Limfa sistemasi (lotincha: systema lymphaticum) odam va umurtqali hayvonlarda toʻqima va aʼzolardan limfa olib ketib, venoz sistemasiga quyadigan kapillyarlar va boshqa tomirlar, tuzilmalar


Limfa sistemasi patalogiyasi hamda kasalliklari



Download 14,3 Kb.
bet2/2
Sana16.05.2023
Hajmi14,3 Kb.
#939441
1   2
Bog'liq
linfa

Limfa sistemasi patalogiyasi hamda kasalliklari

  • Limfomalaming patologik anatomiyasi. Asosiy anatomik o'zgarishlar
  • Limfa tugunlarida ro'y beradi. O 'sma zo'rayib borgani sayin, jigar, taloq va Boshqa ichki organlar jarayonga berilaveradi. Ko'pchilmk hollarda limfoma Bo'yin va qo'ltiq osti limfa tugunlarida paydo bo'ladi, so'ngra son, Yonbosh, ko'ks oralig'idagi tugunlar zararlanadi. Kamdan-kam hollarda O'sma dastlab ko'ks oralig'ida va ichki organlarda paydo bo'ladi. Zararlangan limfa tugunlari kattalashib, diametri ba’zan 10 sm gacha boradi. Bular yumshoq-qattiqligi jihatidan har xil bo'ladi — yumshoq, biroz qattiq Bo'lishi mumkin. Bu fibroz to'qim a nechog'lik rivojlanganiga bog'liq. Jarayon uncha tajovuzkor bo'lmagan holda limfa tugunlari xarakatchan va Bir-biriga qo'shilib ketmagan bo'ladi. Kasallikning bir qadar xavfli xillarida O'sma limfa tuguni kapsulasiga o'sib kiradi vaundan tashqariga chiqadi, natijada limfa tugunlari qo'zg'almas bo'lib qoladi. Kesib ko'rilganida ular Oq-kulrang tusli gomogen massa ko'rinishida bo'ladi, o'smaning nodullyar xilida o'sma tugunchalari topiladi. Nekroz va gemorragjyaga uchragan o'choqdar, o'smaning xavfli xillarini aytmaganda, kamdan-kam kuzatiladi.
  • Limfomani klinik o'tishi. Ko‘pchilik hollarda jarayon bir yoki bir nechta limfa tugunining og‘rimasdan turib kattalashib borishi bilan boshlanadi. 0 ‘sma limfa tugunlaridan tashqarida ham paydo bo'lishi mumkin, bunday hollarda gepatosplenomegaliya kuzatiladi. Bemorlarni issigi chiqib, ozib borayotganidan, darmonsizlik, kamqonlikdan noliydi.
  • Bemorlarda uchraydigan kamqonlik, ya’ni anemiya tabiatan gemolitik bo'lmaydi. Ba’zida, masalan, diffuz gistiotsitar limfomada ko'mik jarayonga qo'shilib ketadi
  • Biroq, ko'mikda o'sma borligi periferik qonda o'sma hujayralari paydo bo'lishiga hamisha ham olib boravermaydi. Kasallik diagnozini qo'yish uchun limfa tugunini gistologik tekshirishdan o'tkazish zarur. O'sma me’da-
  • ichak yo'lida bo'lganida diareya boshlanib, malabsorbtsiya sindromi kuzatiladi, qorinda og'riq turadi, ichak tutilishiga xos manzara yuzaga keladi.
  • Suyakdagi limfoma osteomielit jarayoniga olib boradi. Buyrakning katta-lashuvi unga o'sma elementlari o'tganiga yoki retroperitoneal tarzda joylashgan limfoma tufayli pastki siydik chiqarish yo'Harming bosilib qolishiga bog'liq bo'ladi. Nerv sistemasi zararlanganida nevrologik simptomatika kuzatiladi
  • Xojkin kasalligi (xavfli limfoma, limfogranulomatoz) limfoid to'qimaning birlamchi kasalligi bo'lib, bunda asosan limfa tugunlarida o'sma jarayoni boshlanadi. Xojkin kasalligi limfomalarning yuqorida tasvirlangan xillaridan quyidagilar bilan farq qiladi: o'smada ulkan Berezovskiy-Shternberg hujayralari va yallig'lanish infiltrati bo'lishi; umumiy hodisalar masalan, isitma boshlanishi bilan farq qiladi. Xojkin limfogranulomatozi kamdan-kam uchraydigan o'sm a kasalligi bo'lib, yoshlarda (o'rtacha 32 yoshgacha bo'lgan kishilarda) kuzatiladi. Davo qilinsa, yaxshi natija beradi.Etiologiyasi va patogenezi. Xojkin kasalligining kelib chiqishi nomalum. Avvallari bu kasallik odatdan tashqari (ajabmaski, infektsion omil ta’siriga javoban boshlanadigan) yallig'lanish reaktsiyasidir deb hisoblanar edi. Hozir Xojkin kasalligi neoplastik jarayon jumlasiga kiritiladi. Biroq, Be-rezovskiy-Shtemberg hujayralarining qanday paydo bo'lishi noma’lum bo'lib qolmoqda.
  • Ularning yuzasida Г- va B-hujayralar uchun markyorlar yo'q, ular komplement va Fs-retseptorlaridan ham mahrumdir. Shuningdek, hujayralar kulturasida ulaming hujayra pardasi antigenlari jihatidan limfa tugunining parafollikulyar mintaqasida joylashuvchi «dendritik» antigenii hujayralarga o‘xshashligi ma’lum bo'ladi. Dendritik antigenii hujayralar funktsional faolligining susayishi ularning neoplastik xossalarga ega bo ‘lib borayotganidan darak berishi aniqlangan. Xojkin kasalligida T-hujayralar immunitetining susayib ketishi ham, aftidan, shunga bog‘liq. Biroq, Berezovskiy-Shternberg hujayralarining o'sm a hujayralariga aylanib qolish mexanizmi shu vaqtga qadar aniq emas va virusli infektsiyaning (Epshteyn-Barr virusining) ta’siri bor degan fikr ham tasdiqlangani yo‘q.
  • Limfa tugunlarining yallig'lanishi – Limfadenit
  • Limfa tugunlari – immun hujayralarini o'z ichiga olgan kichik oval shakllanishlardir. Ular tananing turli qismlarida uchraydi, shuningdek bo'yin, qo'ltiq osti va chanoq sohalarida to’plamlarni hosil qiladi. Limfa tugunlarining asosiy vazifasi infeksiyaga qarshi kurasha oladigan hujayralarni to'plash va ular orqali oqadigan limfani filtrlashdir. Turli yuqumli kasalliklar jarayonida limfa tugunlari yallig'lanib, limfadenit rivojlanadi
  • Limfadenit turlari va bosqichlari
  • Limfadenitning tasnifi ushbu kasallikning quyidagi turlarini ajratishni o'z ichiga oladi:
  •  
  • - tez rivojlanayotgan infeksiyalar jarayonida sodir bo'lgan o'tkir limfadenit (masalan, angina bilan);
  • - surunkali infeksiyalar (sil, OIV infeksiyasi), onkologik kasalliklar jarayonida kechadigan surunkali limfadenit.
  •  
  • O'tkir yoki reaktiv limfadenit, o'z navbatida, bir necha bosqichlardan o'tadi:
  • - kataral (qon aylanishining kuchayishi, limfa tugunining immun hujayralari bilan to'yinganligi);
  • - giperplastik (limfoid to'qimalarining ko'payishi);
  • - yiringli (davomli og'ir yallig'lanish jarayonida tugun to'qimalarining nekrozi).
  • Yiringli limfadenit tugunning yiringli gazak olishi va atrofdagi to'qimalarga yiring tushishi bilan kechishi mumkin. Kasallikning yanada og'ir shakllari – fibrinoz (organni fibrin bilan singdirishi bilan), ihoroz (chirish), gemorragik (qonga singib ketish), nekrotik (limfa tugunlari to'qimalarining nekrozi)
  • Nonspesifik jarayon stafilokokklar, streptokokklar va boshqa keng tarqalgan mikroorganizmlar tomonidan kelib chiqadi. Spesifik limfadenitda limfa tugunining sil kasalligi haqida gap boradi.
  • Limfadenitni davolash birinchi alomatlar paydo bo'lishi bilanoq boshlanishi kerak.
  • Limfadenit sabablari
  •  

Limfadenitning quyidagi turli sabablari mavjud:

  • Infeksiyalar
  • Chet moddalar yoki antigen ta'siriga javoban immunitet tizimi faollashadi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishi va og'rig'iga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, qo’ltiq limfadeniti infeksiyalangan shikastlanish yoki tananing yuqori qismi to'qimalarining saramas yallig’lanishi jarayonida yuzaga keladi. Ba'zi infeksiyalar (OIV, mononukleoz, zamburug’li va parazitar infeksiyalari) limfa tugunlarining umumiy kengayishiga olib kelishi mumkin. Xususan, uzoq muddatli chov limfadeniti OIV infektsiyasining dastlabki bosqichlariga xosdir.

Limfadenitning quyidagi turli sabablari mavjud:

  • Tizimli yallig'lanish kasalliklari
  • Tizimli teri sili, revmatoidli artrit va boshqa autoimmun jarayonlarda limfa tugunlari yallig'langan immunitet hujayralari bilan to'yinadi, bu ko'pincha ayollarda uchraydi.

Limfadenitning quyidagi turli sabablari mavjud:

  • Onkologik kasalliklar
  • Zararli hujayralar kasallangan organdan limfa tomirlari orqali kirib borishi tez o'sib boruvchi zich shakllanishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Saraton jarayonlaridan tashqari, kasallikning sababi qon kasalliklari (leykemiya, limfoma) bo'lishi mumkin.
  • Limfadenitning belgilari va tashxisi
  • Limfadenit kabi patologiyada alomatlar asosiy kasallik bilan belgilanadi va limfa tugunlariga zarar yetkazilganligi belgilari paydo bo'ladi.
  • Limfadenit alomatlari:
  • - bo'yin, qo'ltiq osti va chov qismda kengaygan, og'riqli limfa tugunlari;
  • - isitma, burun bitishi, tomoq og'rig'i;
  • - oyoq-qo'llarining shishishi;
  • - tunda terlash;
  • - limfa tugunlari zichligining oshishi.
  • Jag’ osti limfadeniti o'tkir nafas yo'llari infeksiyalari, tish kasalliklari, otit, sinusit, tonzillit bilan birga keladi. Xuddi shu sabablar bo’yin limfadenitini keltirib chiqaradi.
  • Eʼtiboringiz uchun rahmat

Download 14,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish