28
XULOSA
Men kurs ishimning xulosa qismida quyidagi fikrlarimni bayon etmoqchiman.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bir qancha qonunlar qabul qilindi. Ana
shunday qonunlardan biri “Ta’lim to’grisida”gi qonundir. Bu qonunng asosiy maqsadi:
ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to’la
xalos etishdan iboratdir.
1. Rivojlanayotgan davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi qonundan kelib chiqib,
geografiya bilimlarini o’zlashtirishda yuqori darajadagi natijalarga erishish va jahon
andozasiga mos usullardan foydalanish.
3. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, urf-
odatlarimiz an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash.
Demak, geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib ob-havo va
iqlim mavzusini o’tish noan’anaviy darslarni tashkil etish o’quvchilarga
geografiya
fanini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Geografiya ta’limida yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish, o’z mohiyatiga ko’ra sub’ektiv
xususiyatga ega. Har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,
kasbiy
mahoratidan kelib chiqib, ijodiy tashkil etishi lozim Iqlim haqidagi tushuncha va
joyning iqlimini va boshqa joylarning iqlimlari bilan taqqoslash misolida hosil qiladi.
O‘qituvchi bu maqsadda darslarga tayanar ekan,
tipik ob-havoning mavsumlar
bo‘yicha tasvirini va joyi iqlimining tacvirini yozadi. Bunda o‘qituvchi bir necha yil
davomidagi o‘z kuzatishlari hamda shu joydagi meteorologiya stansiyasi
ma’lumotlaridan va adabiyotlaridan foydalanadi. Iqlimni o‘zgarishiga bag‘ishlangan
darslar suhbati metodi bilan o‘qitiladi. O‘qituvchi dastavval o‘quvchilarga o‘z joyining
ob-havo xususiyatlarini yilning turli fasllari bo‘yicha ta’riflab berishini taklif etadi.
So‘ngra bir qancha yillik ob-havo xusussiyatlarini yil fasllariga tahrirlanadi.
Masalan: iqlimning dengiz va okeanlarnnig uzoq-yaqinligiga bog‘liq ekanligini
o‘rgatish uchun mashqlarni taklif etadi. Masalan bir xil geograf kenglikda,
lekin
dengizlardan turlicha masofada bo‘lgan 2-3 joyda kartadan ko‘rsatiladi. O‘qituvchi bu
29
joylarning iqlimi to‘g‘risida ba’zi bir ma’lumotlar keltiradi va o‘qituvchilar bu
joylarning iqlimi bir-birilaridan nima uchun farq qilishini tushuntirib berishini taklif
etadi. Tushuntirish vaqtida quruqlik bilan turlicha isishi bilan o‘qituvchilarga ma’lum
bo‘lgan faktni keltirib, dengizdan uzoq bo‘lgan va dengizga yaqin joylashgan turli
joylari va ularning farq qilish to‘g‘risida xulosa chiqaradi va turishiga jalb qiladi.
Shunday qilib o‘quvchilar iqlim, ob-havoning shu
joyda har yili takrorlanib
turadigan oddiy holati ekanligiga tushunib oladilar. Iqlim tushunchasini aniqlab olish
uchun o‘z joyining iqlimi O‘zbekistondagi viloyatlarning yoki boshqa mamlakatlarning
iqlimi bilan taqqoslanadi. Shunday qilib dunyodagi turli joylarning farq qilishi
ko‘rsatiladi.
Boshqa omillarning iqlimga ta’siri ham xuddi shu yo‘l bilan tushuntiriladi.
Iqlimni o‘rganish o‘z joyining iqlim xususiyatlarini ko‘rib
chiqish va bu iqlimning
shunday bo‘lishiga qanday sabablar ta’sir etishini tushuntirish bilan tugaydi.
Mavzuni o‘rganishni meteorologiya yoki geografiya maydonchasiga kuzatish olib
borish bilan tugallash maqsadga muvofiqdir. Sayohat vaqtida barcha o‘quvchilar
stansiyaning ishi bilan tanishdilar. Shu bilan birga har bir guruhga quyidagicha
topshiriqlar beriladi;ob-havo elementlaridan
birini kuzatish , shu joy uchun xos
bo‘lgan tegishli iqlim ko‘rsatkichlarini bilib olish Bunday topshiriqlardan birini misol
qilib keltiramiz. namlik va yog‘in sochinning kuzatilishi bilan tanishing. Havodagi
yog‘in-sochinning kuzatilish bilan tanishing qilib aniqlanishini
va bu sabablar qanday
tuzilganligini o‘z joyimizda bir yilda yog‘adigan yog‘inlarning umumiy miqdorini va
ularning oylar bo‘yicha qanday taqsimlanishini bilib oling.
Kuzatish natijalarini yakunlash darsida har bir guruh o‘z ishi to‘g‘risida hisob
beradi va o‘z oldiga qo’yilgan savollarga javob qaytaradi. Ana shu yo‘l bilan mavzu
yuzasidan egallangan BKMlari takrorlanadi hamda mustahkamlanadi
va ayni vaqtda
mahalliy iqlimning xususiyatlarini ta’riflay oladilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bitiruv malakaviy ishida gaeografiya
ta’limida ob-havo va iqlim mavzusini o’tishda noan’anaviy darslarni tashkil etish
o’quvchilarni geografiya faniga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: