Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
1. Sut emizuvchilarning umurtqa pog’onasiga tegishli tushunchalarni belgilang: A- orqasi botiq – protsel, B-yassi bo’g’imli – platitsel, V-umurtqalari o’zaro menisklar bilan birikkan, G-bo’yin umurtqalarida qovurg’alar saqlangan, D-bo’yin umurtqalari doim 7ta, Ye-umurtqa pog’onasi 4 bo’limli, J-umurtqa pog’onasi 5 bo’limli, Z-tuban sutemizuvchilarida xorda saqlangan.
2. Sut emizuvchilarda qanday qavurg’alari farq qilinadi? A-chin, B-yolg’on, V-soxta, G-yetim, D-chala, Ye-erkin.
3. Sutemizuvchilarning bosh skeletiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-tish suyagi kvadrat suyagi orqali miya qutisiga birikadi, B-tish suyagi bevosita miya qutisiga birikadi, V-ensa suyagi bitta 2 bo’rtmali, G-quloq suyaklari qo’shilib, tosh suyagini hosil qiladi, D-miya qopqog’i suyaklari choksiz birikadi, Ye-ko’zlararo to’siq kengaygan, J-kvadrat suyagi bolg’achaga aylangan, Z-kvadrat suyagi sandonchaga aylangan, I-birikuv suyagi bolg’achaga aylangan, K-birikuv suyagi sandonchaga aylangan.
4. Qaysi sut emizuvchilarda o’mrov suyagi bo’lmaydi? A-ko’rshapalak, B-maymun, V-arxar, G- ot, D-krot, Ye-fil.
5. Sut emizuvchilar va oyoq barmoqlari tuzilishini juftlab yozing: A-juft tuyoqlilar, B-toq tuyoqlilar, V-ko’rshapalaklar, G-kitlar; 1-III-barmoq kattalashgan, qolganlari kichrayshan, 2-oldingi oyoq barmoqlari uzun, orqa oyoq barmoqlari yo’q, 3-oldingi oyoqning I-barmog’i normal, qolganlari uzun, 4- I-barmog’i yo’q, III-va IV-barmoq barobar uzunlikda, qolganlari kichraygan.
6. Sut emizuvchilar muskullari va ular vazifalarini juftlab yozing. A-diafragma, B- teri osti muskullari, V-mimik muskullar, G-tashqi quloq muskuli; 1-ruxiy xolatni ifoda etish, 2-nafas olish akti va kuchanish, 3-quloq suprasini haratlantirish, 4-epidermis hosilalarini harakatlantirish va o’ralish.
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
5
|
A-
|
B-
|
V-
|
G-
|
|
6
|
A-
|
B-
|
V-
|
G-
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Dadaev S., To’ychiev S., Haydarova P. «Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari», Toshkent, TDPU, 2006.
2. Dadaev S., Saparov Q. Zoologiya (xordalilar). Toshkent, «Iqtisod- moliya», 2010 yil.
3. Mavlonov O., Tolipova J.O. Zoologiyani o’qitish metodikasi, Toshkent, «Ibn Sino» nashriyoti, 2004.
4. Mavlonov O., Toshmanov N. «Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari», Toshkent, 2008.
5. Naumov S.P. Umurtqalilar zoologiyasi, darslik, Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 2001.
6. Tolipova J.O. Biologiyani o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 1,2- qismlar, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |