Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet9/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
магистр)

Substratning xususiyatlariga ko`ra, cho`llarning o`zi ham qumli, toshloq, gilli, sho`rxok va boshqa turlarga bo`linadi. O`zbekiston hududidagi biotoplar orasida cho`llar eng ko`p maydonni egallaganligi inobatga olgan holda, cho`l mintaqasining ekologik tavsifi va funasi haqida navbatdagi bobda batafsil to`xtalishni lozim topdik.


Mo``tadil mintaqa. Mazkur mintaqada yil davomida issiq va sovuq mavsumlar davriy ravishda almashinib turadi. Mo``tadil mintaqada bir tomondan cho`l va ikkinchi tomondan o`rmon biotoplari chegarasida dashtlar shakllanadi. Dashtlar Shimoliy Amerikada preriya, Janubiy Amerikada esa pampas deb yuritiladi. Dashtlarning iqlim mo``tadil bo`lib, hayvonot dunyosi tarkibida fitofaglar ko`pchilikni tashkil etadi (yumronqoziqlar, sug`urlar, dala sichqonlari, sayg`oqlar va boshq.). Kemiruvchilarning xilma-xilligi va zichligining yuqoriligi yirtqichlarning oziqlanishi uchun qulaylik yaratadi. Yirtqich turlardan tulki, bo`ri, burgutlar, bo`ktargilar va mayda lochinlar asosan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Yuqori zichlikka ega bo`lgan hasharotlardan chumolilar, bargxo`r qo`ng`izlar va chigirtkalar dasht mintaqasida keng tarqalgan. Dasht mintaqasi ayni paytda inson tomonidan deyarli to`liq o`zlashtirilgan bo`lib, bu holat mazkur hududning hayvonot dunyosiga salbiy ta`sir ko`rsatgan.
Dashtlarning janubida chala cho`llar, shimolida esa o`rmondasht biotoplari shakllangan bo`lib, bular oraliq xarakterdagi biotoplardir. Dashtlarga nisbatan o`rmondashtlar faunasi tarkibida turlar soni ancha ko`p bo`ladi.
O`rmonlar mo``tadil mintaqaning yillik yog`in miqdori 300 mm.dan oshadigan oblastlarida shakllangan. Ushbu mintaqada 3 ta asosiy o`rmon tiplari, ya`ni subtropik doimiy yashil o`rmonlar, keng bargli o`rmonlar va nina bargli o`rmonlar farq qilinadi.
Subtropik doimiy yashil o`rmonlar quruq yoki nam bo`lishi mumkin. Mazkur o`rmonlarda hasharotlar, amfibiyalar, asosan kaltakesaklardan iborat reptiliyalar, dehqonchumchuqlar, moyqutlar, qarqunoqlar, tasqaralar, yovvoyi quyon, muflon va boshqalar uchraydi. Nam o`rmonlar faunasi tarkibida turlar soni nisbatan kam bo`ladi.
Keng bargli o`rmonlar mo``tadil haroratli, o`rtacha yillik yog`in miqdori 500 mm.ni tashkil etadigan oblastlarda shakllangan bo`lib, ulardagi yumshoq iqlim va o`simliklar dunyosining xilma-xilligi hayvonlarning yashashi uchun qulay muhitning shakllanishiga olib kelgan. Bu kabi o`rmonlarda faunaning tarkibi va ekologik qiyofasi o`xshash bo`lib, qish mavsumining sovuq bo`lishi ayrim turlarning migratsiya qilishiga yoki uyquga ketishiga sabab bo`ladi. Fauna tarkibida bug`u, yovvoyi echki, serna, yovvoyi cho`chqa, olmaxonlar, bulbullar, zarg`aldoqlar, shaq-shaqlar va boshqalar uchraydi.
Nina bargli o`rmonlar (tayga) o`rmonlar orasidagi eng yirik tip sanaladi. Iqlimi sovuq, o`rtacha yillik harorat +5–0°S. O`simlik va hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni kam bo`lib, tipik hayvon turlariga karqur, yapaloqqushlar, kedrovka, qaychi tumshuq, qora qizilishton, suvsar, o`rmon lemmingi, qizil dala sichqoni, burunduq, ayiq, bug`u, olmaxon va boshqalarni misol qilish mumkin. Tayganing shimoliy qismida o`rmon tundra va butazorli tundra joylashgan.
Qutb mintaqasi. Shimoliy Muz okeanining qirg`oqlari va uning orollari qutb mintaqasiga yoki tipik tundraga tegishli. Tundra Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning butun shimolini egallaydi.
Tundra faunasi tarkibida turlar soni kam bo`ladi va bu holat iqlimiy omillar bilan bog`liq. Bu yerda umurtqasizlar faunasi zoomassaning 90% tashkil etadi va ular orasida tuban hasharotlar, pashshalar, kanalar va nematodalar keng tarqalgan. Yozda tundra faunasi ko`p sonda uchrovchi g`ozlar, o`rdaklar, oqqushlar, balchiqchilar kabi qush turlari hisobiga ancha ko`payadi. Asosiy oziqa manbai qushlar va lemminglardan iborat bo`lgan oq yapaloqqushlar hamda lochinlar yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Yer yuzasining quruqlik qismida yuqorida qayd etilgan mintaqalardan tashqari yana bir nechta mintaqalar (antarktika quruqliklari, baland tog`lar, g`orlar va boshqalar) mavjud. Ularning faunasi ham yashash muhitiga mos holda shakllangan.

Nazorat savollari


1.Hayvonlarning biosferada tarqalishi va uning muhit sharoitlari bilan bog‘liqligini asoslab bering.
2. Dengizlarda hayvonlarning tarqalishi hamda yashash sharoitlarigi ta’sir etuvchi omillar.
3.Okeanlarda hayvonlarning tarqalishi hamda yashash sharoitlari sharoitlarigi ta’sir etuvchi omillar.
4.Chuchuk suv havzalarida hayvonlarining tarqalishi va yashash
sharoitlarini tahlil qiling.
5. Chuchuk suv havzalarida suv oqimining farqlanishi nimaga bog’liq?
6. Harorat rejimi xususiyatiga ko‘ra ko‘llar qanday tiplarga bo‘linadi?



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish