Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet18/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
магистр)

4. Notog‘ey hayvonlar xukmronli – bu xukmronlik hududiga janubiy Amerikaning Patagoniya kismi, olovli yerlar orollari, Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiya hududlari kiradi. Bu xukmronlikni orollar xukmronligi deyish mumkin. Bu xukmronlik iqlim sharoiti va hayvonlarning xilma-xilligiga kura 3 ta oblastga bulinadi.
1. Avstraliya oblasti
2. Yangi Zelandiya oblasti
3. Patagoniya yoki Galantarktik oblasti
1. Avstraliya oblastiga – Avstraliya materigi bilan Tasmaniya va uning atrofidagi bir necha mayda orollar kiradi. Avstraliyaning iqlimi xilma-xil (cho‘l, savvana) shuning uchun hayvonot dunyosiga xam boy. Eng muxumi bu materik hayvonlari, boshka materik hayvonlariga nisbatan yaxshi izolyatsiyalangan. Natijada bu yerda kadimgi hayvonlar kuplab uchraydi. Bunday hayvonlardan bir teshikliklar, xaltali sut emizuvchilar eng mashxurlari xisoblanadi. Bir teshikli hayvonlar juda kadimgi hayvonlar bulib, bularga masalan: urdak burunlar, xaltaliylardan nanbatlar, kengurular, xaltali chumolixurlar, vambatlar, va eng mashxuri xaltali ayik (koola), xaltali burilar, xaltali krotlar, xaltali shaytonlar, xaltali tushkanlar (qushoyok) va boshka xaltali hayvonlar yashaydi. Yirtkichlari asosan kulkanotlilarni bir necha vakillari xamda dingo itlari, qushlarldan avstraliya tuyaqushlari, kakadu qushlari, rozella qushlari kuplab uchraydi. Sudralib yuruvchilardan ilonsimon toshbaka, turli gekkonlar, agamalar, kalkonli echkiemar, kur ilonlar kup tarkalgan. Ujsimonlardan aspidlarning bir necha turi bor. Gadyukalardan zaxarli yulbars ilon kuplab uchraydi. Bakalarning bir necha turi mavjud. Umurtkasisizlardan xashoratlarning bir necha turlari bor.
2. Yangi Zelandiya faunistik oblasti – bu oblast hududiga Yangi Zelandiyaning shimoliy va janubiy kismlari kiradi. Uning atrofidagi Oklend, Chatem, Kermadek orollari kiradi. Hayvonot dunyosiga uchnalik boy emas.
3. Patagoniya yoki Galantarktik oblasti – bunga Patagoniya, Antarktida materigi orollari bilan kiradi. Sut emizuvchilardan pingvinlar, ok ayik, buri, tulki, kurapatka, fazanlar kup uchraydi.
Hayvonlarning tarqalishiga g‘ov bo‘luvchi to‘siqlarni shartli ravishda fizikaviy za ekologik turlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to‘siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik hududlarini misol qilish mumkin. Suv hayvonlari uchun esa chegara-to‘siq vazifasini quruqlik hududlari bajaradi.
Darlingtonning (1966) ko‘rsatishicha, hayvonlarning tarqalishida asosiy rolni masofa o‘ynaydi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning yangi hududlarni egallashida daryolar muhim ahamiyatga ega. Yirik daryolar ko‘pincha hayvonlar tarqalgan hududlarni bo‘laklarga bo‘ladi va asosiy g‘ov bo‘lib hisoblanadi. Amazonka 50 turdagi qushlarning tarqalishi chegarasi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari yuzlab hasharotlar va boshqa turlar ham mazkur chegara orqali o‘z areallarini shakllantirishadi. Volga daryosi o‘zining quyi oqimida bir tomondan cho‘l va dashtda yashovchi sut emizuvchilarning g‘arbiy chegara hududi bo‘lib hisoblanadi (sariq yumronqoziq, eversmann xomyagi, yerqazar). Ikkinchi tomondan ko‘rsichqon, holdor yumronqoziqning sharqiy tarqalish areallarini chegaralaydi. Xuddi shunday faunistik chegara rolini Dnepr daryosi havzasida ham ko‘rish mumkin. Uning o‘ng qirg‘og‘ida krot, xoldor yumronqoziq, yashil kaltakesak tarqalgan, chap qirg‘og‘ida esa dasht zonasi shakllangan bo‘lib, unda yuqorida qayd qilingan turlar uchramaydi. S.I. Medvedev (1932) hisoblariga ko‘ra, Dnepr daryosi g‘arbga tomon taxminan 40 turdagi hasharotlarning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Kelson (1951) ma’lumotlariga qaraganda, Kolorado daryosi kemiruvchilarning tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi aoosiy g‘ov bo‘lib hisoblaiadi. Daryoning ikkala tomonidagi ekologik sharoitlar o‘xshash, ammo daryo turlarning tarqalishiii cheklaydi. Ko‘pchilik hollarda daryolar turlarning tarqalishida, ularning yangi xududlarda o‘rnashib olishlarida ham muhim ahamiyatga ega. Daryolar o‘zlarining qirg‘oqlarida o‘ziga xos yashash muhitlarining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ularning irmoqlarida shakllangan ko‘llar, suv omborlari o‘ziga xos fauna elementlari bilan boyib boradi. Jumladan, O‘rta Osiyoning cho‘l landshaftlarini kesib o‘tuvchi Amudaryo va Sirdaryo kabi suv havzalarining qirg‘oklarida shakllangan to‘qayzorlar, yirik-mayda ko‘llar mazkur hududlarning tabiiy ekologik sharoitlarida. hayvonot dunyosining tur tarkibi va zichligida tub o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. To‘qayzorlarda turli-tuman umurtqalilar (yovvoyi mushuklar, bo‘rsiq, yapaloqqushlar, qirg‘ovul, zag‘izg‘on va boshqalar) va umurtqasizlar faunasi shakllangan. Cho‘l zonasini kesib o‘tuvchi daryolar, yirik kanallar bir tomondan hasharotlar, sudralib yuruvchilar va boshqa to‘siqlarni yengib o‘tishi qiyin bo‘lgan hayvonlarning areallarini bo‘laklarga ajratib yuborsa, ikkinchi tomondan ayrim madaniy zonalarni bir-biriga bog‘lovchi "ko‘prik" vazifisini ham o‘taydi. Natijada ayrim turlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan hududlarga daryo qirg‘oqlaridagi mikroiqlim sharoitlaridan foydalangan holda kirib kelish imkoniga ega bo‘lishadi. Natijada cho‘l zonasining faunasi tur tarkibi bo‘yicha ancha boyiydi. Shu bilan birga ko‘pgina kserofil hayvonlar o‘zlarining dastlabki areallarini chegaralanishi oqibatida son jihatdan ancha kamayib ketishadi. Shu sababli irrigatsiya tizimi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda avvalo hududning ekologik sharoitlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Yer usti hayvonlarining tarqalishida tog‘lik zonalar ham alohida o‘rin tutadi. Tog‘larniig yon bag‘irlarida iqlimiy xususiyatlarning turli-tumanligi ularda o‘ziga xos o‘simlik qoplamlariniig shakllanshpiga olib keladi. Bunday qoplamlarda turli ekologik guruhlarga mansub hayvonlarning uchrashi tushunarli hol. Shunday qilib tog‘ tizmasi ko‘pgina hollarda ekologik g‘ov vazifasini o‘taydi. Palearktika va Indo-Malay faunistik oblastlarini ikkiga ajratib turgan Ximolay tog‘i misolida buni yaqqol tushunish mumkin. Hisor va Darvoz tog‘ tizmalarining janubiy va shimoliy yon bag‘irlaridagi hasharotlar faunasi bir-biridan tubdan farq qiladi.
Tog‘ tizmalari hayvonlarning tarqalishida chegara bo‘lishi bilan bir qatorda bir avlodga mansub turlarning ko‘plab tor areallarining shakllanishini ham ta’minlaydi. O‘rta Osiyo tog‘larida 100 turdagi qo‘ng‘izlar uchraydi. Yevropaning tekislik hududlarida esa, garchi ularning maydoni keng bo‘lishiga qaramasdan 30 turdagi qo‘ng‘izlar uchraydi xolos. Bunga asosiy sabab tog‘larning tizmalarida ekologik sharoitlar har bir kichik hudud uchun o‘ziga xosligidadir. Tekisliklarda esa iqlimiy omillarning o‘zgarishi zonal xarakter kasb etadi. Shu sababli tog‘larda kichik-kichik areallar holida yashovchi ko‘pgina qo‘ng‘iz turlari uchraydi.
Tog‘larda dengiz sathidan balandligiga ko‘ra juda ko‘p to‘siqlar uchraydi va ular o‘zlarining mikroiqlimiy xususiyatlari, o‘simlik formatsiyalari, tuproq tarkibi va boshqalar bilan o‘zaro bir-biridan farq qiladi (Lopatin, 1971). Tog‘lardan tashqari boshqa noqulay ekologik sharoitlar ham hayvonlarning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi.
Turli tipdagi cho‘llar yaxshi moslashmagan turlar uchun asosiy to‘siqlardan sanaladi. Bunda qaysi tipga mansub bo‘lishidan qati nazar cho‘lning maydoni muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Saxara cho‘li Efiopiya faunasini ko‘p qismini shimoldan Palearktika faunasidan ajratib turadi. Indo-Malay faunasi esa shimolga qarab harakatlana olmaydi, bunga sabab Old Osiyo va Himolay cho‘llari hosil qilgan to‘siqlardir. Faqat chekka sharqda Osiyo cho‘llarining tugashi sababli, Indo-Malay faunasi tarkibidagi turlar Xitoy orqali Primoregacha kirib keladi.
Hayvonot dunyosining tarqalishida to‘sqinlik qiluvchi antropogen omillar, biologik omillar (turlar orasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlar) ham muhim o‘rin tutadi. Turlarning tarqalishida makon va zamon, ya’ni vaqt ham alohida ahamiyatga ega. Ayrim turlar, garchi o‘zlarining tarqalishi uchun qulay maydonlar bo‘liishga qaramasdan, ular bu maydonlarni zgallab olishga hali ulgurishmagan. Vaqt o‘tishi bilan bunday maydonlar egallab olinishi mumkin.
Insoniyatning yaratuvchilik faoliyati tufayli hayvonlarning tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim g‘ovlar o‘z ta’sirini yo‘qotib bormoqda. Jumladan, ko‘priklarning qurilishi tufayli daryolarning ikkala kirg‘og‘ini tutashuvi kulrang yumronqoziq va boshqa turlarning tarqalishida, daryolar suv hayvonlarini bir havzadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishida asosiy o‘rin egallaydi.Shunday qilib suv havzalari bir biotsenozni ikkinchi biotsenozga qo‘shilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumlaan, Amu-Buxoro kanalining ishga tushishi natijasida Amudaryo havzasi Zarafshon daryosi bilan tutashgan. Bunday tutashuv mazkur havzalar hayvonot olamining ham ko‘shilishiga olib keldi. Hayvonlarning aktiv tarqalishi bir necha shakllarda (uchish, yugurish, suzish, sudralish) yuz beradi. Tarqalishning muvoffaqiyatli amalga oshishi lokomotor (harakat) organlarining mukammallik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Harakat shakllari ichida hayvonlarning ko‘proq va kengroq tarqalishiga imkon beradigani- uchish hisoblanadi. Yangi hududlarni egallashda birgina harakat organlari hal kiluvchi rol o‘ynamaydi, balki barcha omillar tarqalayotgan turning biologik, ekologik xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Ko‘pincha bunday moslik kamdan-kam hollarda uchraydi.
Ba’zai quruqlik hayvonlari suv havzalari kabi g‘ovlarni yengib o‘ta oladi va orollarga tarqalishi mumkin. Bug‘ular, loslar va yovvoyi echkilar (kosulya) yaxshi suza olishadi. Suv ayg‘irlari 30 km.gacha, laskalar 1,5 km, timsohlar 1000 km.gacha suza olishi aniqlangan.
Hayvonlarning passiv tarqalishi (tuxum, lichinka orqali) turli tashuvchi- faktorlar ta’siri ostida amalga oshadi. Hayvonlarning oquvchi suvlar yordamida tarqalishi gidroxoriya deyiladi. Shamol yordamida tarqalish anemoxoriya deyiladi. Suv va shamol qrdamida tarqalish anemo-gidroxoreya deyiladi. Bunday tarqalishda suv yuzasida qalqib turgan turli ob’ektlardagi hayvonlar shamol yordamida harakatlanadi. Boshqa hayvonlar yordamida tarqalish bioxoriya deyiladi. Bunday xususiyat tasodifiy va qonuniy bo‘lishi mumkin.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish