fauna tarkibidagi faunistik majmualar turli fizik va geografik sharoitlarga, landshaftlarga, o`simlik jamoalariga moslashganligi bilan o`zaro farq qiladi. Shunga ko`ra, tundra, tayga, o`rmon, dasht, chala cho`l, cho`l va boshqa faunistik majmualar o`zaro farqlanadi. Muayyan faunani tashkil etuvchi faunistik majmualar soni turlicha bo`lishi mumkin. Dasht mintaqasining faunasini bu joyda dominantlik qiluvchi dasht faunistik majmuasi, kosmopolit turlar majmuasi, o`rmon va cho`l majmualarining ayrim faunistik elementlari tashkil etadi.
Amaliyotda fauna tur tarkibining ro`yxati to`liq berilgan birorta ham faunistik tadqiqotlar uchramaydi. Buning sababi, birinchidan, hatto nisbatan kichik va ekologik jihatdan ma`lum darajada bir xil bo`lgan hududda turli tuman hayvon turlarining uchrashi, ikkinchidan, sohada mutaxassislar, ya`ni sistematiklarning yetishmasligidir. Shu asosda fauna tarkibini to`liq o`rganish o`rniga faqat bir yoki bir nechta hayvon guruhlarini o`rganish bilan cheklanishga to`g`ri keladi (ornitofauna, ixtiofauna, entomofauna va hokazo).
Ma`lumki, har qanday fauna muayyan sistematik tarkibga ega bo`lib, fauna tarkibi haqida fikr yuritish va uni boshqa faunalar bilan solishtirish uchun barcha hayvon guruhlari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish lozim. Fauna tarkibini aniqlash uchun turli sistematik birliklarning miqdoriy nisbatlarigina emas, balki faunaning geografik tahlili, ya`ni uning tarkibiga kiruvchi turlarning tarqalishidagi o`xshashlik va farqlarni aniqlash juda muhim. O`xshash tarqalishga ega bo`lgan turlar faunaning geografik elementlari deb ataladi. Tarqalish xarakteriga mos ravishda bunday elementlar muayyan nomga ega bo`lishadi, masalan, shimoliy, janubiy, sharqiy va g`arbiy geografik elementlar. Bunday nomlar faqat oblast faunasini geografik tahlil qilish uchun qo`llaniladi. O`rta Osiyo faunasi elementlarining tarqalish xususiyatini xarakterlash uchun O.L.Krijanovskiy (1975) quyidagi terminlarni qo`llagan: endemik, subendemik, O`rta Yer dengizi, O`rta Osiyo, Palearktika va boshqalar. Bu sohada adabiyotlarda quyidagi terminlar ham keng qo`llaniladi: Yevropa-Sibir, Sharqiy-Sibir (Angar), Markaziy Osiyo, Boreal va boshqalar. Shunday qilib, faunani geografik tahlil etish unga kiruvchi turlarning tarqalish tipi haqida ma`lumot beradi. Ammo fauna haqida to`liq tushunchaga ega bo`lish uchun bu yetarli emas. Bu o`rinda turlarning kelib chiqish ehtimollarini, ularni qanday qilib fauna tarkibida paydo bo`lganini aniqlash juda muhim. Mazkur masalalar faunani tarixiy, ya`ni genetik tahlil qilish orqali hal etilishi mumkin. Bu nafaqat turning, balki avlodlarning areallarini o`rganish asosida o`z yechimini topadi. Buni amalga oshirishda dastlab o`rganilayotgan hududda faunaning qaysi elementlari paydo bo`lganligi va qaysilari boshqa markazlardan tarqalish oqibatida kirib kelganligi masalalarini hal etish talab etiladi.
O`rganilayotgan hudud chegarasida tur sifatida paydo bo`lgan va shu yerda yashayotgan fauna elementlariga avtoxton elementlar, o`rganilayotgan hududga boshqa xududlardan kirib kelgan fauna elementlari esa alloxton elementlar (immigrant turlar) deyiladi.
Faunaga xos bo`lgan asosiy xususiyatlardan biri endemizmdir. Qandaydir muayyan oblastdagina uchraydigan va boshqa hech qayerda uchramaydigan tur, avlod va boshqa toksonomik birliklar endemik sistematik birliklardeb ataladi. Nisbatan keng tarqalgan turlar faunalar orasidagi aloqalarni, endemiklar esa aksincha, faunalarning bir-biridan tubdan alohidalashganligini ifodalaydi. Endemizm foizi orol faunalarida va tog`lik hududlarda nisbatan yuqori bo`lib, buning asosiy sababi geografik alohidalanishdir (izolyatsiya). Chunki geografik izolyatsiya tur hosil bo`lish jarayonining zaruriy shartidir. Turning barcha belgilari geografik o`zgaruvchanlikka moyil bo`lib, o`z navbatida bunday vaziyat tur genofondining o`zgarishiga va populyatsiyaning genetik qayta qurilishiga olib keladi, natijada yangi tur shakllanadi. Qo`ng`izlarning Carabus avlodi Mustaqil davlatlar hamdo`stligining Yevropa qismidagi tekisliklarda 30 turdan iborat bo`lib, O`rta Osiyo tog`liklarida esa yuzlab turlarni hosil qiladi va ularning barchasi endemikdir. Yuqoridagilar tog`larda endemiklarning paydo bo`lishi uchun qulay sharoitlar mavjudligini ko`rsatadi. Shu bilan birga, endemiklarning mo`lligi faunaning shakllanishi uzoq muddatni egallaganligidan ham dalolat beradi. Ko`pchilik faunalar tarkibida esa deyarli endemik taksonlar ya`ni subendemiklar uchraydi. Avstraliya faunasida xaltali sut emizuvchilarning 8 ta endemik oilasi, qushlarning 100 ta endemik avlodi uchrasa, Neotropika faunasida sut emizuvchilarning 17 ta, qushlarning 26 ta endemik oilalari, Palearktikada esa sutemizuvchilar va qushlarning bittadan oilalari endemiklar sanaladi.
Evolyutsion nuqtai nazardan, endemik turlarning ikki xil kategoriyasi, ya`ni paleoendemiklar (relikt endemiklar) va neoendemiklar (progressiv endemiklar) farqlanadi. Paleoendemiklarga qadimda areali keng bo`lgan, hozirda esa faqat tor arealda va bir joydagina saqlanib qolgan hayvon turlari kiradi. Relikt endemik avlodlar ko`pincha bir nechtagina yoki bitta turdan tashkil topadi (monotipik avlod). Relikt endemiklarga Yangi Zelandiyada yashaydigan gatteriya yaqqol misol bo`la oladi. Paleoendemiklar juda qadimiy turlar bo`lib, ular o`tmishda yer tarixining geologik epoxalarida shakllangan va odatda bir vaqtlar keng tarqalgan guruhlarga tegishlidir. Ayni vaqtda ularning areali dastlabki arealining faqatgina bir qismini egallaydi xolos. Paleoendemiklarning yashab qolish imkoniyati juda cheklangan va ularning ko`pchiligi yo`qolib ketish arafasidagi turlardir. Neoendemiklar fauna tarkibida yaqinda paydo bo`lgan va hali birlamchi arealidan tashqariga tarqalishga ulgurmagan yosh tur va avlodlardan tashkil topadi.
Endemiklarning yoshini aniqlash ancha murakkab bo`lib, buning uchun paleontologik materiallarni tahlil qilish talab etiladi. Bunda o`rganilayotgan tur tegishli bo`lgan guruh sistematik jihatdan tahlil etiladi. Odatda, tuban belgilarning saqlanib qolganligi turning qadimiyligidan, aksincha belgilarning rivojlanganligi esa turning yoshligidan dalolat beradi. Ammo har doim ham bunday natijalarga erishib bo`lmaydi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish