2. Arktog‘ey hayvonlar xukmronligi – Golartik o‘simliklar xukmronligi chegarasiga to‘gri keladi. Ikkita kichik hayvonlar hukmronligiga bulinadi.
1. Polearktik kichik hayvonlar hukmronligi
2. Neoarktik kichik hayvonlar hukmronligi
1. Polearktik hayvonlar k. xukmronligiga 3 ta faunistik oblastga bo‘linadi.
1. Yevropa – Sibir oblasti – bu oblast hududiga Yevrosiyo materigining shimoliy qismi shimoliy Amerika, Alyaska, Grelandiya, Chukotka, Kamchatka orollari kiradi. Juda katta hudud va iqlim sharoitiga ega. Lekin ma’lum darajada iqlimda umumiylik bo‘lganligi sababli faunasi juda boy emas. Ularda shimoldan-janubga qarab ma’lum darajada hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lib boradi. Sut emizuvchilardan ayiqlar, tulki, olenlar, olmaxonlar, zubrlar, yirtkichlardan buri, laska, rasamax, kemiruvchilardan leminglar, suslik, yumronqozik, bobrlar, qushlardan chumchuqlar, karga va ko‘pchilik boshqa qushlar migratsiya yuli bilan kelgan qushlardir. Umurtkasiz hayvonlar boshka oblastlarga nisbatan iqlim sharoiti sovuk bulganligi uchun kam yashaydi. Baliqlardan asosan karpsimonlar, lasossimonlar oilasi vakillari yashaydi.
O‘rta yer-Turon hayvonlar oblasti – bu oblastga shimoliy yarim sharning tropik kismidan shimoliy hududlari kiradi. Shu bilan birga shimoliy yarim sharning arid va subarid zonalarini uz ichiga oladi. Iqlimi cho‘l, kuruk va nam oz bulgan zonalar O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, shimoliy Afrika, urta yer dengizi uz ichiga oladi. Bu oblastda kuzga yakkol tashlanadigan ochik landshaft hayvonlari kup tarkalgan. Sut emizuvchilardan kuylar, muflonlar, echkilar, tuyalar, eshak va yirtkichlardan buri, tulki, ayik kemiruvchilardan yumronkozik, kalamush, sichkonlar, sudralib yuruvchilardan turli xil ilonlar, toshbakalar, kaltakesaklar, gekkonlar, echkiemarlar, amfibiyalar kam uchraydi. Urta yer dengizi buylarida iqlim bir muncha boshka zonalarga nisbatan uziga xos bulganligi hayvonlari xam bir muncha kup tarqalishiga sabab bo‘lgan. Sut emizuvchilardan yaklar, jayronlar, yovvoyi echkilar, yirtkichlardan kor yulbarsi, (Marokko tog‘larida) gienalar kup tarkalgan. qushlardan o‘limtikxo‘r burgutlar, ok bosh sif, kuk karga keng tarkalgan. Sudralib yuruvchilardan kaltakesaklar, salamandralar, chuchuk suv xavzalarida baliklarning juda kup turlari yashaydi. Hasharotlari xelitseraliylar keng tarkalgan. Bu zonada insoniyat ta’sirida juda kup hayvonlar vaxshiylarcha yuk kilindi. Masalan: yulbars XIX asrni o‘rtalariga kelib yo‘qolib ketdi. Chunki asrimizni o‘rtalarida O‘zbekiston va qozog‘iston cho‘llarini o‘zlashtirilishi hayvonot olamiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar keltirdi. Xozir yo‘lbarslar fakat tog‘larda kolgan xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |