(mln.km2)
|
Cho`llar maydoni (mln.km2)
|
cho`llarning umumiy maydoni
|
Shu jumladan
|
qumli cho`llar
|
gipsli, gilli, sho`rxok va boshqa cho`llar
|
Turkmaniston
O`zbekiston
Tojikiston
Qirg`iziston
Qozog`iston
|
0,488
0,449
0,143
0,98
2,715
|
0,387
0,250
0,025
0,070
0,747
|
0,260
0,107
0,005
–
0,246
|
0,127
0,143
0,020
0,070
0,501
|
Qumli (qumoq) cho`llar Qoraqum va Qizilqum kabi cho`llarning asosiy qismini egallaydi. Atoqli geobotanik olim M.G.Popov (1958) qumli cho`llarni ta`riflar ekan “Qozog`iston va O`rta Osiyoning qumli cho`llari dunyo masshtabida tengi yo`q tabiat go`shalaridir” degan edi.
Qish mavsumida qumli cho`llarda qor qoplami deyarli hosil bo`lmaydi, kamdan-kam holda yog`adigan yupqa qor qoplami shamollar va relefdagi o`ziga xoslik tufayli notekis taqsimlanadi. Bunday vaziyatda ayrim mayda sut emizuvchilar, jumladan, qumsichqonlar va ingichka barmoqli yumronqoziqlar qishki uyquga ketmaydi. Uyquga ketmaydigan bunday turlar yirtqichlar uchun oziqa manbai bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli qumli cho`llarda yashovchi yirtqichlarning soni yil davomida deyarli barqaror saqlanadi.
Boshqa cho`l tiplariga nisbatan qumli cho`llarning o`simliklar dunyosi tarkibida turlar soni ko`p va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Bu yerda ayrim daraxt turlarining mavjudligi o`rmonlarga xos bo`lgan fauna elementlarining (ayrim sudralib yuruvchilar, ola qanotli qizilishton, zag`izg`on, buxoro chittagi, cho`l karqunog`i, saksovul chumchug`i, kurgalak, moyqutlar, tentakqush, ko`k kurkunak, qo`l qanotlilarning ayrim turlari) uchrashiga sabab bo`lgan.
Qumli cho`llarda stsink gekkoni, kulrang gekkon, yo`l-yo`l kaltakesakcha, quloqli yumaloqbosh, taroq barmoqli gekkon, qum yumaloqboshi, to`r-to`r kaltakesak, kulrang echkeemar, ikki dog`li to`rg`ay, cho`l quzg`uni, cho`l qarqunog`i, taroq barmoqli va paxmoq oyoqli qo`shoyoq, katta qumsichqon, tolay tovushqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq, shalpangquloq tipratikan va kabi turlar keng tarqalgan. Ularning morfologik belgilari va xatti-harakatlari qumli cho`llarda yashashga moslashishiga sabab bo`lgan.
Toshloq cho`llar O`rta Osiyoning shimoliy qismidagi tekisliklarda katta maydonni egallaydi. Ular orasida eng yiriklari Betpakdala va Ustyurt platolaridir. Toshloq cho`llarda yerning yuza qismi gips kristallari bilan qoplanganligi sababli gipsli cho`llar ham deb yuritiladi. Xuddi shunday shag`alli cho`llar va qirlar ham toshloq cho`llar tipiga tegishli.
Toshloq cho`llar yashash muhiti sifatida qumoq va sho`rxok cho`llardan sezilarli darajada ajralib turadi, ammo gilli cho`llarga o`xshaydi. Mazkur tipdagi cho`llar o`simliklar hayoti uchun bir qator noqulayliklarga ega bo`lganligi sababli, bu yerda o`simliklar qoplami tarkibida daraxtlar uchramaydi va o`simliklar tarqoq joylashadi.
Umurtqali hayvonlarning tur tarkibi va ulardagi moslanishlar toshloq cho`llardagi hayotiy sharoitlarga (oziq tarkibi, substratning qattiqligi) muvofiq ravishda shakllangan. Toshloq cho`llar boshqa cho`llarga qaraganda ovchilik yuritish uchun qator qulayliklarga ega. Betpakdala va Ustyurtda tarqalgan sayg`oq toshloq cho`llar uchun tipik bo`lgan tur sanaladi. O`tgan asrning ikkinchi yarmida Betpakdalada 200-300 ming bosh sayg`oq ovlangan. Yaqin-yaqingacha bu joylarda qulonlar ham uchragan va ayni vaqtda esa ular Badxizda saqlanib qolgan. Bir paytlar O`zbekiston, Turkmaniston va Qozog`iston tekisliklarida jayronlarning yirik podalari uchragan, endilikda ularning soni juda kamaygan. Qo`shoyoqlarning bu tipdagi cho`llarga xos bo`lib, ularning o`nga yaqin turlari uchraydi. Ular zich substratli joylarni ma`qul ko`radi. Bu yerda qizildumli va katta qumsichqonlar ham tez-tez uchrab turadi.
Toshloq cho`llar uchun faqat yerga uya quradigan qushlardan oqbovur, qorabovur, kichik to`rg`ay, kulrang to`rg`ay va yo`rg`a tuvaloqlar tipik turlar sanaladi. Ularning ayrimlarida (bulduruqlar, tuvaloqlar) orqa barmoqlar yo`q, tovonlar esa qattiq yerda harakatlanishga moslashgan bo`ladi. Sudralib yuruvchilardan to`r-to`r kaltakesak, taqir yumaloqboshi, turli rang kaltakesak, dasht agamasi va qalqontumshuq ilon tipik turlar sanaladi. Tabiiy boshpanalarning juda kamligi sababli deyarli barcha mayda sutemizuvchilar va sudralib yuruvchilar uya qazib yashashga moslashishgan.
Sho`rxok cho`llarga Borsa-Kelmas cho`li (Ustyurtda joylashgan bu cho`l ba`zan “ko`l” deb ham yuritiladi, maydoni 1 mln.ga atrofida), Qoraqumdagi Sariqamish botig`idagi sho`rxoklar, Aydar sho`rxogi, Baland Sor sho`rxogi, Ming buloq, Og`itma, Karrak ota sho`rxoklari va Qizilqumda tarqoq joylashgan sho`rxoklarni kiritish mumkin. Xuddi shunday sho`rxoklar ko`llarning qurib qolgan qismida ham uchraydi.
Sho`rxok cho`llarning hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni juda kam bo`lib, tipik turlarga sariq yoqa, suvtorg`oq, sho`rxok to`rg`ayi, jiqtoqlar kiradi. Hayoti butunlay sho`rxok cho`l tipi bilan bog`liq bo`lgan sut emizuvchi va sudralib yuruvchi hayvon turlari deyarli yo`q. Bahor oylarida sho`rxoklarga suvning yig`ilishi hisobiga hayoti suv bilan bog`liq bo`lgan katta qiziloyoq, jiqtoq, suvtarg`oq kabi qush turlarining uchrashiga imkon yaratiladi.
Orol dengizining qurigan tubida shakllangan Orolqumni ham sho`rxok cho`l tipiga kiritish mumkin. 1960 yilllarda Orol dengizining maydoni 68,9 ming kvadrad kilometr, suv hajmi esa 1083 kilometr kub bo`lgan. O`sha davrda uning bioxilma-xilligi va mahsuldorligi yuqori bo`lgan va har yili 30 ming tonna baliq ovlangan. Orol dengizida 20 turga mansub baliqlar uchragan bo`lsa, Orol oldi havzalarida esa 38 tur baliqlar uchragan. Endilikda qurigan dengiz ostidagi tuz va qumdan iborat maydoni 5 million gektarga etadigan Orolqum deb nomlanuvchi cho`l shakllangan. Ma`lumotlarga qaraganda, Orolqumdan ko`tarilgan tuz va chang bo`ronining ta`sir etish radiusi 300 kilometrga etadi. Bu o`z navbatida O`zbekistonning tabiatiga, o`simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Gilli cho`llar (efimer cho`llar) Badxizda, Qashqadaryoda (Qarshi dashti), Sirdaryoning ikkala sohilida (Dalvarzintepa va Mirzacho`l dashti) va Qoratog`ning janubiy etagida joylashgan. Relefi turli-tuman, er usti suvlari boshqa tipdagi cho`llarga nisbatan ko`p. Gilli cho`llar cho`zilgan uzun polosalar shaklida bo`lib, ayrim joylarda uzilgan holatni egallaydi.
Ekologik sharoitlari toshloq cho`llarga o`xshab ketadi. Yer yuzasi ancha qattiq, yurish va yugurish uchun yaxshi tayanch bo`la oladi. Tabiiy boshpanalar deyarli yo`qligi sababli hayvonlar uya qazishga majbur bo`ladi. Yog`inlar ko`p bo`lgan yillarda gilli cho`llarda o`simliklar qoplami yaxshi rivojlanadi va o`tloqqa o`xshash qiyofa kasb etadi. Bu holat o`simlikxo`r hayvonlarning oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi.
Gilli cho`llarning hayvonot dunyosi toshloq cho`llarga o`xshab ketadi. Chunki, bu ikkala tipga xos cho`llar bir-birlariga yaqin joylashganligi sababli o`xshash sharoitlarga ega. Tuyoqlilardan jayron gilli cho`llar uchun asosiy tipik turlardan sanaladi. Badxizda hanuzgacha qulon saqlanib qolgan. Bu yerda katta va kichik qo`shoyoqlar, severtsov qo`shoyog`i, qizilqum qumsichqoni, zarudniy qumsichqoni, afg`on dala sichqoni, ko`rsichqon, sariq yumronqoziq va shu kabi boshqa turlar uchraydi. Ikki dog`li, dasht va hind to`rg`aylari, bulduruqlar, tuvaloqlar va turnalar uchrab turadi.
Sudralib yuruvchilardan eng xarakterlisi dasht toshbaqasidir. Gilli cho`llarda ildam kaltakesakcha, turli rang kaltakesakcha, dasht agamasi, taqir yumaloqboshi, uzunoyoqli stsink, turli rang, ko`ndalang yo`lli va yo`l-yo`l chiporilonlar, qum bo`g`ma iloni, o`q ilon va boshqa cho`l tiplariga xos bo`lgan turlar uchraydi.
Ma`lumki, cho`l landshafti o`zining qadimiyligi bilan boshqa landshaftlardan ajralib turadi. Bunday xususiyat cho`l landshaftining juda qisqa vaqt ichida turli antropogen omillar ta`sirida tubdan o`zgarishiga va qayta tiklanishi uchun juda uzoq muddat talab qilishiga sabab bo`ladi. Ayniqsa cho`l mintaqasini o`zlashtirish maqsadida suv chiqarish (Qoraqum, Amu-Buxoro mashina kanallari) voha va ko`llarning shakllanishiga, natijada cho`l hayvonlari hamda o`simliklarining areali va soni qisqarishiga, ayrim turlarning hududni tark etishiga sabab bo`lmoqda. Cho`llar o`rnida vohalar, turli aholi yashash punklari, jumladanshaharlarning (Zarafshon, Uchquduq) qad ko`tarishi nafaqat ular joylashgan maydon, balki ular atrofidagi tabiiy cho`l mintaqasining tarkibida turli yo`nalishdagi, masshtabdagi o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib kelmoqda (Mirzacho`l, Qarshi dashti, Qizilqum). Mazkur jarayonlar cho`lga xos tipik hayvon va o`simlik turlari o`rniga sinantrop turlarning kirib kelishiga sabab bo`lmoqda (kulrang kalamush, qumri, qishloq qaldirg`ochi, mayna va boshq.).
Cho`llar uzoq yillar mobaynida asosan chorvachilik yuritish maqsadida foydalanilgan bo`lsa, endilikda turli foydali qazilmalarni qazib olishda, saksovul, juzg`un, yulg`un kabi o`simliklardan yoqilg`i, yantoq, shuvoq, silen, singren kabi oziqbob o`simliklardan oziqa va boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda. Bunday vaziyat cho`l ekotizimlari barqarorligining buzilishiga va natijada bioxilma-xilligining pasayishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |