Qarshi davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi adabiyotshunoslik



Download 2,64 Mb.
bet5/77
Sana01.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Адабиётшунослик 2021

3. Hayotiy mazmun. Badiiy asarning mazmuni bosh g’oya bilan ham, hamma „g’oyalar xazinasi" bilan ham cheklanmaydi. Har bir badiiy asar hayotning katta yo kichik umumlashtirilgan manzarasidir. Hayotda esa g’oyalar alohida yashamaydi, ular turmushning murakkab jarayonida o’z ifodasini topadi. Shu sababli adabiy asarning mazmunida uning g’oyaviy mazmunidan tashqari hayotiy mazmun ham bor. Yana ham to’g’rirog’i, badiiy adabiyotda g’oyaviy mazmun hayotiy mazmun doirasi ichida yashaydi. „O’tgan kunlar"da biz mustaqillik uchun kurash g’oyasining hayotda azaliy va abadiy hodisaga - yaxshilik bilan yomonlikning kurashiga doir mo’l „material daryosi" ichida „g’arq bo’lib ketgani"ning guvohi bo’lamiz: avval Otabek bilan Homid, keyin Kumush bilan Zaynab orasidagi kurash manzaralari roman matnidan shunchalik ko’p joy oladi. Shuningdek, romanda biz bir xalqning turli tabaqalari orasidagi noittifoqlikning turli ko’rinishlari, ota-ona orzusiga bo’ysunish, karvonsaroydagi muhit, qutidor va Usta Olim kabi ko’pgina kishilarning oilaviy hayoti, Qo’qon xoni saroyidagi, Marg’ilon va Toshkent hokimlari o’rtasidagi tartiblar, Toshkentda bek zulmiga qarshi bosh ko’targan aholining ahvoli, Yusufbek hoji xonadonidagi munosabatlar va hokazolar bilan tanishamiz. Kumush va Otabek to’yining batafsil tasviri xalqimizning XIX asrdagi hayotining eng go’zal tomonlari bilan tanishtiradi. Xullas, ,,0'tgan kunlar" romanining muallifi bizga zamona hayotining keng manzarasini berishga harakat etadi. Bu manzara romanning hayotiy mazmunini tashkil qiladi.
Asarning hayotiy mazmunini kengaytirishga yozuvchilar ongli ravishda intiladilar. Chunki hayotning butun manzarasini hamma zaruriy tafsilotlar orqali tasvirlash asardagi g’oyaviy niyatni badiiy g’oyaga aylantirishga, demak, asarni ishonarli va ta'sirchan qilishga imkon beradi.
bilishga qiziqishigina emas. Buning sababi romanda tasvirlangan



Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish