Birinchi dars
Modul. Adabiyotshunoslik fanining umumiy asoslari
Mavzu. Badiiy adabiyotda mavzu va g’oya
Reja:
Mavzu nima?
Badiiy g’oya
Hayotiy mazmun
Tayanch so’z va iboralar. Mavzu, bosh mavzu, mavzular doirasi, tematika badiiy g’oya, g’oyaviy mazmun, hayotiy mazmun, mazmunnig abadiyati.
Adabiyotlar
1. Fitrat. Adabiyot qoidalari. - Т., 1995.
2. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.,1993.
3 Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. - Т., 1995.
4. Toshmuhamedova L. Qodiriy teatr va kino san'ati haqida // 0'zbek tili va adabiyoti. 2001. - №6. - B.56-59.
5. Ортега-и-Гассет. Дегуманизация искусства. - М.: Радуга, 1991.
6. Тен И. Философия искусства. - М., 1996.
7. ПотебняА. Эстетика и поэтика. - М., 1976.
8. Ворев Ю.Б. Эстетика - М., 1988.
9. Минералов Ю.И. Теория художественной словесности - М.,1999.
1. Mavzu nima? Yozuvchini hayajonga solgan va qo’liga qalam olishga majbur etgan hayotiy material „mavzu" deb ataladi. „O’tgan kunlar" romanining mavzusi o’zbek xalqining XIX asr ikkinchi yarmidagi hayotidir. Mavzu odatda yozuvchi yoritmoqchi bo’lgan ijtimoiy yoki axloqiy muammo bilan birga tug’iladi. Shuning uchun ham „O’tgan kunlar" romanining qisqacha so’z boshisida muallif asar mavzusini tilga olganda, uning qaysi ruhda, qanday g’oyaviy nuqtayi nazardan yoritilishini (ya'ni muammoni) ham bab-baravar eslaydi. Mavzu hali asarning butun mazmuni emas, balki shu mazmunni aniqlashga va badiiy ifoda etishga chaqiruvchi bir ishoradir. Mavzu muallifning tajribasida tug’iladi, hayot uni yozuvchining qulog’iga quyadi, ammo uning taassurotlar xazinasida shakllanmagan holda uya solib yotadi va obrazlarni ifodalashni talab etib, yozuvchida uni shakllantirish uchun intilish tug’diradi. Demak, mavzu yozuvchi ongi va qalbida hali badiiy shakllantirishni talab qilib yotuvchi hayotiy material va ijtimoiy-axloqiy masaladir.
Bir mavzu turli yozuvchilar hayotiy tajribasining xilma-xilligiga va har bir yozuvchi bu mavzuning qaysi qirrasiga e'tibor berishiga qarab turlicha yoritilishi mumkin. S. Ayniy „Qullar", A. Qodiriy „O’tgan kunlar" va „Mehrobdan chayon" romanlarida bir-biriga yaqin tarixiy o’tmish materialiga murojaat etadilar, ya'ni ikkala yozuvchi ijodida mavzu jihatidan yaqinlik bor, amm ularning asarlari mazmun va obrazlar tizimiga ko’ra bir-biridan jiddiy farqlanadi.
Hatto bir yozuvchining o’zi bir hayotiy materialga qayta-qayta murojaat etganda ham mavzu jihatdan bir-biriga yaqin, ammo mazmun tomondan bir-biriga o’xshamaydigan asarlar yaratadi. Qodiriyning „O’tgan kunlar" mavzusi haqidagi so’zlarini „Mehrobdan chayon" romani haqida ham aytish mumkin, ammo ma’lumki, ular mazmunan boshqa-boshqa mustaqil asarlardir. Misol uchun birgina asarning bosh qahramonlari masalasini olaylik. „O’tgan kunlar"da Yusufbek hoji va Otabek kabi zodagonlar, „Mehrobdan chayon"da esa Anvar kabi kambag’al oilada tug’ilib, ruhoniy xonadonida tarbiya topgan ziyoli taqdiri tasvir markazida turadi.
Shunday qilib, bir mavzu har xil yozuvchilar ijodidagina emas, bir yozuvchi ijodida ham xilma-xil qirrasi bilan turlicha badiiy ifoda topishi mumkin. Shu ma'noda, ba'zi yozuvchilarning ijodida yagona „bosh mavzu" borligi, har bir asarida shu „bosh mavzu"ning turlicha qirralari aks ettirilishi haqida gapirish mumkin. Yuqorida aytilganidek, A. Qodiriy ijodining bosh mavzusi „tariximizning eng kir, qora kunlari"dir.
Mavzular doirasining adabiyot uchun ahamiyati. Adabiyotda „ishlangan" mavzularning ko’pligi va xilma-xilligi, ya'ni mavzular doirasining kengligi uning balog’ati va katta ijtimoiy rolidan dalolat beruvchi ijobiy hodisalardan biridir. Faqat o’z davri hayotining eng muhim tomonlarini keng qamrab olgan adabiyot va uning vakillarigina jamiyat hayotida katta ijobiy rol o’ynay oladilar.
Adabiyotning mavzular doirasini kengaytirish uchun kurash ilg’or yozuvchilar faoliyatida doimo markaziy vazifalardan biri boiib keldi va shunday boiib qoladi. Ammo mavzuning bir o’zigina yozuvchi asarining va butun adabiyotning katta ijtimoiy rolini ta'min etolmaydi: har bir mavzu unga munosib badiiy saviyada „ishlanganda"gina asar badiiy ijod hodisasi boiib, o’zining g’oyaviy-estetik vazifasini toia bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |