Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet146/149
Sana23.06.2023
Hajmi2,39 Mb.
#952980
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
02.ZooAmaliy (2)

Uyga vazifa:
Sut emizuvchilarning skeleti mavzusini o’qing.

Mavzu: Sut emizuvchilarning skeleti

Darsning maqsadi: Sut emizuvchilarning skeleti va muskul sistemasini qushlarnikiga taqqoslab o’rganish.

Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Sut emizuvchilarning skeleti ham boshqa umurtqali hayvonlar skeletiga o’xshash bosh, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ularni kamarlarining skeletlaridan iborat.
Bosh skeleti miya qutisining kattaligi bilan xarakterlanib, ustki jag’, yonoq va tangacha suyaklaridan hosil bo’lgan. Chakka yoyining bo’shlig’i, suyaklar umumiy sonining kamayishi va 2-ta ensa bo’rtmasi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Pastki jag’ faqat 1 juft tish suyagidan tashkil topgan.
Umurtqa pog’onasi 5 bo’limga – bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlariga bo’linadi. Sut emizuvchilar umrtqa pog’onasining eng xarakterli belgilaridan biri bo’yin umrtqasining yettita bo’lishidir.Umurtqasida yassi bo’g’im yuzalari bor. Umurtqalar yumshoq tog’ay diskalari – menisklar bilan bir-biridan ajralgan.
Yelka kamari orqa tomonidan tarog’i bo’lgan uchburchak shakldagi kurak, korakoid va o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Korakoid kichrayib korakoid o’simtasi ko’rinishida kurak suyagiga qo’shilib ketadi. O’mrov suyagi krot, qo’lqanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarida yo’qolib ketgan. Chanoq kamari 2-ta nomsiz suyakdan iborat bo’lib, bularning har biri yonbosh, qov va quymich suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Sut emizuvchilarning chanog’i yopiq bo’ladi, ya’ni ikkala tomonining qov va quymich suyaklari o’rtada o’zaro qo’shiladi.
Erkin oyoqlar skeleti quruqda yashovchi umurtqali hayvonlardagi singari tipik tuzilishga ega. Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti keskin o’zgarishi mumkin. Keyingi oyoqda sut emizuvchilarga xos bo’lgan to’piq suyagi va tizza kosasi suyagi bo’ladi.
Muskul sistemasi juda takomillashgan va xilma-xildir. Ko’krak va qorin bo’shliqlarini ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli juda xarakterlidir. Sut emizuvchilarda terini harakatga keltiruvchi teri osti muskuli kuchli rivojlangan. Ayniqsa maymunlarda kuchli rivojlangan va ularni bosh miyasining yuz qismida joylashgan mimika muskullari diqqatga sazovordir.


Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish