Qarshi davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi adabiyotshunoslik



Download 2,64 Mb.
bet9/77
Sana01.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#421590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
Адабиётшунослик 2021

1. Epik tur janrlari. Epik turda tasvirlanayotgan voqyelik, asarda ishtirok etuvchi turli personajlar hatti-harakati, kechinmalari ko’proq avtor hikoyasi orqali ko’rsatiladi. Lirik turda esa voqyelik ayrim shaxsning kechinmalari, o’y-fikrlari orqali ko’rsatilsa, dramatik asarlarda voqyelik bevosita ishtirok etuvchi konkret shaxslarning hatti-harakati, nutqlari orqali ochiladi.
Bu uch turga mansub badiiy asarlar ham hayotiy voqyealarni aks ettirishning shakl va usullari jihatidan yanada mayda xillarga bo’linadi. Ana shu xillar adabiyotshunoslikda janr deb ataladi. Demak, adabiy janr badiiy asarlarning o’ziga xos kompozitsion qurilishiga, badiiy tasvir prinsiplariga, vositalari va usullariga, o’ziga xos bayon usullari va hayotiy qamrov imkoniyatlariga ko’ra turkumlaridir. Masalan, epik tur roman, povest hikoya, doston kabi janrlarga bo’linadi. Har bir janr ham tasvirlangan voqyealarning xarakteri, mavzusi, tasvir usuli va prinsiplariga qarab yana mayda turkumlarga bo’linadi. Bunday janr xillari shartli ravishda janrning ichki turkumlari deb ataladi. Masalan, roman janrining tasvirlanayotgan voqyealar xronologiyasiga ko’ra, tarixiy roman, zamonaviy roman, mavzusiga ko’ra ishqiy roman, maishiy roman, fantastik roman va hokazo turkumlari mavjud bo’lib, bular roman janrining ichki bo’linishini ko’rsatadi. Bu ichki turkumlar o’zlari mansub bo’lgan janr xususiyatlarini aks ettirganidek, adabiy janrlar ham o’zi mansub bo’lgan adabiy tur xususiyatlarini aks ettiradi.
Turli yozuvchilarning bir xil janrdagi asarlariga nazar tashlasangiz, ular o’rtasida o’xshashlik yo’qligini ko’rasiz. Ular g’oyasi, materiali, xarakteri, syujeti, tili jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, Sadriddin Ayniyning «Qullar» romani bilan Oybekning «Qutlug’ qon» romani ana shu jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Epos hozirgi vaqtda tor va keng ma’nolarda ishlatiladi. Chunonchi, epos tor ma’noda og’zaki yaratilgan va biror cholg’u asbobi jo’rligida ijro etiladigan, xalqning qahramonona o’tmishi va orzu-umidlarini ifodalovchi epik asarlarni anglatadi. (Masalan, o’zbek xalq dostonlari, rus bilinalari, ukrain dumalari kabi.)
Keng ma’noda epos voqyeband badiiy asar bo’lib, u qadimda qabila yoki urug’ning maishiy hayotini hikoya qiluvchi og’zaki va yozma shakldagi asarni anglatgan. Bu asarlar asta-sekin taraqqiy etib, she’riy va nasriy yo’lda yozilgan mukammal badiiy asarlarga aylandilar. Bu jarayonda epik asarlar takomillashib, turli kompozitsion vosita va usullarga ega bo’ladi, o’ziga xos badiiy til xususiyatlarini kasb etadi. Epos dastlab voqyelikni o’z holicha ob’yektiv voqyelik bayoni avtor tomonidan, yoki shartli hikoya qiluvchi tomonidan, yohud asar personaji tilidan olib boriladigan bo’ladi. Eposda bayon shakli va usullari ham boyidi. Epos voqyelikni aks ettirishda, inson ruhiy olamini chuqur va har taraflama yoritishda cheksiz imkoniyatlarga ega bo’ldi. Agar lirikada voqyelik lirik qahramon, biror shaxs yoki ijodkorning his-hayajoni, ruhiy kechinmalari orqali aks etsa, eposda voqyelik ijodkor ideali, dunyoqarashi doirasida obyektiv tasvirlanadi. Shu jihatdan epos badiiy adabiyotning hikoyaviy bir turini–epik turini anglatadi. Chunki epik turga mansub namunalarda, ya’ni epik tur janrlarida voqyealar bayoni yetakchi o’rinni egallaydi. Epik obraz rivojlanish va individuallik xususiyatiga ega bo’ladi, u tugallangan (boshlanishi va tugallanmasi bo’lgan) va hayotiy jarayondagi xarakterli xususiyatni o’zida aks ettirgan obraz hisoblanadi. Hayotiy jarayonni, inson xarakterini tasvirlash xususiyatiga, shakli va qamrab olgan voqyealari mazmuniga ko’ra, epik tur namunalari uch guruhga bo’linadi:
A) katta epik tur - epos, roman, epopeya;
B) o’rta epik tur - qissa;
V) kichik epik tur–hikoya, novella, badiiy ocherk, latifa kabilar.
Epik tur namunalari unga mansub janrlar sistemasidan iborat bo’lib, bu janrlar, yuqorida ko’rsatganimizdek, yana bir qancha ichki turkumlarga ham egadirlar.
Hikoya epik turga mansub kichik hajmli janr bo’lib, u o’ziga xos imkoniyat va hayotiy qamrovga egadir. Hikoyada tasvirlangan voqyea o’z mohiyati va ahamiyati jihatidan epik turning roman, povest kabi janrlaridan farqlanmasa ham, biroq tasvirning ko’lami, syujet va kompozitsiyaning nisbatan soddaligi, bayonning asosan bir shaxs tomonidan olib borilishi jihatidan farqlanib turadi. Hikoya ko’proq prozaik tuzilishga ega bo’lsa ham, ayrim hollarda she’riy shaklda ham yaratiladi.
Hikoyada inson va uning hayoti uchun xarakterli bo’lgan epizodgina ko’rsatiladi. Unda inson hayotidagi ayrim hodisa, bu hodisaning yuzaga kelishi hikoya qilinadi. Shu tarzda ayrim hodisagina bayon qilinishi sababli, unda kam personaj qatnashadi, hajmi ham kichik bo’ladi. Hikoyaning syujeti asosini tashkil etgan hodisaning tuguni, kulminatsiyasi, yechimi bo’ladi.
O’zbek hikoyasining eng yaxshi namunalari A.Qodiriy, A.Qahhor, Sh.Shams, G’.G’ulom, O.Yoqubov, S.Ahmad kabi yozuvchilar tomonidan yaratilgan.
Adabiyotshunoslikda nisbatan kichikroq hajmga va ozroq personajlarga ega bo’lgan hikoyalar novella deb ataladi. Novella kutilmagan yakunga ega bo’lishi bilan hikoyadan farq qiladi.
Povest (qissa) o’rta hajmli nasriy epik janr bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlari hayotiy materialni kengligi hamda syujet va kompozitsiyasining ham romanga nisbatan sodda, hikoyaga nisbatan murakkabligidan iborat. Shuning uchun povestda biror shaxs hayotining ma’lum davri xronikal bayon etiladi. Povestda asosiy personajning hayot yo’li bilan bog’liq bo’lgan bir necha epizodlar tasvirlanadi. Shu sababdan povest hajm jihatdan hikoyadan katta bo’ladi, unda ko’p personajlar ishtirok etadi. Povestda voqyeaning tuguni, kulminatsiyasi, yechimi bo’ladi, voqyea rivoji ko’rsatiladi, asosiy qahramon bilan o’zaro aloqada bo’lgan personajlar ham keng ravishda tasvirlanadi.
G’.G’ulomning «Shum bola», S.Ayniyning «Odina», Oybekning «Bolalik», A.Qahhorning «Sinchalak», A.Muxtorning «Bo’ronlarda bordek halovat» kabi asarlari hozirgi adabiyotimizdagi povest janrining ajoyib namunalaridir.
Roman yangi davr adabiyotidagi katta hajmli epik asar bo’lib, uning asosiy xususiyatlari inson hayotini butun murakkabligi bilan har tomonlama va to’liq tasvirlash, ishtirok etuvchi shaxslar taqdirini aks ettiruvchi ko’p planli syujetga ega bo’lish, murakkab turmush jarayonlari va hayot hodisalarini o’sish-o’zgarishda tasvirlashdan iboratdir. Shuning uchun romanda bir necha davr va ko’plab personajlar tasvirlanadi, inson murakkab hayotiy qarama-qarshiliklarda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda ifodalanadi, voqyea-hodisalar keng qamrovli bo’ladi.
Roman yirik epik asar sifatida inson va jamiyat hayotining hamma sohalarini qamrab olar ekan, ba’zan bir roman personajlari boshqa romanlarda ham ishtirok etadi; shu xilda ikki romandan iborat asarlar dialogiya, uch romandan iborat asarlar trilogiya, uchtadan ortiq romanlar yig’indisi esa romanlar tsikli deb ataladi. Roman juda murakkab va boy hayotiy materialni yoritib, butun bir davrni o’z ichiga olsa roman-epopeya deyiladi. Masalan, S. Ayniyning «Qullar», Oybekning «Navoiy» romanlari shunday epopeyalar namunasidir.
2. Lirik tur janrlari. Lirika badiiy adabiyotdagi uch asosiy turdan biri bo’lib, epik va dramatik turlardan farqli o’laroq, mazkur turda voqyelik shaxsning his-tuyg’ulari, kechinmalari, idroki orqali aks etadi. She’riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati bo’lib, u kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashga qo’l keladi. She’riy shakl lirikada ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi.
Voqyelikning muayyan shaxs (subyekt) qalbining prizmasi orqali aks etishi lirika qiyofasini belgilovchi muhim xususiyatdir. Ana shu belgilovchi xususiyat lirikada juda ko’p masalalarni o’ziga xos shaklda hal etishni taqozo qiladi. Chunonchi, lirik asar, odatda, kichik hajmli bo’lishiga qaramay, turmushni badiiy, obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega bo’ladi. Lirikada ham voqyelik qarama-qarshi tendensiyalar kurashi orqali aks etadi. Biroq bu qarama-qarshilik eposdagidek, personajlar harakati orqali emas, balki tuyg’ular ziddiyati, kurashlar orqali aks etadi. Demak, epos va dramada voqyealar dialektikasi, lirikada kechinmalar dialektikasi yetakchilik qiladi. Mana shu kechinmalar dialektikasi lirik konfliktdan iborat bo’lib, uning asosini eskilik va yangilik, yaxshilik va yomonlik, go’zallik va xunuklik, olijanoblik va pastkashlik tashkil etadi. Shu tarzda lirik asarda ham konkret individual kechinmalar ifodalanadi, bu holat lirikada badiiy umumlashtirishni vujudga keltiradi, badiiy fantaziyani tug’diradi. Voqyelikni ilg’or ijtimoiy ideallar nuri bilan yoritadigan bu individuallashtirilgan kechinmalar esa lirik asarning tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi.
Lirika badiiy adabiyotning qadimiy turlaridan bo’lgani uchun unga mansub bo’lgan janrlar turlicha atalib kelingan. Chunki lirika hayotni aktiv tarzda aks ettiradi, bu aktivlik uning asosida yotuvchi hayotiy mazmunning tez o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, o’z navbatida janrlarning shakliy belgilariga ham ta’sir etadi. Qadimgi adabiyotshunoslar lirik janrlarni mazmuni va shakli jihatidan qat’iy chegaralashga intilganlar. Shuning uchun ham G’arb va Sharq adabiyotlarida o’ziga xos lirik janrlar yuzaga kelgan. Masalan, g’arb adabiyotida (keyin rus adabiyotida ham) biror shaxsga do’stlik yoki ishqiy ma’noda bag’ishlangan lirik asarlar–bag’ishlov, kattaroq voqyea va tarixiy shaxsga bag’ishlangan tantanali lirik she’rlar – oda, kinoyali she’rlar–epigramma, qishloq hayoti haqidagi she’rlar–ekloga, biror shaxsning o’limi munosabati bilan yozilgan she’rlar–epitafiya, g’amgin she’rlar–elegiya va hokazo janrlarga bo’lingan. Sharq klassik lirikasi, jumladan, o’zbek klassik lirikasi g’azal, ruboiy, murabba’, muxammas, musaddas, musamman, qit’a, tuyuq va hokazo janrlarga bo’lingan. Bu janrlarning aksariyati hozir ham she’riyatda qo’llanilmoqda. Xalq lirikasida esa lirik janrlar u yoki bu xalqning urf-odati, badiiy asarning ijro etilish o’rni, vaziyati va mavsumiga qarab: mehnat qo’shiqlari, mavsum va marosim qo’shiqlari kabi turkumlarga ajraladi.
Hozir lirik turga mansub asarlar o’zlarining asosiy mazmuniga ko’ra: siyosiy lirika yoki grajdanlik lirikasi, falsafiy lirika, ishqiy (intim) lirika, peyzaj lirikasi, hajviy lirika kabi janrlarga ajraladi.
G’azal aruz she’riy sistemasida uch baytdan o’n to’qqiz baytgacha hajmda yozilgan, Sharq xalqlari, jumladan, o’zbek klassik adabiyotida keng tarqalgan lirik janrdir. G’azaldagi har bir juft misra bayt deyiladi. G’azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo’lsa ham, keyinchalik uning tematik doirasi kengaya bordi: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy g’azallar hamda hajviy g’azallar yuzaga keldi. Chunonchi, Navoiy, Turdi, Maxmur, Muqimiy kabi shoirlar ijodida ishq, vafo va sadoqat tarannum etilgan g’azallardan tortib, jamiyatdagi ayrim shaxslarning yaramas illatlarini fosh etuvchi g’azallargacha uchraydi.
G’azalning birinchi bayti o’zaro qofiyalanib, keyngi barcha juft misralar unga qofiyadosh bo’ladi, toq misralar esa ochiq qoladi (a-a, b-a, v-a kabi).
Ruboiy sharq poeziyasida keng tarqalgan, chuqur falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy fikrlarni badiiy ravishda ifodalaydigan to’rt misradan iborat lirik turga mansub mustaqil janrdir. Demak, ruboiy xalq she’riyatidagi to’rtliklardan shakliy asos olgan bo’lib, o’z temasi va g’oyasiga, barqaror janr xususiyatlariga, kichik she’riy shaklga ega bo’lgan mustaqil va mukammal asardir.
Ruboiyning qofiyalanish sistemasi ikki xil bo’lib, odatda, uning birinchi, ikkinchi va to’rtinchi misralari qofiyalanib keladi, ya’ni u a-a-b-a tartibida qofiyalanadi.
Tuyuq – o’zbek va boshqa turkiy xalqlar klassik poeziyasida omonim so’zlar bilan qofiyalangan to’rt misradan iborat lirik she’r. Tuyuq aruzning faqat ramali musaddasi maqsur (foilotun foilotun foilun) vaznida yaratilib, a-a-b-a shaklida qofiyalanadi.
Qit’a–sharq xalqlari klassik poeziyasida keng tarqalgan, ikki yoki undan ortiq juft misralari o’zaro qofiyalangan baytlardan iborat, mavzu doirasi keng, vazn imkoniyatlari chegaralanmagan lirik janr. Qit’a turli temalarda–ilm-hunar, axloq-odob, ishq-muhabbat temalarida yoziladi. U ko’pincha ikki baytdan iborat bo’lsa ham, hajm jihatidan chegaralanmaydi. Qit’ada juft (2-4-6) misralar qofiyalanib, toq misralar ochiq qoladi. Qit’a janri ikki xil yo’l bilan yaratiladi: 1) mustaqil asar sifatida; 2) Qasida, g’azal janrining tarkibidan biror parchani ajratib olish orqali yuzaga keladi. Birinchisida qit’a shoirda to’satdan paydo bo’lgan his-hayajon va poetik fikrning badiha tarzida yaratilib, yanada rivojlantirilib, tugal poetik xulosalanib, qasida yoki g’azal holiga keltiriladi. Ba’zan shu holicha ham qolishi mumkin. Ikkinchisida qit’a qasida yoki g’azal tarkibidagi ijtimoiy-falsafiy jihatdan teran, didaktik jihatdan baquvvat, ibratomuz baytlarning ajratib olinishi natijasida yuzaga keladi.
Fard - klassik lirikaning eng kichik janri bo’lib, bir baytdan iborat mustaqil she’rdir. Fardning har ikki misrasi qofiyalanib keladi. Fardda ko’pincha ibratomuz hikmatli fikr, ba’zan shoirning ichki kechinmasi ixcham va ta’sirli ifodalanadi. Fard ham axloq-odob, pand-nasihat temalarida yoziladi.
Masnaviy–har bir bandi ikki misradan iborat she’r shakllaridan biri bo’lib, u a-a, b-b, v-v, g-g… tarzida qofiyalanadi. Klassik adabiyotda syujetli kichik she’riy asarlar ham, dostonlar ham masnaviy deb yuritilgan.
Murabba–o’zaro qofiyalangan bir necha to’rtlik shaklidagi bandlardan tashkil topgan lirik she’riy shakllardan biri. U qofiyalanish tartibiga ko’ra, boshqa she’r turlaridan farq qiladi: u a-a-a-a b-b-b-a, v-v-v-a shaklida qofiyalangan bo’lib, asar oxirida shoir o’z taxallusini keltiradi. O’zbek adabiyoti tarixida murabba Mashrab, Ogahiy, Muqimiy kabi shoirlar ijodida mavjud.
Musaddas klassik adabiyotdagi lirik turga mansub she’r shakllaridan bo’lib, uning har bir bandi olti misradan tarkib topadi. Musaddas o’zining qofiyalanish shakliga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) birinchi bandning barcha misrasi bir xilda qofiyalanadi. Keyingi bandlarning besh misrasi alohida qofiyalanib, oltinchi misrasi birinchi bandga qofiyadosh bo’lib keladi, ya’ni a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a kabi; 2) birinchi banddan keyingi bandlarning to’rt misrasi bir xilda qofiyalanib, beshinchi va oltinchi misralari birinchi bandga qofiyadosh bo’ladi, ya’ni a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-a kabi.
Mustazod klassik she’riy shakllardan biri bo’lib, asosan, g’azal shaklida (a-a, b-a, v-a kabi) qofiyalanadi. Biroq o’zining misra tuzilishi jihatidan g’azaldan farq qiladi, chunki har bir misradan keyin qo’shimcha kichik misralar ham bo’ladi va ular ham g’azal tartibida butun mustazod davomida mustaqil qofiyalanib keladi. Qisqa misralar, odatda, o’zi ergashib kelgan misradagi fikrni tasdiqlaydi, ta’kidlaydi va xulosalaydi.
Muxammas klassik poeziyadagi lirik she’r shakllaridan biri bo’lib, u besh misradan tuzilgan bir necha banddan tashkil topadi. Uning birinchi bandidagi misralarining hammasi o’zaro bir xil qofiyalanadi, keyingi bandlarining to’rt misrasi esa alohida, beshinchi misralari esa dastlabki bandning beshinchi misrasi bilan qofiyalanadi, ya’ni uning qofiyalanish tartibi a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a shaklida bo’ladi.
3. Dramatik tur janrlari. Dramatik tur uch asosiy adabiy turning biri bo’lib, u komediya, drama, tragediya kabi janrlarga bo’linadi. Dramaning adabiy tur sifatidagi o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning sahnada ijro etilishi hisoblanadi.
Dramatik asar qahramonlari o’zlarini faqat harakatda namoyish qiladilar, ularning nutqi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, qahramonlar harakati bilan bevosita bog’lanadi. Dramatik asarlarda intonatsiya, pauza va ovozning baland-pastligi katta ahamiyatga ega bo’lib, nutqning o’ziga xos bu xususiyati sahnada yanada aniqroq ko’rinadi.
Tragediya (fojia) dramatik turga mansub janrlardan biri bo’lib, uning asosida kelishtirib bo’lmaydigan ziddiyat yotadi va oxirida voqyea fojia bilan tugaydi. Tragediya o’z asosidagi konfliktning xarakteri va xarakterlarning o’ziga xosligi bilan drama va komediyadan ajralib turadi. Tragediyadagi konflikt juda ham shiddatli, keskin bo’lishi bilan birga, u hamma vaqt ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot, insoniyatning yetuk ma’naviy hayoti bilan bog’liq holda hal etiladi. Shuning uchun ham tragediyada inson maishiy hayotining, tarixiy taraqqiyotning muhim masalalari falsafiy tarzda keskin hal etiladi.
Tragediya daramatik turga mansub janr sifatida juda uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, hozir ham adabiyotimizda yashab kelayotir.
Komediya dramatik turga mansub janrlardan biri bo’lib, bunda voqyea-hodisalar, xarakterlar, kolliziya kulgili fonda tasvirlanadi. Komediyada bevosita kulgi, komizm hayotdagi yaramas illatlar ustidan hajv qilish yoki yengil yumorning birdan-bir vositasi bo’lib xizmat qiladi. Komediyada ham dramatik turlarga mansub boshqa janrlardagi singari, ijobiy va salbiy obrazlar mavjud bo’ladi. Agar komediyadagi kulgi o’tkir zaharxanda, keskin fosh etish xarakteriga ega bo’lsa, shu kulgiga sabab bo’lgan xarakter salbiy obraz bo’ladi. Agar kulgiga sabab bo’luvchi shaxs yengil yumoristik kulgi qo’zg’atsa, u ijobiy qahramon hisoblanadi.
Drama ham dramatik asar janrlarining muhim bir turkumi bo’lib, unda hayotiy voqyealar murakkab konfliktlar negizida, personajlar kurashi jarayonida aks ettiriladi. Drama o’ziga xos murakkablikka ega bo’lgan janr bo’lib, unda voqyealar tizmasi va personajlar miqdori cheklangan bo’lsa ham, qahramon o’z xarakterini turli tomondan namoyon qila oladi. Chunki dramaga keng epiklik xos bo’lib, unda qahramonning ichki dunyosi konkretroq ochila boradi. Dramada psixologik tahlil juda ham murakkablashadi.



Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish