Uyga vazifa:
Tog’ayli baliqlarning tuzilishi mavzusini o’qing.
Mavzu: Tog’ayli baliqlarning tuzilishi
Darsning maqsadi: Akulaning morfo-anatomik tuzilishini o’rganish bilan tog’ayli baliqlar bo’yicha bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Tog’ayli baliqlar baliqlar katta sinfi ichida eng qadimgilaridan hisoblanadi. Baliqlar ichida eng primitiv bo’lgan bu baliqlarga akulalar, skatlar va o’ziga xos ximeralar kiradi. Bularning hammasi tubandagi primitiv belgilari bilan xarakterlanadi: terisi yo plakoid tangachalar bilan qoplangan, yoki yalang’och bo’ladi (ximeralar va ba’zi bir skatlar), jabra yoriqlari minogalardagidek tashqariga ochiladi, faqat ximeralarda jabra yoriqlarini berkitadigan teri pardalar bo’ladi. Skeletlari faqat tog’aydan iborat bo’lib, unda suyak yo’q (biroq skeletiga ohak singgan bo’lishi mumkin), toq suzgich qanotlari bilan juft suzgich qanotlarining distal qismini elastik («shox moddali») shu’lalar tutib turadi, odatda, gavda sirtigacha chiqadigan keng jabraaro to’siqlar bo’ladi, havo pufakchalari va o’pkalari yo’q. Juft suzgich qanotlari gorizontal xolda joylashgan. Kloakasi bor. Shunga o’xshash bu baliqlarning tuzilishida ko’riladigan tubandagi progressiv xususiyatlar ham xarakterli belgilar qatoriga kiradi: bosh. miyasining oldingi miya yarim shari juda kuchli takomil etgan (baliqlar uchun) bo’ladi, erkaklarida qorin suzgich qanotlarining bir qismi o’zgarib, o’ziga xos kopulyativ organga aylanadi, urug’lanish hodisasi ichki bo’lib, urg’ochilari yo qattiq shoxsimon parda bilan o’ralgan katta tuxum qo’yadi, yo bo’lmasa, rivojlanishi bachadonda o’tadigan tirik bola tug’adi.Tuxum qo’yuvchilarda tuxumlarining rivojlanishi 4-14 oy, tirik tug’uvchilarda esa 6-9 oy davom etadiTog’ayli baliqlar turlari orasida uzunligi 15 sm keladigan ba’zi skatlar bilan bir qatorda 15 m va hatto 20 m gacha boradigan kitsimon akulalar bor. Tog’ayli baliqlar Kaspiy dengizidan tashqari barcha okean va dengizlarda uchraydi. Tog’ayli baliqlar mezozoyning o’rtalarida juda keng tarqalgan va xilma-xil bo’lgan. Mezozoyning keyingi davrlaridan boshlab tabiiy tanlanish jarayonida ularni o’rnini suyakli baliqlar egallay boshlagan.Tog’ayli baliqlar dunyo miqyosida ovlanadigan baliqlarning 1,5-2% ini tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko’pchilik tog’ayli baliqlar ozuqa sifatida ishlatiladi. Akulaning jigaridan vitamin «A» ga boy bo’lgan baliq yog’i olinadi. Bulardan tashqari, akula va skatlarning terisidan poyabzal va galanteriya mahsulotlari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |