Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
1. Sut emizuvchilar tashqi tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-uchinchi qovog’i yo’q, B-ko’zlari katta, V-burun teshigi juft, G-quloq suprasi bor, D-lablari bor, Ye-tanasi jun bilan qoplangan, J-oyoqlari uch bo’limdan iborat, Z-bo’yin qismi uzun.
2. Sut emizuvchilarning hazm qilish organlariga tegishli tushunchalarni belgilang: A-og’iz oldi bo’shlig’i hosil bo’lgan, B-kurak, qoziq, soxta oziq va oziq tishlar hosil bo’lgan, V- so’lak bezlari 5ta, G-so’lak bezlari 4 juft, D-tishlari differentsiallashgan, Ye-ko’r ichak hosil qiladi, J-oshqozoda pilorik, kardial va privratik qismlar farq qilinadi, Z-chuvalchang o’simta hosil qiladi, I-yo’g’on va to’g’ri ichak hosil bo’ladi, K-ichak nayi anal teshik bilan tugaydi, L-to’g’ri ichagi uzun, M- ko’pchiligida o’t pufagi bo’lmaydi.
3. Kavsh qaytaruvchilarning oshqozoni qanday bo’limlarni hosil qiladi? A-murakkab qarta, B-oddiy qarta, V-to’r qorin, G-katta qorin, D-siqma qorin, Ye-qat qorin, J-shirdon, Z-o’rta qorin.
4. Sut emizuvchilarning nafas olish organlariga tegishli tushunchalarni belgilang: A- hiqildoq qopqogi bor, B-hiqildoqda qalqonsimon tog’ay hosil bo’ladi, V-hiqildoqda cho’michsimon tog’ay hosil bo’ladi, G-nafas yo’li alveolalar bilan tugaydi, D-hiqildoq tepaligi bor, Ye-bronxlar hosil bo’lgan, J-nafas aktida diafragma ishtirok etadi, Z-nafas aktini qavurg’alararo muskullar boshqaradi.
5. Sut emizuvchilar qon aylanish sistemasi qushlarnikidan qanday farq qiladi? A-o’ng aorta yoyini hosil bo’ladi, B-aorta yoyi nomsiz arteriyalar hosil bo’ladi, V-chap aorta yoyini hosil bo’ladi, G-o’ng va chap toq vena hosil bo’ladi, D-o’ng juft vena hosil bo’ladi, Ye-ba’zan chap o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan mustaqil ajraladi, J-venoz sistemasi asimmetrik, Z- venoz sistemasi simmetrik, I-buyrak qopqa sistemasi qisman saqlangan, K-buyrak qopqa sistemasi yo’q..
6. Sut emizuvchilar buyragining tuzilishiga tegishli tushunchalarni belgilang: A-mag’iz va po’stloq qimsi farqlanadi, B-periferik va markaziy qismi farqlanadi, V-piramidalari hosil qiladi, G-boumen kapsulasi hosil bo’ladi, D-boumen koptokchasi hosil bo’ladi, Ye- malpigi kapsulasi hosil bo’ladi, J-malpigi koptokchasi hosil bo’ladi, Z-trapitsalar hosil qiladi, I-jom va kosalari bor, K-siydik yo’li va pufagi bor.
7. Urg’ochi sutemizuvchilar va ularning jinsiy organlari tuzilishini juftlab yozing: A-kenguru, B-maymun, V-quyon, G-cho’chqa; 1- 2ta tuxum yo’li, 1ta bachadon va 1ta qin, 2-2ta tuxum yo’li, 2ta bachadon va 2ta qin, 3-2ta tuxum yo’li, 2 bo’lmali bachadon va 1ta qin, 4-2ta tuxum yo’li, qo’sh bachadon va 1ta qin.
8. Sut emizuvchilar nerv sistemasi va sezuv organlari qushlarnikidan qanday farq qiladi? A-hidlov bo’limi yaxshi rivojlangan, B-ba’zi sutemizuvchilarda miya po’stlog’i hosil bo’ladi, V-barchasida miya po’stlog’i hosil bo’ladi, G-oraliq miya kuchli rivojlangan, D-miya po’stlog’i egatchalar hosil qiladi, Ye-miyacha katta va bir necha bo’limli, J-o’rta quloq paydo bo’lgan, Z-tashqi quloq paydo bo’lgan.
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
6
|
|
|
|
|
|
|
7
|
A-
|
B-
|
V-
|
G-
|
|
|
8
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |