Ikkinchidan, ozishga yordam berib, vaznni bir ko‘rsatkichda tutib turadi



Download 12,86 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi12,86 Kb.
#301876
Bog'liq
xotira


Odam organizmining 75 foizini suv tashkil etadi — deydi poytaxtimizdagi 23-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori Dilfuza OCHILOVA.

— Tana a’zolaridan miyaning 85, yurakning 71, buyrakning 82, jigarning 70, o‘pkaning 80 foizi suvdan iborat. Shundan ham suvning xuddi havodek tanamizga zarur ekanini bilish mumkin. Ko‘pchilik kuniga qancha toza suv ichish kerakligini bilmaydi. Ya’ni, bu har kimniki alohida bo‘ladi, degani. Negaki, kimningdir bo‘yi baland, birov pakana, ba’zilar semiz, boshqasi ozg‘in. Buni bilish uchun tana og‘rligini 30 ga ko‘paytirish kerak. Masalan, tana og‘irligingiz 50 kilogramm. 50 x 30 = 1500. Demak, siz uchun bir kunlik me’yor bir yarim litr. Ayrimlar organizmga shuncha suv nima uchun lozim, deb o‘ylashi mumkin.

Birinchidan, suv organizmni zaharli toksinlar va ichaklardagi shilliqlardan tozalaydi.

Ertalab uyqudan turgach, bir stakan iliq suv ichishni odat qilsangiz, u saraton, diabet, artrit, ko‘ksov, sil va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarning oldini oladi.

Ikkinchidan, ozishga yordam berib, vaznni bir ko‘rsatkichda tutib turadi.

Uchinchidan, quvvat, tetiklik, yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

To‘rtinchidan, qarish jarayonini sekinlashtiradi va yosh ko‘rinishga yordam beradi.

Albatta, bunda suv ichish tartibiga rioya etish ham zarur. Buning uchun ertalab bir stakandan uch stakangacha iliq suv tavsiya etiladi. Sovuq suv ichmang, chunki u spazm, ya’ni ichaklarning qisilishiga olib keladi. Suv ichgandan so‘ng, albatta, qirq daqiqa vaqt o‘tishi kerak. Chunki shu vaqt orasida suv organizmdagi zaharlarni yuvib ketadi. Nonushta yoki ovqatdan so‘ng ikki soat davomida suv ichmaslik kerak. Eng asosiysi, birdaniga ko‘p suv ichmang. Miqdorini asta-sekin ko‘paytirib borish lozim. Bir hafta davomida hammasini me’yorida ushlasangiz, organizmning o‘zi bu tartibga o‘rganib qoladi.

dukkakli mahsulotlar muntazam isteʼmol qilish natijasida - tonusni oshiradi, immun va asab tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi, qon bosimini pasaytiradi va viruslardan himoya qiladi.

Toʻgʻri ovqatlashish mutaxassislari soʻzlariga koʻra, talab qilinadigan Omega-3 miqdorini olish uchun haftasiga kamida 2-3 marta baliq isteʼmol qilish kerak. Vitamin va foydali elementlarini saqlab qolish uchun mahsulotni qovurish kerak emas.

Xotirani mustahkamlaydigan yana bir mahsulot bu tuxum sarigʻi. Uning tarkibida D va V vitaminlari, foliy kislotasi va xolin moddalariga juda koʻp.

Xotira nega pasayadi?

Inson xotira funksiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida o‘z funksiyasini o‘zgartirishi mumkin. Shifokorlar fikricha, xotirani pasayishiga quyidagi bir qator holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

Zo‘riqish – jismoniy va aqliy;

Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash;

Surunkali uyqusizlik;

Surunkali stress holatlari;

Kuchli bir martalik stress;

Sigaret chekish;

Spirtli ichimliklar ko‘p ichish;

Narkotiklar qabul qilish;

Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar;

Insult;

Bosh-chanoq suyagi travmalari (ochiq va yopiq);

Qalqonsimon bez kasalliklari;

Qon tomirlar kasalligi;

Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi;

Ba’zi dori preparatlarini qabul qilish.

Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganlarida yoki yuqori sinfga o‘tganlarida xotiralari susaygani seziladi, bu esa bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni urishmasliklari zarur.

Xotira pasayganlik belgilari

Xotira pasaygan holatlarning barchasida ham davo talab qilinavermaydi. Medikomentoz davo va xalq tabobati bilan muolajalar o‘tkazish uchun ko‘rsatma, xotiraning qisqa muddatlarda tiklanmasligi bo‘la oladi. Masalan:

Biror bir narsani esda saqlab qolishga istak bo‘lsada, ularni yodda saqlab qola olmaslik;

Doimiy unutib qo‘yish;

Katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyati yo‘qolishi.

Xotira uchun foydali usullardan biri “chapaqay” qo‘l mashqini bajaring. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi.

Xotira mashqlariga o‘qiyotgan paytingizda ikkita bir xil kelgan harflarni topish va ularga e’tibor qaratish ham miyani ishlashga majburlaydi.

Xalq tabobati orqali xotirani tiklash

Bolalar uchun

Yosh bolalar xotirasini tiklash uchun dori preparatlaridan foydalangandan ko‘ra, xalq tabobatiga murojaat qilgan yaxshiroq.

Eng oddiy va mazali bo‘lgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishi va nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari banan iste’mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira susayishining bir sababidir.

Asal va yalpiz xotirani mustahkamlash xususiyatiga ham ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib 2 stakan qaynagan suvga soling, eritmani 30 daqiqa og‘zi yopiq idishda saqlab, so‘ng unga 2 choy qoshiq asal aralashtiring. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turing, uni qabul qilishning chegarasi yo‘q, istagiga qarab ichilaveradi. Asal va yalpiz nafaqat xotirani tiklaydi, balki immunitetni ham oshiradi.

Xotirani tiklash uchun salat. Qirg‘ichdan chiqarilgan sabziga mayiz va yong‘oq aralashtiring. Unga yogurt qo‘shib bolaga bering. Bundan tashqari salatga asal ham qo‘shsa bo‘ladi, bolakaylar bunday salatni maza qilib yeyishadi. Uning tarkibidagi moddalar nerv tizimi zo‘riqishlari, stressdan xalos etib xotira tiklanishiga yordam beradi.

Xotirani yaxshilash uchun tabiiy mahsulotlar

Budan tashqari, quyidagi tabiiy mahsulotlar ham xotirani yaxshilashga, mustahkamlashga yordam beradi:

Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste’mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, yarimto‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyadagi qon ta’minotini yaxshilaydi.

Karam. Miya faoliyatini me’yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stress (xotiraning va aql-idrokning susayishi)lardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.

Yong‘oq dofaminga boy bo‘lib, fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq-bu bir sutkalik meyor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishining oldini oladi.

Sarimsoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani tiklaydi, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga ham to‘sqinlik qiladi.

Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli (struchkovoy) mahsulotlar va non tarkibida mavjud.

Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta’sir etadi. Baliq, karam va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud.

Bor. Agar u yetishmasa, miya faoliyati pastlab ketadi. Shuning uchun ham olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste’mol qilib yuring.

Magniy. Nerv impulslarini o‘tkazishga javobgar. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi.

Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar va ko‘k sabzavotlar tarkibida mavjud.

Vitamin C. Na’matak, qora qarag‘at (smorodina), chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), sitruslar, qizil qalampir, yerqalampir, petrushka, piyoz, shivit (ukrop) va karam tarkibida mavjud.

B vitaminlar guruhi. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 – kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 – go‘sht, mol jigari, baliq mahsulotlari tarkibida ko‘plab uchraydi.

Xotira pasayishidan qanday saqlansa bo‘ladi?

Xotira susaymasligi uchun bir qator oddiy usullar bor. Ular nerv tizimini sog‘lom holatda saqlashga va xotirani pasaymaslik uchun yordam beradi. Profilaktik chora tadbirlarga quyidagilar kiradi:

Bir kunda kamida 2 litr suv ichish (suyuq ovqatlardan tashqari);

Ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish;

Kunlik xotira mashqlarini bajarish;

Har kuni toza havoda sayr qilish;

Zararli odatlardan voz kechish;

Bir sutkada kamida 8 soat uxlash;

Vaqti-vaqti bilan dam olib turish;

Stresslardan maksimal darajada qochish.



Yuqorida sanab o‘tilgan chora tadbirlarni bajarib, hattoki qarilik vaqtida ham xotiralarni saqlab qolishingiz mumkin. Salomat bo‘ling!
Download 12,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish