23
2-BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA OB-HAVO VA IQLIM
MAVZULARINI O‘TISH
2.1.Ob-havo va iqlim.
Hayotimizda ob-havoning ahamiyati juda kattadir.
Hozirgi kunda kishilar
o‘zlarining amaliy faoliyatini kutilayotgan ob-havo sharoitiga qarab rejalashga harakat
qiladilar.
Odamlar, ayniqsa, ob-havoning noqulay hodisalarini oldindan bilsa, ularning
zararli ta’siridan saqlanish uchun ehtiyot choralarini ko‘radilar.
Shuning uchun ham
hozirgi vaqtda radio va oynai jahon orqali ob-havo haqida beriladigan ma’lumotlarni
zo‘r qiziqish bilan eshitmaydigan kishilar kamdan-kam topiladi.
Xo‘sh, ob-havoning o‘zi nima? Kundalik hayotimizda ob-havoni juda qisqa
ta’riflashga o‘rganib qolganmiz: havo ochiq, havo bulutli, havo sovuq yoki iliq deymiz
va hokazo. Biroq ob-havoga beriladigan bunday ta’riflar aniq emasligi ko‘pincha
ko‘zga yaqqol tashlanib qoladi.
Aprel oyida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa yaylov va bahorikor o‘simliklar uchun
juda foydalidir. Yomg‘ir yog‘ishi tufayli yerda nam to‘planib, o‘simlik o‘sishiga qulay
sharoit tug‘iladi. Shuning uchun g‘allakorlarimiz va
chorvadorlarimiz bunday ob-
havoni yaxshi ob-havo deb ataydilar. Biroq qizg‘in chigit ekish davri bo‘lgan aprel
oyidagi yog‘ingarchilikka paxtakorlarimiz boshqacha baho beradilar. Yog‘ingarchilik
natijasida ivigan tuproq ekish ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazishga sezilarli darajada
to‘sqinlik qiladi: ish ko‘payib muhim
agrotexnik tadbirlar kechikadi, chigit ekish
belgilangan muddatida o‘tkazilmaydi. Shuning uchun paxtakorlarimiz bunday ob-
havoni yomon ob-havo deb ataydilar.
Ko‘rinib turibdiki, ob-havoning aytib o‘tilgan qisqacha ta’rifi xalq xo‘jaligi uchun
kifoya qilmaydi.
Ob-havo - atmosferaning uzluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi holati.
Mazkur
joyda shu ondagi yer yuzasi va erkin atmosfera ob-havosi meteorologik kattaliklar
(harorat, bosim, havo namligi, shamol va b.) qiymatlari va atmosferadagi suv bug‘lari
kondensatsiyasi va shamol xususiyatlariga bog‘liq holda
vujudga keluvchi hodisalar
(bulut, tuman, momaqaldiroq, qor bo‘roni, qasirg‘a va h.) yig‘indisi bilan aniqlanadi.
24
Insonning amaliy faoliyatidan kelib chiqqan holda meteorologik kattaliklar va
hodisalarning har xil majmui tanlab olinadi. Ob-havoni "yaxshi" yoki "yomon"ligi
shunga ko‘ra baholanadi.
Birorta meteorologik elementning o‘zgarishi boshqa elementlarning o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi, shuning uchun ob-havo holati hamma vaqt o‘zgarib turadi.
Shunga
qaramasdan ilm-fan va zamonaviy texnik jihozlar bilan qurollangan shu soha
mutaxassislari kelgusidagi ob-havoni oldindan aytib bera oladilar. Bunda, albatta, hech
qanday ajablanarli sir yo‘q. Tabiatdagi boshqa hodisalar kabi,
ob-havo holatining
o‘zgarishi ham ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi: ob-havoning har qanday o‘zgarishi
muayyan ob’ektiv sabablar bilan vujudga keladi. Ob-havoning ana shu o‘zgarish
sabablarini o‘rganib, uning o‘zgarish qonuniyatlarini bilib olish, uni oldindan aytib
berishga imkon beradi. Ya’ni, atmosferada ro‘y beruvchi barcha jarayon va hodisalarni
sinchiklab o‘rganish va tahlil etish kerak bo‘ladi.
Biror hududning iqlimi o‘sha hududdagi ob-havo bilan uzviy bog‘langanligini
ko‘pchilik biladi. Shu sababli, eng avval
Do'stlaringiz bilan baham: