1-Ma’ruza: Umurtqalilar. Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi.
Reja:
1. Umurtqalilar zoologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari
2. Umurtqalilar zoologiyasi fanining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Umurtqali hayvonlarni o‘rganish metodlari.
3. Xordali hayvonlarning kelib chiqish evolyusiyasini o‘rganish.
4. Sistematik holati va kelib chiqishi.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi xordalilar (Chordata) tipiga kiruvchi hayvonlarga bag‘ishlanadi. Xordalilar birta tipga kirsa ham bu tipning hozirgi vaqtda 43.000 dan ortiq turi ma’lum. Hayvonot olamida bu tip vakillari alohida axamiyatga ega.
1. Bu hayvonlar eng yuksak darajali tuzilgan hayvonlar bo‘lib, evolyusiya jarayonida xilma-xil ekologik sharoitlarda yashashga moslangan va tuzilishda shunga mos belgilarini hosil qilgan.
2. Bu hayvonlar inson faoliyatida katta amaliy ahamiyatga ega
(oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, sport sohasida) va kishilarning estetik zavqlanishida va boshqa sohalarda foydalaninadi. Hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda ham foydalaniladi. Ayrim turlari xalq xo‘jaligiga zarar ham keltiradi. Masalan, yumronqoziq, sichqon, dala sichqoni qishloq xo‘jaligiga zarar keltiradi. Ko‘plari vabo, ensefalit, brusiellyoz singari xafli kasalliklarni keltirib chiqaradi ya’ni tarqatadi.
3. Xordalilar xilma-xil tadqiqotlar uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Xususan sistematika, qiyosiy anatomiya, embriologiya, ekologiya biogeografiya, poleontologiya, filogenetika, evolyusion nazariyaning ko‘p masalalarini xal qilishda katta ahamiyatga ega.
Rivojlanish tarixi: XV - XVII asrlardan boshlab ayrim ma’luotlar to‘plana boshlangan. Bunda Buyuk Shimol ekspedisiyasi (1733-1743) ishlari alohida ahamiyatga ega. Stepan Krashennikovning «Kamchatka eri» asarida hayvonot olami xaqida ma’lumot berilgan. K. Linney (1766 ) «Sistema nature» kitobida ekspedisiyaning hayvonlarga doir materiallardan keng foydalangan.
1811 yilda Rossiya faunasi xaqida P. Pallas axborot nashr ettirdi. Akademik A. F. Middendorfning (1815-1844) umurtqalilar ekologiyasi va zoogeografiyasi xaqidagi materiallari «Sibirning shimoliga va sharqiga sayohat» nomli ishi katta ahamiyatga ega.
Moskva universiteti prof K. F. Rulening (1814-1858) xizmati katta. Uning shogirti N. A. Seversov (1827-1885) Rossiyaning Yevropa qismi, hamda Turkiston zoogeografiyasi soxasidagi ishlarini davom ettirdi.
Baliqlarni L. S. Berg (1876-1950), amfibiya va reptiliyalarni
P. V. Terent’ev (1903-1970), qushlarni G. P. Dementev (1898-1969), sut emizuvchilarni S.I. Ognev (1886-1951) sistemasini rivojlantirishda xizmatlari katta.
Prof. D. N. Kashkarov (1878-1941), akademik S. S. Shvars (1919-1970), prof N. P. Naumov (1902) umurtqalilar ekologiyasining masalalarini hal qildi.
O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda umurtqali hayvonlarni o‘rganishda olimlardan quyidagilarning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
Baliqlar bo‘yicha: prof. G. Komilov, sudralib yuruvchilar bo‘yicha: prof. O. P. Bogdanov, qushlar bo‘yicha: prof A. K. Sagitov, prof. D. Yu. Kashkarov,
R. N. Miklenbursev, M. M. Ostapenko, sut emuzuvchilar bo‘yicha prof.
O. P. Bogdanov, prof. G. S. Sultonov, dos. V. I. Taryannikovlarning xizmatlari katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |