Qarshi davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi adabiyotshunoslik


Mazmunning shaklga va shaklning mazmunga ega bo’lishi masalasi



Download 2,64 Mb.
bet7/77
Sana01.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
Адабиётшунослик 2021

1. Mazmunning shaklga va shaklning mazmunga ega bo’lishi masalasi. Mazmun va shakl badiiy asarni tahlil qilish jarayonida uni bir butunlikda to’g’ri tushunishimizga imkon beradigan, o’zaro uzviy bog’langan ichki va tashqi tomonlardir. Chunki, mazmun badiiy asarning mohiyatini ifodalasa, shakl shu mohiyatning namoyon bo’lishi, ya’ni ifodalanish usulidir. Shu ma’noda badiiy asarning mazmuni unda aks etgan hayotiy faktlardan iborat bo’ladi. Bu faktlar esa yozuvchining ma’lum nuqtai-nazari asosida yoritiladi. Chunonchi, badiiy asarda (hikoya, roman yoki pyesada) odamlar, ularning o’zaro aloqalari, turmush voqyea-hodisalari aks ettirilar ekan, bularning hammasi shu asarda bir butunlikni tashkil etadi. Bu bir butunlik, tabiiyki, turmushni obrazli aks ettirish tufayli vujudga keladi.
Inson esa hayotda yakka holda yashamaydi, u doim o’zini o’rab olgan muhit, odamlar, tabiat bilan aloqada bo’ladi. Shu sababli badiiy asarda inson u yashayotgan hayotiy sharoit bilan birlikda, ayni paytda individual va umumlashtirilgan holda ifodalanadi.
S. Ayniyning «Qullar» romanida ham biz yuz yildan ortiqroq (1825-1933) tarixiy voqyealarning mehnatkashlarga mansub uch avlodi vakillari obrazida aks ettirilganini ko’ramiz. Rahimdod – o’tmishda zulm ostida ezilgan, hayoti qullikda o’tgan avlodlar vakili. Ergash va Safarqul ongida yangi tushunchalar paydo bo’lib, yangi hayot uchun kurashganlarning umumlashma obrazlaridir.
Demak, «Qullar» romanida tasvirlangan obrazlar sistemasida faqat u yoki bu obrazgagina emas, balki bir-biriga qarama-qarshi ikki ijtimoiy guruhga xos xarakterlar umumlashtirilgan bo’lib, bu badiiy umumlashmalar har ikkala asarning g’oyaviy-tematik mazmunini tashkil etgan. Chunki yozuvchi tanlagan hayot voqyea-hodisalari tasvirida asar mazmuni va yozuvchining g’oyaviy pozitsiyasi ifodalanadi. Asar temasi ham uning mazmunidan kelib chiqadi. Yozuvchi hayot materialini o’z dunyoqarashiga, o’z manfaatlariga muvofiq tanlagani uchun uning shu voqyea-hodisalarga bo’lgan munosabati va ularni tasvirlashdagi nuqtai nazari adabiy asarning g’oyaviy mazmunini, ya’ni yozuvchining badiiy umumlashmalari asosidagi yetakchi fikrini, voqyelikka bergan goyaviy bahosini belgilaydi. Bu g’oyaviy mazmun yozuvchi tanlagan hayotiy voqyea va lavhalar tasvirida, asarda ishtirok etadigan obrazlar hatti-harakati, o’y-fikrlari, kechinmalari va xarakterida mujassamlashadi, ya’ni mazmun shaklga ega bo’lib, o’z mohiyatini butun to’laligi bilan namoyon qiladi.
Shunday qilib, adabiyotda mazmunning shaklga ega bo’lishi g’oyaviy-tematik negizning inson xarakterida namoyon bo’lib, uning kechinmalari va hatti-harakatlari orqali yozuvchi qayta ishlagan hayotiy materialni konkretlashtirishi va ravshanlashtirishida amalga oshadi. Inson hatti-harakatlari adabiy asarda kompozitsiya va syujetda, uning o’y-fikrlari, his-tuyg’ulari va kechinmalari esa asar tilida ochiladi. Shu zaylda asar mazmuni uning shaklini–yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralar, xarakterlar, obraz va personajlar, syujet voqyealari, asar kompozitsiyasi va tilini belgilaydi.
Binobarin, mazmunning shaklga va shaklning mazmunga ega bo’lishi masalasi adabiy asarning barcha tomonlarini o’z ichiga qamrab oladi. Adabiy asar qurilishining shu asosiy qonunini chuqur tasavvur etgan taqdirdagina, uni analiz qilishning prinsip va metodlarini aniq belgilab olishimiz mumkin bo’ladi.
2. Obraz va tipiklik. Obraz san’at va adabiyotning obrazlar vositasida voqyelikni aks ettirish haqidagi asosiy tushunchasidir. Adabiyot va sa’nat voqyelikni obrazlar vositasida aks ettirar ekan, har bir asarda tasvirlangan narsa, predmet yoki ishtirok etuvchi shaxslar keng ma’noda obraz deyiladi. Ammo obraz termini san’at va adabiyotda biroz chegaralangan ma’noda-faqat insonga nisbatan qo’llaniladi. Chunki obyektiv hayotdagi hamma narsa inson izmida ekan, demak, adabiyot va sa’natda ham inson obrazi yetakchilik qiladi. Obraz termini xuddi shu ma’noda obrazlilik tushunchasining eng muhim o’zak qismini tashkil etadi. Shunga ko’ra, adabiyotda ishlatiladigan qahramon, adabiy tip, obraz-xarakter, obraz-personaj kabi terminlar sinonim tushunchalar bo’lib, ularning barchasi kishilarning jamiyat va tabiat bilan bog’liq holdagi badiiy tasviridan iboratdir.
Inson xarakteri va uning ijtimoiy qarashlari epik, dramatik, lirik-epik asarlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu asarlarda peyzaj va buyum obrazi, lirik motivlar, ya’ni keng ma’nodagi obrazlar muhim ahamiyatga ega bo’lsa ham, ular asosiy maqsadga-inson faoliyatini va uning hayotga bo’lgan munosabatini o’rganishga xizmat qiladi. Peyzaj va buyum obrazi ayrim asarlarning asosiy mazmunini tashkil etishi mumkin. Ammo ularda ham, asosan, inson ko’zga tashlanadi: yozuvchi peyzaj va buyum obrazida kishilarning, ma’lum davrdagi sotsial guruhining dunyoqarashi va his-tuyg’ularini aks ettiradi.
Demak, adabiyot va sa’natda inson obrazi bo’lmaganda edi, qolgan barcha narsalar (keng ma’nodagi obrazlar) ma’nosiz va mohiyatsiz bo’lib qolar edi. Shu tarzda konkret insonga nisbatan qo’llanilgan obraz terminini shunday ta’riflash mumkin: yozuvchining hayotiy kuzatishlari asosida shakllangan, uning badiiy to’qimasida aks etgan, ma’lum g’oyani tashuvchi inson hayotining konkret va ayni paytda umumlashgan tasviri obraz deb ataladi.
Obraz asarda tutgan o’rni va vazifasiga ko’ra, adabiyotda personaj, bosh obraz, ikkinchi darajali obraz, xarakter, tip kabi terminlar bilan ifodalanadi. Chunonchi, personaj badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar jamini anglatadi. Agar personaj asar voqyealari markazida turib, syujet voqyealarini harakatga keltirsa, asar konfliktining hal etilishida yetakchi rol o’ynasa, yozuvchining g’oyasini ifodalasa, u asarning bosh obrazi sanaladi. Personaj asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g’oyasini ifodalashga, uni to’ldirishga xizmat qilsa, u ikkinchi darajali obraz hisoblanadi.
Obraz tushunchasi xarakter tushunchasi bilan bog’liq bo’ladi. Lekin obraz xarakterga nisbatan keng tushuncha bo’lib, xarakter obrazning mukammallashgan, turli xususiyatlari aniq ko’rinib turgan, individual xususiyatlari kashf etilgan obrazdir. Har qanday obraz xarakter bo’la olmaydi, lekin har qanday xarakter obraz sanaladi. Xarakterning g’oyat mukammallashgan ko’rinishi esa, ya’ni xarakterga xos xususiyatlarni butun to’laligi bilan aks ettiruvchi individuallashtirilgan shaxs obrazi tip deyiladi. Shuning uchun badiiy tip hamma vaqt, hamma sharoitda o’z mukammalligini saqlaydi.
Shunday qilib, obraz adabiy asarda yozuvchining turmush tajribalari va inson xarakteri ustida olib borgan kuzatishlarini, kishilarga bo’lgan munosabati, fikr va qarashlarini badiiy ifodalashning o’ziga xos usulidir. Yozuvchi inson xarakterini aks ettiradi, tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda yaratadi, ma’lum davr va sotsial guruh uchun xarakterli bo’lgan voqyealarni individuallashtirilgan tipik obrazlar orqali yoritadi. Shu tarzda adabiy asarda tipiklikni ifodalaydi. Demak, adabiy asarda tipiklik tushunchasi turli tarixiy davrlarda hayotiy voqyealar, ma’lum kishilar guruhi uchun xarakterli xususiyatlarni yorqin ifodalovchi narsa, hodisa yoki shaxsni anglatadi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


1. Badiiy asardagi mazmun va shakl birligini qanday tushunasiz?


2. Asar mazmunining shaklda namoyon bo’lishiga qanday ifoda usullari xizmat qiladi?

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish