- Limfa sistemasi (lotincha: systema lymphaticum) — odam va umurtqali hayvonlarda toʻqima va aʼzolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar, tuzilmalar. Odamning limfa sistemasi — limfa kapillyarlari turi, limfa tomirlari chitali, limfa tugunlari hamda ikkita limfa yoʻlidan tashkil topgan. Limfa sistemasi toʻqimalararo suyuqlikning ortiqchasini chiqarish va uni venoz oqimga qayta oʻtkizishda, toʻqimalardan kapillyar qon tomirlarga soʻrilmagan oqsil moddalar, kolloid eritmalarning oʻzlashtirilishida qatnashadi. Limfa sistemasi yuraktomir sistemasiga kiradi.
- Limfa kapillyarlari bosh qismi berk sirtmoq va boʻrtmalar hosil qiluvchi turli shakldagi naychalardan iborat. Ular bosh va orqa miya, taloq, togʻay, koʻz oqi hamda gavhari va platsentadan tashqari barcha aʼzolarda mavjud. Limfa kapillyarlarining diametri qon tomir kapillyarlarnikidan bir necha marta ortiq. Ular devori yuqori oʻtkazuvchanlikka ega. Limfa kapillyarlari toʻridan limfa tomirlari shakllanib, ularda limfa oqimini yoʻnaltirib turadigan klapanlar (qopqoqchalar) boʻladi. Limfa tomirlari qovuzloqli chigallar hosil qiladi. Bu chigallardan aʼzolar ichidagi limfa tomirlari shakllanib, ular aʼzodan chiqadigan limfa tomirlariga aylanadi. Har bir ichki aʼzoda yuza va chuqur joy-lashgan limfa tomirlari farq qilinadi. Odam tanasida ham teridan, teri osti yog qatlami va fassiyalardan boshlanuvchi yuza limfa kapillyarlari bor. Chuqur limfa tomirlari suyak, suyak ust pardasi, boʻgʻimlar, muskullar, nervlar va qon tomirlardan kapillyarlar bilan boshlanadi.
- Limfa tomirlari tegishli joylarda yoʻgʻonlashib, limfa tugunlarini hosil qiladi. Toʻqima suyuqligining bosimi, limfa yigilishi hamda gavda muskullarining qis-qarishi tufayli limfa Limfa sistemasi boʻylab harakatlanadi. Aʼzodan tashqaridagi limfa tomirlari yaqinda joylashgan limfa tugunlariga quyiladi.
- Limfa (lotincha: lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tugunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qon plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyuqlik. Organizmda limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy toʻqima suyukligidan hosil boʻladi; hujayralardan toʻqima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir kismi qaytadan qonga oʻtadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga oʻtib, limfa hosil qiladi.
- U tarkibi va xossalariga koʻra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma ogʻirligi va yopishqoqgshgi kam boʻladi va h.k.). Odam tanasida taxminan. 1-2 litr limfa boʻladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yoʻllari boʻylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yogʻlar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monotsitlar va leykotsitlarnnt baʼzi turlaridan iborat. Biroq aʼzo faoliyati kuchayganda unda limfa hosil boʻlishi tezlashadi. Limfaning miqdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yogʻ va oqsilning foiz miqdori uning qaysi aʼzodan oqib kelishiga, mazkur aʼzodagi moddalar almashinuvining xususiyatlariga bogʻliq. Masalan, yogʻli ovqat yegandan soʻng ichak limfa tomirlarida koʻp miqdorda yogʻ boʻlganligi tufayli limfa oq rangga kiradi. Ichki sekretsiya bezlaridan oqadigan limfada esa maʼlum miqdorda gormonlar boʻladi. Limfa tugunlarida limfa limfotsitlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib oʻtib, filtrla-nadi (toʻqimalardan oʻtgan bakteriyalardan va boshqa zararli moddalardan tozalanadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |