MA’RUZA №4
MAVZU: PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YARATISHGA
QOʻYILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar tasnifi: didaktik
talablar, pedagogik-psixologik talablar.
2.
Ekrandagi tasvirlarning rangiga qoʻyiladigan talablar;
yorqinlik talabi;
ekrandagi ma’lumotlarning tuzilishiga qoʻyiladigan talablar.
3.
Ekrandagi ob’ektlarning koʻrinishiga qoʻyiladigan talablar; foydalanuvchi
oynasining qulayligi.
Tayanch soʻz va iboralar:
PDT, ta’lim, talablar, didaktik talablar, sixofiziologik
talablar, texnik talablar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari.
1.
Pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish talablari.
Ta’lim tizimida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
PDTlar asosida amalga
oshirilsa, oʻquv materialini oʻzlashtirish samaradorligi oshadi va oʻquvchilarning
mustaqil ishlash, nazariy bilimlami amalda qoʻllash koʻnikmalari shakllanadi,
oʻqituvchiga esa mashg‘ulotni boshqarish, oʻquvchilarni baholash oson boʻladi.
Ta’limning
samaradorligiga
erishish
uchun
PDTlarning
ilmiy-usuliy,
didaktik.psixofiziologik, texnik jihatdan mukammal boʻlishi kerak. PDTlarga
qoʻyiladigan talablarni tizimga kcltirish.takomillashtirish.
yaratish bloklarining
tarkibi va ketma-ketligini aniqlash yordamida PDT algoritmini yaratish zarur deb
oʻylaymiz. Shuning uchun ushbu boʻlim mazkur masalalar talqiniga bag‘ishlangan.
Avvalambor, PDTlarini yaratishga qoʻyiladigan talablar haqida toʻxtalsak.
PDTlarni yaratishdagi eng muhim masalalardan biri kompyuter bilan ishlayotgan
oʻquvchining oʻzini his qilishi masalasi boʻlib hisoblanadi.Kompyuterli
mashg‘ulotlarning oʻquvehi organizmiga ta’sirini oʻrganishga
qaratilgan qator
tadqiqotlar olib borilgan.
Tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri PDTlarni amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari jarayonida qoʻllash bilan mazkur talablarning qay darajada oʻrinli
ekanligini oʻrganishga ham qaratilganki, oʻz navbatida
masala yechimini topishga
imkon hozirlaydi.
A.S.Lesnevskiy PDTlarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqishda, birinchidan,
didaktika
tamoyillari
mazmunidan,
ikkinchidan,
kompyuterning
didaktik
vazifalaridan, uchinchidan, DVsi tuzilishidan kelib chiqib yondashgan.
Tadqiqot ishlarida kompyuterli faoliyatning oʻsayotgan organizmga ta’siri va bu
faoliyatni oʻquvchini charchatmagan holda tashkil qilishning
eng maqbul sharoitlari
oʻrganilgan. Tadqiqotlar xulosasi mashg‘ulotlarni kompyuter yordamida tashkil qilish
mumkinligini, biroq bunda beigilangan gigienik talablarga amal qilish lozimligini
koʻrsatadi.
PDTlardan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida foydalanib
samaradorlikka erishish ularning turli talablarga qay darajada
javob berishiga ham
bog‘liq.
1.